Mavzu: ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida fan va texnologiyalar bo’limini o’tishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija: kirish I bob. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida pedagogik texnologiya
O‘qitishning texnik vositalarining didaktik va nazariy asoslari
Download 318.59 Kb.
|
FAN VA TEXNOLOGIYALAR BO’LIMINI O’TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning texnik vositalari
1.2. O‘qitishning texnik vositalarining didaktik va nazariy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Shunga binoan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prisiplaridan biri ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvuni uyg’unlash- tirish bo’yicha hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning umumiy qoidalari- dan biri bo’lgan “Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmla- rini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlanti- ruvchi kuchi sifatida qolaversa o’quvchi-yoshlarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash- ning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish orqali o’quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda” Hozirgi kundagi global o’zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o’tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o’z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi.Inson tarbiyasida maktab ta’limining ahamiyati kattadir. Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “mamlakatni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimiz”, degan mulohazalaridan barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak. Shu sababli maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqyotidagi hissasi va ta’sirini nafaqat yoshlarimiz balki butun xalqimiz kelaajagani ham hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o’lchab qiyoslab bo’lmaydi. Respublikamiz ta’lim tizimini zamonaviy darajada takomillashtirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlardan ko’zda tutilgan asosiy maqsad – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish sifati va samaradorligini oshirish, ularni o’z yurtining sodiq farzandi etib tarbiyalash va mustahkam bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi va bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat cho’qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik hislatlariga ega bo’lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu esa o’z navbatida o’quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etishni, zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etadi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqoralik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz ekan, zero jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang’ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta'lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatning barpo etilishiga hizmat qilish asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir. Shuningdek, “Barkamol avlod yili” davlat dasturida mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda “… ta'lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarni keng joriy etish va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifati tubdan yahshilash ... samarali tizimni yanada rivojlantrish ko’zda tutilgan dolzarb vazifalardan biri ekanligi qayd qilindi. Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhum vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalga oshiriladi. O`qish va nutq o`stirish darslari jarayonida dasturda belgilangan mavzular asosida o`quvchilarga muayyan bilim beriladi. O`qish ko`nikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda o`quvchilarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazida bo`ladi. Boshlang`ich ta’limda o`qish va nutq o`stirish dasturining maqsad va vazifalariga ko`ra o`qish darslari orqali o`quvchilar to`g`ri, ongli, ravon, tez va ifodali o`qishga o`rgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`la boradilar va ularda kitobga muhabbattuyg`usi uyg`otiladi. Mazkur jarayonning sifatli va samarali amalga oshirilishi bevosita o’qish darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quv innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishga bog’liqdir. Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o’quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, xorijiy tajribalarni o’rganish, o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. SHu sababli boshlang’ich sinf o’qish darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo’naltirish hamda pedagogik mahoratini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, modulli o’qitish texnologiyasini qo’llash muammolarini o’rganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limni takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. O`quvchilar ongida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvur va tushunchalarni to`g`ri shakllantirish uchun ularning yoshi va bilim saviyasi hisobga olinishi talab etiladi. O`quvchilarni milliy istiqlol g`oyasi ruhida, o`z vataniga, xalqiga muhabbat,butun dunyo mehnatkashlariga nisbatan do`stlik, birodarlik ruhida tarbiyalash maqsadida vatan va uning istiqloli hamda ilg`or kishilari, buyuk ajdodlari haqidagi badiy adabiyot namunalari o`qitiladi. Boshlang`ich sinf, xususan, 4-sinf o`qish darslarida o`quvchilarga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lish jamoada o`z ma`suliyatini anglash, hislatlari tarkib topdirila boriladi. 4-sinfda esa o`quvchilarning o`qishga oid ko`nikma va malakalari yanada takomillashtiriladi. Ya`ni o`qish materiallarini tushunish va matn ustida ishlashga e`tibor kuchaytiriladi. O`qish darslarida badiiy asarni muntazam mutolaa qilib borish istagini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu juda murakkab bo`lib, agar u amalga oshirilmasa o`quvchida o`qish ko`nikmasi va malakasi kam foydali bo`ladi. O`quvchilarda badiiy asarni mustaqil mutolaa qilishni shakllantirish badiiy asarlarga jozibali tomonlarni ko`ra olish, tushunish va his etishga bog`liqdir. Bu o`quvchi bilim va tajribasini kengligi badiiy mushohada qobiliyatlarini rivojlanishini talab etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, sog’lom va barkamol naslni tarbiyalab etishtirish murabbiylarning muhim burchidir. CHunki mustaqil fikrlovchi o’quvchilargina kelajakda har tomonlama yetuk, barkamol insonlar bo’lib yetishib, mustaqil respublikamizni ilg’or jahon davlatlari qatoriga olib chiqadilar. SHu o’rinda, Z.Nishonovaning «Mustaqil fikrlashga o’rgatish» nomli maqolasidagi quyidagi fikrlarni keltirib o’tish o’rinlidir: «Hozirgi davr o’qitish tizimi ham ko’proq xotirani rivojlantirishga qaratilgan. Biroq ayrim o’qituvchilarda bugun bir mavzuni tushuntirib, tayyor holda o’quvchilarga yetkazib berib, ertasiga shu mavzuning mazmunini so’rashi yoki she’rni yod olishga berish hollari ko’proq uchraydi. Bunday darsda hech qanday muammoli vaziyat yaratilmaydi va buning natijasida o’quvchilarning o’qish darslarida mavzu materialini tushunish, uni erkin va mustaqil fikrlashiga imkon berilmaydi. O’qituvchilarning o’zlari o’quvchilarning mustaqil fikr yurita olmasligini bilishadi. Lekin qanday qilib o’qish darslarida o’quvchida mustaqil fikr yuritish qobiliyatini shakllantirish mumkin? - deb berilgan savolga javob berishga qiynaladilar» O’quvchining ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. SHuning uchun ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash ta’lim oldiga qo’yilgan muhim talablardan biridir. CHunki innovatsion ta’lim texnologiyalari birinchidan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni oson va qiziqib o’rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi. Innovatsion ta’limning rivojlanishidagi asosiy sabablardan biri ta’lim sohasida yuzaga kelgan inqirozdir. Turli davlatlarda uning xilma-xil shakllarda namoyon bulishida quyidagi umumiylik mavjud: 1) ijtimoiy amaliyotning rivojlanayotgan extiyojlari bilan oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan bitiruvchilarning real tayyorgarligi orasida tafovutlar; 2) boshlsng’ich ta’lim oldiga yangi maqsadlarning qo’yilishi va boshqarishning tashkiliy tuzilishi va shakllarining murakkablashuvi; 3) ta’lim jarayoni sub’ektlarining qiziqishlari va imkoniyatlari. Demak, innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni echishga yo’naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy –texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta’lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur. Xulosa qilib aytganda, o’qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a undovchi, bunyodkorlikka rag’batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi hamda u ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu bois har bir o’qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to’la tushungan holda o’z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta’lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimining rivojini ta’minlaydi. «O‘qitishning texnik vositalari»o‘rganishdan maqsad talabalarni zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashning pedagogik asoslari, bilimlari bilan qurollantirish va ularni amaliy ish faoliyatida samarali qo‘llashga o‘rgatishdir. O‘qitishning texnik vositalari mahsus didaktik materiallar (axborot manbalari) va qurilmalar (turli xil a‘‘aratlar va mashinalar) majmuidan iborat bo‘lib, o‘qitish jarayonida to‘g‘ri va teskari bog‘lanish kanallarini jadal ishlashini taminlaydi. O‘qitishning texnik vositalarini o‘rganish va uni o‘quvchilar tomonidan mashg‘ulotlarda qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni beradi: - ko‘rgazmalilik prinsipini o‘qitish jarayonida samarali qo‘llash; - uzatiladigan axborotni optimallashtirish; - o‘quvchilarga bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish; - o‘qitish texnik vositalarini asosiy vazifasi – o‘qitish jarayonini samara-dorligini oshirishdir. Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda o‘quvchi va o‘qituvchining mehnat unumdorligini oshirish, ya‘ni o‘quv- tarbiya jarayonini jadallashtirish masalasi pedogogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda . Xarhaqiqat, fan-texnikaning rivojlanishi tufayli o‘quvchilarga yetkazilishi zarur bo‘lgan axborot miqdori nihoyatda ko‘payib bormoqda. Bu axborotni o‘quvchilarga an‘anaviy usul va vositalar yordamida yetkazib berish esa murakkablashib bormoqda. SHunga qaramay ko‘pgina ilmiy kashfiyot va yangiliklarni ma‘lum asbob va apparatlar vositasida yoritib berish ta‘lim jarayonini ancha osonlashtirishi mumkin. Bunday sharoitda o‘quv muddatini o‘zgartirmay o‘quv-tarbiya jarayonini opti-mallashtirish, talabalarga puxta va chuqur bilim berish, ularda mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarni amalga oshirishda ta‘limning texnik vositalari alohida o‘rin to‘tadi. Texnik vositalar bilan jihozlangan mahsus o‘quv xonalari-avtomatlashtirilgan auditoriyalar, zallar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Har bir mavzu materiali bo‘yicha texnik vositalardan foydalanish metodikasi aniq va puxta ishlab chiqilgan va amalda sinalgan bo‘lishi lozim, ularga xos mahsus didaktik materiallar esa uzluksiz ravishda takomillashtirilib borilishi zarur. Inson faoliyatida texnikaning qo‘llanilishi, ayniqsa uning o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida ishlatilishi o‘ziga xos omillarga egadir. Bu omillar birinchidan, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining keskin o‘zgarishiga, ikkinchidan, o‘quvchiga yetkazilishi kerak bo‘lgan voqea va xodisalarning chuqurroq o‘rganilishi va o‘zlashtirilishiga zamin tayyorlashdan iboratdir. Ma‘lumki, hozirgi vaqtda dars- ta‘limning asosiy shaklidir. Dasr jarayonida o‘qituvchining faoliyati asosiy ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘z predmeti bo‘yicha muayyan ma‘lumotlarni yetkazish bilangina cheklanib qolmay, ularni idrok qilishga, mustaqil ishlashga o‘rgatmog‘i lozim. Ana shu muammolarni xal qilishda texnik vositalar va eletron hisoblash texnikasining roli kattadir. Didaktikaning barcha prinsiplari texnik vositalardan foydalanib tashqil qilingan o‘quv-tarbiya jarayonida yuqori samara beradi. O‘quv jarayonini tashqil etishdagi barcha pedogogik talablar ana shu didaktika prinsiplarida o‘z ifodasini topadi. SHu principlar asosida texnik vositalardan foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedogog-olimlarning izlanishlari ta‘limning texnik vositalari va hisoblash texnikasi yordamida didaktikaning quyidagi masalalarini xal qilishga erishish mumkinligini ko‘rsatdi: - ta‘limning ilmiylik va sistemaliligini ta‘minlash; - ko‘rgazmalilikni oshirish; - o‘quvchilarning bilim olishga ishtiyoqini oshirish; - o‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilim olishini ta‘minlash; - o‘quv materialni o‘rganish va o‘zlashtirish sur‘atini tezlashtirish; - ta‘limni individuallashtirish; - bilimlarning o‘zlashtirilishini nazorat qilish sistemasini amalga oshirish; - ma‘lumotni uzatish va o‘quvchi tomonidan qayta ishlash sur‘atini oshirish; - o‘quvchilarning darsga bo‘lgan e‘tiborini kuchaytirish; - o‘quvchilarda mustaqil bilim olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish. Ko‘rgazmalilikning ilmiy asoslari rus olimi I.P. Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariya olim tomonidan kiritilgan birinchi va ikkinchi signal sistemalariga asoslangan. Pavlov fikricha hissiyot, qabul qilish va tasavvur etish tuyg‘ulari hodisa va predmetlarning tashqi tomonini inoikos etadi. Hodisalarning ichki o‘zaro aloqasi esa bilish jarayonining ikkinchi pog‘onasi bo‘lmish tafakko‘r qilish orqali amalga oshadi. Mana shu xollarni e‘tiborga ogandagina ta‘lim jarayonini muvaffaqqiyatli amalga oshirish mumkin. O‘qitishning texnik vositalari - didaktik ta’minlangan barcha texnik qurilmalar, optimalik bilan axborotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan va o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun qo‘llaniladi. Download 318.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling