Mundarija: Kirish i-bob O’zbek xalqining etnik tarixidagi mavjud muammolar
II-bob. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunosligi
Download 179.5 Kb.
|
O\'zbek xalqi etnik shakllanish jarayonlari
II-bob. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunosligi.
2.1 O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasi tarix fanining bosh masalasi ekanligi Har bir xalqning tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi O‘zbekiston xalqlari tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi. U tarixiy yozma manbalar, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, lingvistika, toponimika, epigrafika, numizmatika kabi fanlar bilan o‘zaro aloqada va uzviy bog‘liq bo‘lib, ularsiz o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini mukammal ilmiy o‘rganib bo‘lmaydi. Ayniqsa ushbu muammoning etnogenez qismini o‘rganishda ulardan olingan ma’lu-motlar masala echimiga ko‘p oydinliklar kiritadi. Dastlab, sobiq sovet hokimiyati tarkibida milliy respublikalarni tashkil etish jarayoni ketayotgan kezlarda, o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasi faqat turk etnosi bilan bog‘liq holda o‘rganilib, fanda “panturkizm” atamasi paydo bo‘ldi. Bu ta’limot zaminida “O‘rta Osiyo aholisi azaldan turklar bo‘lib, buyuk Turon, so‘ng Turkiston bo‘lib ketgan”, degan g‘oya yotardi. Ular o‘zbek xalqining turk ildizini turkiy bo‘lmagan etnoslar bilan aralashish natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar. Ular orasida shundaylar ham borki (hozir ham uchrab turadi), ular o‘zbek xalqining kelib chiqishini Nux payg‘ambarning o‘g‘li YOfasdan, YOfasning o‘g‘li Tur yoki Turkdan boshlaydilar. Natijada, uning aks sadosi sifatida “panironizm” ta’limoti paydo bo‘ldi. Bunga ko‘ra, “bu zaminning tubjoy axolisi eroniy tilli xalq bo‘lib, bu yurtga turklar keyinchalik kelgan”, degan g‘ayriilmiy konsepsiya paydo bo‘ldi. O‘sha kezlarda, bu murakkab masala echimiga islom aqidaparastlari ham aralashib, “milliy etnoslar yo‘q, faqat islom millati bor, xalqlarni tiliga qarab emas, balki diniga qarab millatini belgilamoq kerak”, degan diniy konsepsiya paydo bo‘ldi. Bu qarash fanda “panislomizm” nomini oldi. Bunday noilmiy konsepsiyalarning paydo bo‘lishi o‘z davrida shu muammo yo‘nalishiga bog‘liq fanlar rivojlanish darajasining zaifligidan dalolat berardi. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarix masalalariga daxldor etnologiya, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, toponimika, tarixiy lingvistika kabi fan tarmoqlari o‘sha kezlarda hali rivojlanmagan edi. Binobarin, O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi borasidagi talqinlar faqat tarixiy va afsonaviy rivoyatlar asosida yaratilgan so‘nggi o‘rta asrlar davri qo‘lyozma manbalariga asoslangan. Ushbu murakkab muammoning echimiga aloqador fan tarmoqlari rivojlanib, uni kompleks o‘rganishga o‘tilgach, O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida birdan-bir to‘g‘ri bo‘lgan milliy avtoxtonizm nazariyasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqishini o‘rganishda uning etnik tarkibini aniqlash zarurligi, shundagina, u yoki bu xalq, uning etnogenezi va etnik tarixi, madaniy merosi, sarhadlari, davlatchilik tarixi haqida to‘g‘ri xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. CHunki etnogenez va etnik tarix masalasi o‘ta murakkab muammo bo‘lib, u izlanuvchidan zo‘r mas’uliyatni, tarixiy izchilik va ob’ektivlik tamoyillariga amal qilishni, muammo ilmiy echimi yo‘lida milliy ehtiroslarga berilmaslikni qatiy talab qiladi. Ma’lumki, etnologiya fanidagi etnos nazariyasiga oid ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – etnogenetik jarayon tarixi, ikkinchi bosqich – etnos, ya’ni elat, xalq tarixi, uchinchi bosqich – millat tarixidan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanishiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqning ibtidosi qabiladan boshlanadi. Etnogenez yakunida elatga xos barcha etnik alomatlar mujassamlashgan bo‘ladi. Etnik alomatlarni esa hududiy birlik, iqtisodiy-xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi, etnik nom, o‘zlikni anglash, til birligi va nihoyat, siyosiy uyushma birligi tashkil etadi. Xalq biologik hosila emas, balki ijtimoiy uyushma birligidir. U darhol hosil bo‘lmaydi, balki uzoq davom etadigan etnogenetik jarayon maxsuli va etnik alomatlar yig‘indisidir. Etnik alomatlarning shakllanishi esa etnogenetik jarayonlar davomida birin - ketin sodir bo‘lib boradi. Xalq etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi, ya’ni shakllangan xalq tarixi boshlanadi. Xalq feodal jamiyatining ijtimoiy maxsuli bo‘lib, u ba’zi hollarda dastlabki sinfiy jamiyat sharoitida ham yuz berishi mumkin (masalan yunonlar). Xalq tarixi o‘z iqtisodiy-xo‘jalik va etnomadaniy rivojining ma’lum nuqtasiga etgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Bu nuqtaning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi jamiyatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining boshlanishi bilan yuz bera boshlaydi. SHuning uchun millat kapitalizmning ijtimoiy maxsuli hisoblanadi. Xalqlarning kelib chiqishi masalasidagi bunday ilmiy qarash, muammo echimini kompleks yondashuv asosida o‘rganishga o‘tilgach, etnologiya fanida o‘z o‘rnini topdi. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling