Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana26.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1123646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
o`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti



MUNDARIJA: 
KIRISH 
I .BOB. O‘QISH DARSLARIDA HIKOYAVIY MAVZULARNING 
MAQSAD,VAZIFALARI VA TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI. 
1.1. Kichik yoshdagi o‘quvchilaming hikoyani idrok etishdagi psixologik 
xususiyatlari ………………………...……………............................................4
1.2. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani tahlil qilishning metodik shartlari.……12 
1.3. Hikoya ustida ishlash …………………………………………………....14 
II. BOB. HIKOYALARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA 
O‘RGANISH. 
2.1. Hikoyani o‘qish metodikasi ………………………………….….………..21 
2.2. Hikoya o‘tish darsi namunasi …………………………….……………....23 
 XULOSA ..........................................................................................................30 
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................33 


KIRISH 
Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til 
tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, 
keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z ichiga oladi. U 
mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til 
boyligini qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning 
aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. 
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada
rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini 
о’zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi 
nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о’rganiladi va uning 
negizida 
bolalarga 
monologlarning 
turli 
xillarini о’rgatish metodikasi 
yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon 
nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо’yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon 
nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо’ra yanada aniqroq 
mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо’ydi. Ravonlikning asosiy 
kо’rsatkichi sifatida sо’zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о’rtasida zarur aloqa 
vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо’g‘ri tqobiliyatini 
shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о’qitishni ularning yuqori 
darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini 
shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо’llarini topish 
borasida faol ish olib bormoqdalar. 
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Nutqni о’qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi 
nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy 
noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; 


- nutqni о’rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо’g‘ri 
kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning 
individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; 
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо’lishi kerak, 
xususan: ona tilini о’zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо’shilishi, о’quv 
sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; 
- о’qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о’zaro hamkorligining 
xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо’lgan muloqot shakli bilan belgilanishi 
lozim; 
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha 
komponentlarini: undov-motivatsiya, yо’naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini 
hisobga olgan holda ish olib borish zarur; 
-nutqni о’qitish bolalarning tilni о’rganish bо’yicha mustaqil faoliyatiga 
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо’lishi 
kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о’qitish muammosini 
ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib 
borilmoqda. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, 
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy 
о’rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о’zlashtirishining murakkab, kо’p omilli 
jarayonidir; 
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy 
jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; 
-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli 
yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о’ziga xosliklarini bilishi, 
nutqiy rivojlantirishning о’ziga xosliklarini kо’ra olishi va bolaning 
individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir kо’rsatishning eng 
samarali yо’llarini tanlashi lozim. 


Kurs ishi maqsadi: o‘qish darslarida hikoya o‘qishni tashkil etishning amaliy-
nazariy asoslari. 
Kurs ishi vazifalari: 
—mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini aniqlash; 
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash
—o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish; 
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi 
mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish; 
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini 
o‘rganish.2-sinf o‘qish darslarida hikoya o‘qitishda biluv topshiriqlari va ijodiy 
mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. kurs ishida 
o‘quvchilarning o‘qish darslarida hikoya o‘qishni hamda mustaqil ishlarini tashkil 
etish muammosi alohida mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi, 
o‘quvchilar o‘zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o‘rni ilk bor o‘rganildi. 
 Kirish, 2 bob, 5 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling