Mundarija: Kirish i-bob O’zbek xalqining etnik tarixidagi mavjud muammolar
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasini tarix fanida qo‘yilishi va uni tarix fanida o‘rganishlikning zaruriyati
Download 179.5 Kb.
|
O\'zbek xalqi etnik shakllanish jarayonlari
2.2 O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasini tarix fanida qo‘yilishi va uni tarix fanida o‘rganishlikning zaruriyati.
Etnogenez, etnik tarix va millat tarixining har birini alohida olganda, ularning boshlang‘ich va yakuniy nuqtalari bor. Masalan, mana shu ilmiy konsepsiya asosida o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi sifatida dastlab turk xoqonligi davri qabul qilindi (akademik A.YU.YAkubovskiy nuqtai nazari). Keyinroq, o‘zbek etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi antik davrgacha qadimiylashtirildi (akademik S.P.Tolstov nuqtai nazari). Akademik Karim SHoniyozov ham so‘nggi fundamental tadqiqoti “O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni” asarini mana shu nuqtai nazar asosida yozgan. Hozirgi kunda bu sana yanada qadimiylashtirilgan, ya’ni so‘nggi bronza davri bilan belgilanmoqda (akademik AAsqarov nuqtai nazari). Bunday qarashlarning ilmiy asosida o‘zbeklarning o‘q tomiri, bosh ildizi ikki tilda so‘zlashuvchi etnik qatlamlar (sug‘diy va turkiy)ning qorishuv natijasi ekanligi va uning dastlabki sanasi, ularning ilk bor aralasha boshlagan nuqtasi so‘nggi bronza davridan boshlanganligi hisobga olingan. O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi haqidagi milliy avtoxtonizm konsepsiyasi ilmiy-metodologik jixatdan asosli bo‘lsada, ammo uning ayrim tomonlari jiddiy taxlil va qo‘shimcha ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Masalan, o‘zbek xalqi turkiy ildizining O‘rta Osiyoda ilk bor paydo bo‘lishi yoki turkiylarni faqat ko‘chmanchi xalq sifatida ta’riflash masalasi. Bu erda zamon va makon masalasi, qadimgi xalqlarning tabiiy-geografik sharoitga, ekologik vaziyatga moslashib xo‘jalik yuritish an’analari hisobga olinmagan. Natijada, fanda ba’zi bir anglashilmovchiliklar paydo bo‘ldiki, bunga ko‘ra, O‘rta Osiyoning turkiy tilli qabilalari “kelgindi”, qadimiy eronizabon xalqga nisbatan esa “tubjoy” aholi deb qarash tasavvuri paydo bo‘ldi. Aslida shundaymidi? Yo‘q, unday emas. Birinchidan, milliy avtoxtonizm nazariyasiga ko‘ra, “O‘rta Osiyo xalqlarining barchasi hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘liqligi” tasdiqlansada, ammo o‘zbek xalq etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi Turk xoqonligidan boshlanadi, degan tezis o‘rtaga tashlanib, o‘zbek xalqining turkiy ildizini dastlab ilk o‘rta asrlar davri bilan, keyinroq esa antik davr bilan chegaralab qo‘yildi, Natijada, fanda, ushbu zaminning unga qadar tarixi va boy madaniy merosi faqat eronizabon xalqlarga tegishli, degan xulosa chiqarishga o‘rin qoldiriddi. Bundan hozirgacha foydalanib kelayotganlar oramizda yo‘q emas. To‘g‘ri, nazariy qarashlarda turkiy tilli o‘zbeklarning asosiy ildizlaridan biri, o‘q tomiri eronzabon sug‘diylar, boxtariylar, xorazmiylar va sak qabilalari ekanligi inkor etilmaydi. Ammo o‘zbek xalqi tarixi, madaniy merosi, uning kelib chiqishi haqida bitilgan ilmiy maqolalar, risolalar, fundamental monografiya va asarlarda asosiy urg‘u uning turkiy ildizi bilan bog‘liq yozma manbalarga ko‘proq qaratiladi. Natijada, o‘zbek xalqining sug‘diy negiziga beixtiyor soya tushayotganligini bilmay qolamiz. Ikkinchidan, odatda ko‘chmanchi qabila va elatlar hech qachon bir joyda muqim yashamaydi. Ular doim ko‘chib yuradi. CHunki ularning xo‘jalik asosi va turmush tarzi shuni taqozo etadi. Moddiy madaniyat va yozma manbalarga ko‘ra, Dashti-qipchoq o‘z tabiiy-geografik sharoitiga ko‘ra, ko‘chmanchilarning azaliy vatani bo‘lsada, u erlarda yashagan hunnlar, usunlar qarluq va chigil, argun va tuxsi, kaltatoy va qangli, qirg‘iz va uyg‘ur, Oltoy turklari va ularning ajdodlari xu, di, rung hamda sak-skif qabilalari hech qachon bir joyda muqim yashamagan. Ular nafaqat bepayon buyuk turk dashtida, balki O‘rta Osiyoning qadimgi dehqon jamoalari tomonidan o‘zlashtirilmagan daryo havzalari va cho‘llarida ham o‘z chorva mollarini yaylov-larda boqib ko‘chib yurgan. Ko‘chmanchilarning kambag‘al qismini bir bo‘lagi har safar bu zaminda qolib ketib, sekin-asta o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaydilar. Bu jarayonning bir necha asrlar davomida muntazam takrorlanishi va uning doimiy tarixiy voqelikka aylanishi O‘rta Osiyoning Amudaryogacha bo‘lgan xududlarini bronza davridan boshlab Turonzamin deb atalishiga, uning turkiygo‘y qabilalarini esa Turonzaminning tubjoy aholiga aylanib ketishi-ga olib kelgan. O‘rta Osiyo saklari ("Avesto"da turlar, ularning aslzodalari – oriylar) o‘z navbatida buyuk turk cho‘lining markaziy va sharqiy Qozog‘iston, Tog‘li Oltoy, O‘ral, Enisey va O‘rxon daryolari havzalarigacha kirib borganlar va u joylarning hukmron turkiy til muxiti ta’sirida turkiylashganlar. Demak, qadimgi sak-skif qabilalariga xos ikki tillilik juda keng turk-sug‘diy etnomaydonda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy jarayonlar maxsuli ekanligi haqiqatga yaqindir. Demak, O‘zbekiston deb atalmish ona zaminimiz asosiy xalqining har ikki etaik qatlami ham turk-sug‘diy etnomaydonda juda qadim-qadim zamonlardan birga yashab, tarkib topgan tubjoy – avtoxton axoli hisoblanadi. Sobiq sovet davri tarixiy lingvistika tadqiqotlari va uning ta’sirida bo‘lgan tarix fanida O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili masalasida, ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilindi. CHunki "Avesto" va Veda kabi eng qadimgi yozma manbalar tili Ovrupa xalqlarining qadimiy tillari bilan qarindosh ekanligi ayon bo‘lgach, bu mintaqaning tub aholisini barchasi mazkur yozma manbalar tilidan kelib chiqqan holda eronzabon deb qabul qilinib, bu zaminda qadim zamonlardan ular bilan birga qon-qardosh, qo‘shni va quda-anda bo‘lib yashab kelgan turkchilikka hech qanday o‘rin qoldirilmadi. Hatto eronshunos olimlar Hind-Ovrupa nazariyasidan kelib chiqqan holda, O‘rta Osiyodan to Baykalgacha bo‘lgan mintaqalarda eroniy til muxiti hukmron edi, degan asossiz qarashni ilmiy jamoatchilik ongiga singdirgan. Masalaga jiddiyroq yondashilsa, turkiy xalqlar etnogenezini mutlaqo turkchilikdan yoki turk davlatchiligining ilk makonlaridan kelib chiqib echib bo‘lmaydi. CHunonchi, Hunn davlati va Turk xoqonligi shakllangan hududlar O‘rta Osiyodan sharqda bo‘lgan. Ammo negadir, har ikkala davlat tarixida Turon o‘lkalarini o‘z tasarrufiga qo‘shib olish masalasi bejiz ko‘tarilmagan. CHunki Turon o‘lkalari Markaziy Osiyoning aholisi jihatidan ham tarkibiy qismi bo‘lib, bu o‘lkalar mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Eron ahamoniylari tasarrufiga o‘tgan edi. Taniqli avestoshunos olim M.Ishoqov ta’biri bilan aytganda, “bu o‘lkada (qadimgi Turonda) ahamoniylarning siyosiy hukmronligi o‘rnatilib, uning tarkibiga kirgan eroniy va turkiy xalqlarning bariga buyuk Eron davlati fuqarosi sifatida qarash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalqlarning o‘z tillaridan qat’i nazar, umum eroniy til qonuniy til qilib qo‘yildi. Natijada, davlat maxkamachiligi doirasida Turonning turkiy til mavqei sun’iy ravishda bekor qilindi”5. SHu sharoitda Ahamoniylar davlatining ta’siridan tashqarida qolgan turkiy xalqlar dunyosida davlatchilikning yangi to‘lqini vujudga keldi, ya’ni hunnlar imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat ichki siyosatida turkchilik ruxida ish tutib, tashqi siyosatini birinchi navbatda Turon va turk dunyosini birlashtirishga qaratdi. CHunki bu o‘lkalarda til, aholining turmush tarzi bir-birlariga yaqin bo‘lgan hamda siyosiy jihatdan Eron an’anaviy davlatchiligidan ajralib chiqish kayfiyatidagi turkiy xalqlar yashar edi. Keyinchalik, Turk xoqonligi va Qoraxoniylar davlati ham aynan shunga tayanib ish ko‘rgan. Afsuski, hozirgacha murakkab tarixiy jarayonlarning bunday siyosiy jihatlari taxlil qilinmay, mintaqaning tubjoy aholisi faqat eroniy tilli xalqlar bo‘lgan deb, ular bilan birga yagona hududiy kenglikda turkiy qavmlar ham yashaganligi hisobga olinmay, qadimgi Turondagi turkiy etnosni inkor etish darajasigacha olib kelindi. Bunday qarashni sobiq sovet davri tarix fanining darg‘alari YU.Bregel, S.P.Tolstov, aka-uka Dyakonovlar, V.A.Livshits, turkolog S.G.Klyashtorniy, B.A.Litvinskiy, YU.YA.Staviskiy, B.G‘.G‘ofurov, V.M.Masson, E.E.Kuzmina va boshqalar fanga olib kirdilar. Bu qarash butun bir avlod ilmiy jamoatchiligi ongiga singdirildi. Arxeologiya va paleoantropologiya materiallari tahlili ham shu qarashga bo‘ysundirildi. Bunday qarashning fanda hukmron bo‘lishida O‘rta Osiyodan topilgan yozma yodgorliklar tili asos bo‘ldi. YAqingacha O‘rta Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlar faqat xorazmiy, bohtariy, sug‘diy tillarida bi- tilgan, demak tubjoy aholi eroniy tilli bo‘lgan, deb ta’kidlab kelindi. Hatto turkiy yozma yodgorliklar ham o‘z nomi bilan atalmay, “noma’lum yozuv” deb e’lon qilindi. Etnogenez muammosini faqat yozma yodgorliklar tili bilan echish ilmiy chalkashlarga olib kelishi hisobga olinmadi. Masalan, eroniy tilli ahamoniylar davlat mahkamachiligida oromiy tili hukmron bo‘lgani holda, jonli xalq tili Eronda qadimgi forsiyda edi. Hatto podsholik sulolalari ketma-ket turkiy xalqlardan chiqqan vaqtlarda ham rasmiy hujjatlar tili forsiyda davom etgan. Turk xoqonligining ilk davrida sug‘d yozuvi va tili rasmiy hujjatlarda ishlatilgani ma’lum. CHunki sug‘d tili ilk o‘rta asrlarda juda keng geografik doirada Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq holda, jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan edi. Movarounnahrda arab xalifaligi istilosidan keyin rasmiy mahkamachilik, ilmiy ijodiy til arabcha, hayotda esa eroniy va turkiy edi. Demak, yozma yodgorliklar tili etnogenez muammosini hal etishda asosiy omil bo‘la olmaydi, aksincha ko‘p hollarda chalkashlarga olib kelishi mumkin. Biroq bundan yozma yodgorliklar tilining etnogenez muammosi echimida o‘rni yo‘q, degan ma’no chiqmaydi. Qadimgi siyosiy uyushmalar va davlatlardagi rasmiyat va maxkamalar tili hech qachon shu uyushmalar hududida yashagan har xil etnik qatlamlar tilini, ularning etnik tarkibini to‘liq aks ettira olmaydi. O‘rta Osiyodagi ikki tilli xalqlarning aralashib yashashi, ular orasidagi bir-birlariga yaqinlashish va integratsiya jarayonlari turli etnik qatlamlar yaratgan mushtarak madaniyat, fan va ma’naviyat hamda siyosiy hoki-miyat oxir-oqibatda, o‘zbek va tojik qardosh xalqlarining deyarli bir vaqtda shakllanishiga olib kelgan. Xulosa YUqorida o‘zbek xalqining shakllanish tarixi uzoq davom etgan etnogenetik jarayon natijasidir, dedik. Bu jarayon ya’ni o‘zbeklarning etnogenezi XI asrgacha davom etadi va u g‘arbiy qoraxoniylar davlati doirasida, XI-XII asrlarda o‘zbek xalqi uzil-kesil shakllandi. SHundan so‘ng o‘zbek xalqining etnik tarixi boshlandi. O‘zbeklarning etnik tarixi davomida, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uzil-kesil shakllangan o‘zbek etnosi tarkibini deyarli o‘zgartirib yubora olmadi, balki uning bag‘rida etnik guruxlar sifatida uzoq vaqt yashab, ma’lum bir tarixiy davrdan so‘ng o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketdi. O‘zbek xalqining millat sifatidagi tarixi XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan boshlanadi. Millat shakllanishi ham xalqning tarkib topishi kabi uzok. davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixning eng yuksak yuqori cho‘qqisi, kamolat bosqichidirki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritadi, millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, daxlsiz bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o‘zlikni anglash darajasi yuksak, milliy g‘urur, vatanga fidoyilik, ona zamin va xalqiga sodirushk millat fuqarolari hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan botiqariladi, ya’ni davlat millatning xohish-irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi. Millatni til, territoriya va etnomadaniy jixatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo‘jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar paydo bo‘ladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq so‘zlashuv tilining (laxjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bo‘lishiga olib keladi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko‘tarilishi esa millat nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. Davlat pul birligining paydo bo‘lishi va jaxon bozoridagi mavqei, uning iqtisodiy qudratidan nishonadir. Uning mustaxkam zamini davlat iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barqarorligiga bog‘liq. Fuqarolarning o‘zlikni anglash darajasi istiqbolli iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shubxasiz, bundan o‘zbek millati va davlati ham istisno emas. Bundan maqsad, bo‘lajak tarixchi talabalarning etuk mutaxassis bo‘lib shakllanishlari uchun, ularga o‘zbek xalqining kelib chiqishi va uning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayon- lari haqida davlat ta’lim dasturi asosida tushuncha berish, ularni shu masala bilan bog‘liq konsepsiyalar va ularning tub mohiyati bilan hamda etnogenez va etnik tarixning nazariy hamda ilmiy-metodologik asoslari bilan tanishtirish, etnogenez va etnik tarix haqidagi tushunchalar: etnik alomatlar va belgilar, o‘zbek xalqi etnogenetik jarayonining murakkab kechish sabablari va ular o‘rtasidagi tarixiy va xronologik tafovutlar haqida talabalarga ob’ektiv ma’lumotlar berishdan iborat. CHunki O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida, fanda hozirgacha davom etib kelayotgan turlicha qarashlar va ba’zan uchrab turadigan g‘ayriilmiy tushunchalar, o‘zbek xalqining tarixi hozirda egallab turgan hududlar bilan azaldan bog‘liq ekanligiga soya solmoqda. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling