Mundarija: Kirish i-bob O’zbek xalqining etnik tarixidagi mavjud muammolar
Shakllangan o’zbek elatining X- XIV asrlardagi etnik tarkibi
Download 179.5 Kb.
|
O\'zbek xalqi etnik shakllanish jarayonlari
2.1 Shakllangan o’zbek elatining X- XIV asrlardagi etnik tarkibi
Etnosni shakllanish jarayoni ma’lum bir davlat hududida o’tishi etnogenetik shartlardan biri hisoblanadi. Ammo ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari sharoitida qatishgan etnik elementlar qo’shni davlatlar hududida xam yashab, ma’lum jarajada etnoginetik jarayonda ishtirok etganlar. Masalan, shakllanayotgan tojik etnosi nafaqat Somoniylar hukmronlik qilayotgan yerlarda, balki qarluq va uyg’ur davlatlari xududida xam yashar edilar; bularning ma’lum qismi tojik xalqining etnoginezida qatnashganlar, ayrim qismlari esa qarluq vag uyg’ur davlati ichida qolib, bu yerdagi axoliga qushilib ketgan edilar. IX-X asrlarda mavjud bo’lgan Somoniylar davlati, garchi tojik davlati hisoblansa hamki, uning hududida turg’un yashovchi turkiy tilli aholi, Movarounnaxrda qadim davrlardanoq hosil bo’lgan turkiy qatlam mavjud edi. VIII-X asrlar davomida bu xududda Sirdaryo sohillaridan va uning shimolida yashovchi qabilalar vaqti- vaqti bilan kelib o’rnashishi, ularning o’rtoqlashishi hisobiga turg’un aholi son jihatidan yana xam ko’payib borgan. Sohil - 1) quruklikning suv havzasi (dengiz, koʻl, dare va boshqalar) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi, relyefi hozirgi zamon va kad. relyef shakllariga mos boʻladi. S. 3 zona: 1) dengizboʻyi- dengiz terrasalari zonasi, 2) hozirgi zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi, 3) suv bosgan qad. Voha atroflarida, tog’ oldi qirlarda yarim o’troq va yarim ko’chmanchi turkiy qabilalar xam joylashgan edi. Tojiklarning ayrim guruhlari, yuqorida qayd etganimizdek, qarluqlar yerida ham yashar edilar. X asrda bularning Taroz, Chu havzalaridagi shahar va qishloqlarga, Sharqiy Turkistonga ko’chib borishlari yana ham jadallashgan edi. Chunki bu davrda qarluq hududida yashovchi aholining aksariy qismi musulmon dinini qabul qilib bo’lgan edi. din peshvolariga, Ma’lumotli kishilarga keng yo’l ochilgan. Talas, Chu va Ili vodiylariga borib o’rnashgan tojiklarning ko’pchiligi esa hunarmandchilik, savdo-sotiq va ayrim guruhlar dexqonchilik bilan xam shug’ullanib kelganlar. Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, tojik va o’zbek ajdodlari qadimda, ilk o’rta asrlarda va keyin xam doimo bir hududda birga aralishib, yonma-yon yashab kelganlar. Bularni bir-birisiz tasavvur qilib bo’lmagan. Shuning uchun xam Maxmud Qoshg’ariy, «Totsiz turk bo’lmas, boshsiz bo’rk bo’lmas», Ya’ni tojiksiz turk bo’lmaganidek, bosh qalpoqsiz (bosh kiyimsiz) bo’lmas degan maqolni keltirgan edi. Tot atamasi bu yerda Mahmud Qoshg’ariy fors-tojik tilli aholiga nisbatan qo’llagan. Tojik va o’zbek ajdodlarining ilk o’rta asrlarda elat bo’lib shakllanishi ikki davlat - Qarluq va Somoniylar hududida o’tganligi tabiiy holat edi albatta. Bu ikki xalqning bu hududda shakllanishi tufayli ularning etnogenetik tarixining ko’p qirralarida umumiylik hosil bo’lgan. Ma’lumki, o’zbek va tojik elatlari qadimgi etnoslardan (sak, massagetlar, baqtriyaliklar, yuyechji ,toxarlar, so’g’diylar, qang’arlar va boshq. Massagetlar (yun. Massagetai) - Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi 8- 4-asrlarda yashagan koʻchmanchi va boshqa qabilalar guruhining yunon adabiyetlarida uchraydigan umumlashma nomi. M. xalqlardan) tomir olganlar. Shuning uchun xam ularning madaniyat va turmush tarzlarida, urf-odatlarida o’xshashliklari ko’p bo’lgan. Shu bilan birga, ularning har biriga xos (bir elatni ikkinchisidan farqini bildiruvchi) xususiyatlari – tili , o’zligini anglashi, ruhiyati va boshqalar ham mavjud edi. Bu xususiyatlari bilan bir elat ikkinchi elatdan ajralib turgan. Xorazm IX asrning ikkinchi yarmi – X asrda Somoniylar davlati tasarrufida bo’lgan. Lekin Xorazmshoxlar davlatida xorazmliklarning o’zidan chiqqan shohlar (xorazmshoxlar) hukmronlik qilib kelganlar. Xorazm yarim mustaqil davlat bo’lsa ham o’sha davrda iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan o’lka hisoblangan. Xorazmning turg’un aholisini o’z etnik nomiga (Xorazm – nafaqat siyosiy, geografik nom, aholisining nomi ham edi) va tiliga ega edi. Ularning qadimgi tili Eron til guruhi bo’lsa ham, lekin u tildan katta farq qilgan. Qo’shni eron va turkiyzabon aholidan xorazmliklar moddiy madaniyatlari (uy-joylari, kiyim boshlari) san’atlari bilan farq qilganlar. IX-X asrlarda Xorazm o’lkasida turg’un yashovchi turkiyzabon aholi (qang’li, bijanak, o’g’uz) ham mavjud bo’lgan. Ammo bular son jihatidan tub yerli, Xorazm aholisidan kam edi. So’zsiz turkiyzabon etnoslarning ta’sirida Xorazm aholisining talay qismi (shaxsan alanlar) turkiylashib qolgan edi. Lekin Xorazm hududida yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiyzabon axoli Xorazmning turg’un axolisiga iqtisodiy hamda madaniy jihatdan ta’sir etishga ojizlik qilar edi. Xorazmliklarning iqtisodiy va madaniy darajasi, ong sezimi ularga nisbatan yuqori bo’lgan. Bu o’lkani tarixiga oid barcha tomonlarini hisobga olib, Xorazm aholisi XII asrlar boshlarigacha (mo’g’illar istilosigacha) alohida elat ( xorazm elati) bo’lgan desak xato bo’lmas. X asr o’rtalarida Farg’onaning shimolidagi hududlarda, Qoshg’ar yaqinida yashovchi qarluqlar kuchayib, hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar. Bularning davrida Qoraxoniylar (ulug’ xonlar) va fuqarolar islom dinini qabul qiladilar. Bu islom dini tez vaqt ichida Yettisuv va Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalariga tarqaladi.
Islom dini bu hududlarga kirib borishi Qoraxoniylar boshqarayotgan hudud bilan Movarounnaxr musulmonlari o’rtasida aloqalar kuchayadi, ilmu fan Qarluq-Qoraxoniylar davlati hududida ham keng rivojlana boradi. X asrning oxirida ichki ziddiyatlar kuchayib Somoniylar davlati kuchsizlanadi. Bundan Qoraxoniylar foydalanadilar; harbiy yurishlar qilib, ular 998-1011 yillar davrmida Movarounnahrni katta qismini egallab o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati Amudaryodan to Torim daryosigacha bo’lgan katta hududga egalik qiladilar. Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo Qoraxoniylar bilan G’aznaviylar o’rtasidagi chegara bo’lib qoladi. Shu vaqtdan, o’zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni taraqqiyoti ikkinchi bosqichga o’tadi. Qoraxoniylar Movarounnaxrni egallagandan keyin bu hududda Yettisuv, Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalaridan, Sirdaryo bo’ylaridan qabilalar, ayrim etnik guruxlarning ko’chib kelishi jadallashadi. XI asr boshlaridan to shu asrning 40-yillarigacha Movarounnaxr hududida qarluq, chigil, halach, arg’u, tug’si, turkesh va boshqa qabilalarning salmog’li qismi ko’chib o’tadi. Bularning ma’lum qismi o’z yurtlarida qolib Yettisuvda va Sharqiy Turkistonda mavjud bo’lgan siyosiy va etnik uyushmalar tarkibida bo’ladilar. Sirdaryo sohillarida yashovchi qang’li va qipchoq qabilalarining qismlari xam Movarounnaxrga va Xorazm voxasiga kelib o’rnashadilar. Shunday qilib, XI asrning birinchi yarmidayoq bu o’lkalarning etnik tarkibi bir muncha o’zgardi: tub yerli turkiy va fors-tojik, xorazmiy tilida so’zlashadigan aholi tarkibiga turkiyzabon qabilalarining yangi guruhlari kirib keladi. XI asrning birinchi yarmilarida Qoraxoniylar davlatida ichki kurashlar kuchaya boradi. Hokimiyat uchun kurash oxir oqibat davlatni inqirozga olib keladi. XI asrning ikkinchi yarmida Qoraxoniylar davlati ikki mustaqil davlatga bo’linib ketadi. Sharqiy qismining markazi Bolasog’un bo’lib qoladi, g’arbiy qismining markazi Samarqand bo’ladi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish. Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Shu sanadan Qoraxoniylar davlati tarixining uchinchi bosqichi boshlanadi. G’arbiy Qoraxoniylar davlati XI-XII asrlar davomida iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan, markazlashagan davlat darajasiga ko’tarilgan edi. Bu davlat XI asr oxirlarida Saljuqlarga; XII asr o’rtalarida esa Qoraxitoylarga qaram bo’lgan bo’lsalar xamki o’z davlat tuzumining butunligini saqlab qolgan edilar. G’arbiy Qoraxoniylar davlati ichida o’zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni davom etadi. Movarounnaxrga kelib o’rnashgan etnik guruhlar asrlar davomida bu hududda yashovchi qardoshlari bilan birlashib, ular bilan aralashib boradilar. Tub yerli axoli ta’sirida yarim ko’chmanchi va yarim o’troqlikda yashab kelgan etnik guruxlar o’troqlashib dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanadilar. Ularning faqat oz qismi dexqonchilik bilan bir vaqtda an’anaviy chorvachiliklarini davom qilib kelganlar. Movarounnaxr hududidagi turkiy xalqlarning o’zaro yaqinlashib, qorishib borishi natijasida hudud axolisi o’rtasida iqtisodiy va madaniy umumiylik qat’iylashadi. Umumelat tili va adabiy til shakllanadi. Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy, qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy deb ham ataladi) Movarounnaxr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi barcha turkiyzabon aholi bir xalq (elat) bo’lganligi ong sezimida butkul o’rnashib qoladi. Elat shakllanishidagi barcha etnik alomatlar o’z maromiga yetib, o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanish jarayoni oxirlashadi. Ammo bu bilan etnogenetik jarayon to’xtab qolmaydi. Keyingi bosqichlarda u yana xam takomillashib boradi. Yuqorida aytganlarimizda xulosa qilib aytmoqchimizki, o’zbeklarning ilk ajdodlari Movarounnaxr va unga tutash mintaqalarda madaniyatlari bir-birlariga yaqin, ikki tilda so’zlaashuvchi qardosh o’zbek va tojik xalqlari elat bo’lib shakllangan. Ularning ilk ajdodlari Movarounnaxrda va unga chegaradosh hududlarda qadim zamonlarda yashagan so’g’diylar, xorazmiylar, baqtriylar, saklar, toxarlarlar, qang’lar va boshqa xalqlar bo’lgan. Shimoliy Xitoyda, Sibirь, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo soxillarida antik davrlarda va ilk o’rta asrlarda mavjud bo’lgan turkiy qabilalar (xun, usun, nushibi, dulu, turkash, qarluq, chigil, xalach, yag’mo va boshq.) xam o’zbek ajdodlarining etnogenetik jarayonida muxim o’rin egallagan. Tilga olingan xalqlar va qabilalarning ko’pchiligi o’rta asrlar davomida elat bo’lib shakllangan turkman, qozoq, qirg’iz va qoraqalpoq xalqlarining xam etnik tarixida juda katta rolь o’ynagan. Demak, Markaziy Osiyoda yashovchi barcha xalqlar asrlar davomida etnik jihatdan bir-biri bilan yaqin aloqada, qavm-qarindosh bo’lib kelganlar. Shunday qilib, IX-X asrlar davomida shakllangan o’zbek elatining o’zagi turkiy elatlarning fors-tojik tilli aholi bilan asrlar davomida aralashib, qorishib ketishidan hosil bo’lgan. XI-XII asrlarda o’zbek elatining tarkibida turkiy komponentlar ko’payadi va uning rivojlanishi asosan turkiy komponentlar asosida o’tadi. Shu asrlar davomida barcha etnik ko’rsatkichlar majassamlashadi, o’zbek ajdodlarining alohida jamoa (elat) bo’lib shakllanishi nihoyasiga yetadi. Shakllangan o’zbek elatining taraqqiyoti keyingi asrlarda ham davom etadi. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling