Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari


II BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARIDA ZAMONAVIY MENEJMENT AHAMIYATI


Download 82.84 Kb.
bet4/8
Sana07.01.2023
Hajmi82.84 Kb.
#1081996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5469789139496867855

II BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARIDA ZAMONAVIY MENEJMENT AHAMIYATI
2.1. Qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment strategiyasini ishlab chiqish
Menejmentning mazmunini ochish bilan birga uning ikki tomonini farqlash zarur. Ya'ni, texnik va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni boshqarish. Ko'p usullar amaliy tajriba shunday natija chiqarishga undaydiki, ish lab chiqarishning faoliyat samaradorligi faqat texnik, texnologik, tashkiliy rejalashtirish va boshqa omillarga
bog'liq bo'lib qolmasdan, balki, sezilarli darajada ish bajaruvchilar ishlarining sifatiga ham bog'liqdir. Faoliyat sifati ancha keng tushuncha. Bu ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish, mehnat jarayonining aniq maromiga yetkazishni ta'minlash, texnologiyaga rioya qilish, moddiy - materiallami tejab ishlatish, o'zaro talabchanlik, o'zaro yordam berish va boshqalar.
Marketing xizmatini quyidagi hollarda barpo etish maqsadga muvofiq: birinchidan, keng assortimentda mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda (agrofirmalar, assotsiatsiyalar, yirik bog'dorchilik va polizchilik xo'jaliklari, qayta ishlash korxonalari), ikkinchidan, salmoqli qismdagi mahsulotlami o'zlarining ma’muriy tumanlari yoki viloyatlari chegarasidan tashqarida realizatsiya qiluvchi xo'jaliklarda qoidagi ko'ra, ushbular ixtisoslashgan korxonalardir (urug'chilik, bog'dorchilik va boshqa).
Qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi mahsulotlami sotish, ulami realizatsiya qilish yo‘llariga salmoqli darajada bog'liq. Ko'pchilik tovar ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini iste’molchilarga Tovar realizatsiyasi bilan bog'liq ishlar hajmini kamaytirishga yordam beruvchi vositachilar orqali taldif etadilar.
Mahsulotlami realizatsiya qilish vositalari-sotishda vositachi yoki qatnashchi bo'luvchi, aniq tovami o'ziga qabul qiluvchi yoki boshqa birovga ishlab chiqarishdan iste’molchiga egalik huquqini berishga yordamlashuvchi yuridik va jismoniy shaxslar yig'indisi .
Realizatsiya qilinadigan mahsulotning har bir turiga o'zining sotish (o'tkazish) yo'llari va savdoning tashkiliy shakli mos keladi. Vositachilaming soniga bog'liq holda nol, bir, ikki va hokazo darajadagi realizatsiya vositalarini ajratadilar. Nol darajadagi vosita-tovarini bevosita iste’molchilarga sotadigan tovar ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Bevosita savdoning eng keng tarqalgan usuli-tovar ishlab chiqaruvchiga tegishh do'konlar orqali savdo qilishdir.
Bir darajali vosita chakana savdoda bo'ladigan birgina vositachini o'z ichiga qamrab oladi. Ikki darajali vosita-bu ikkita vositachi (ulgurji va chakana savdo) uch darajalisi-uchta vositachi (ulguiji, mayda ulgurji va chakana savdo) dan iborat.
O'simlikchilik mahsulotlarining (paxta, don, kartoshka, sabzavot va boshqa) va sanoat tovarlarining asosiy qismi ulgurji savdo orqali sotiladi. Sut yetishtiriladigan chorvachilikda tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini mayda partiyalarda va har kuni realizatsiya qiladilar. Ulguiji savdo-tovarlami sotib olib saqlaydigan, keyin ulami boshqa savdo tashkilotlariga chakana savdoda qayta sotadigan yuridik va jismoniy shaxslar yig'indisi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ulguiji xaridorlari sifatida tayyorlov tashkilotlari tovar birjalari, qayta ishlovchi korxonalar kabilar chiqadi. Ulguiji savdo tovar ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlami joyida iste’molchilar bilan minimum kontaktda bo‘lgan holda sotish imkonini beradi.
Chakana savdo-bu tovarlami shaxsiy oilaviy va uyda foydalanish uchun oxirgi iste’molchilarga sotish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati. Ulguiji savdoning birjalar, auksionlar, yarmarkalar orqali o‘tkazilishi keng tarqalgan. Savdolami biija orqali o'tkazishning natijasi-sotuvchi va xaridor o'rtasida bitim tuzishidir.
Birja bitimi-biija savdolari davomida uning qatnashchilari tomonidan birjaga muomalaga kiritilgan tovarga nisbatan birja shartnomasi (kontrakti) shaklida huquq va majburiyatlami o'zaro oldi-berdisi haqidagi kelishuv.Birja bitimlarini aniq tovar bilan va aniq tovarlarsiz guruhlarga bo'lish qabul qilingan.
Aniq tovarlar bilan bitimlaming oddiy turi-zudlik bilan yetkazib berish bo'yicha bitim (qisqa muddatda yetkazib berish). U savdo paytida biija hududida bo'lgan, yoki shu kuni kelishi kutilayotgan tovarga tuziladi. Aniq tovar bitim tuzishning boshqa bir ko'rinishi-forvard yoki shoshilinch bitimlar, ya’ni real tovarga nisbatan huquq va majburiyatlami kechiktirilgan muddatda yetkazib berish bo'yicha o'zaro almashish.
Aniq tovarsiz bitimlar fyuchyersli va optsionliga bo'linadi. Fyuchyers bitimlar biija tovarini yetkazib berishga nisbatan standart kontraktlaming huquq va majburiyatlarini o'zaro bir-biriga berishni bildiradi. Bunday bitimning farqlanuvchi tomoni-ob’yekt sifatida Tovar emas biija kontrakti chiqadi. Fyuchyers bitimlari qishloq xo'jaligi tovarlari uchun xarakterli bo'lib, ular hosil yig'ilmasdan ancha oldin tuziladi.
Optsion bitimlar fyuchyers bitimlaming mantiqiy davomidir. Ulaming farqlanuvchi tomoni bitim ob’yekti kelgusida kelishilgan muddatlarda topshirilgan narxlar bo'yicha bir nechta fyuchyers yoki naqd kontraktlami sotib olish yoki sotish majburiyati (huquqi) dan iborat.
Bozor infratuzilmasida biija savdosi ma’lum o'rin egallaydi, u orqali qoidaga ko'ra, hamma tovar hajmining 5-10% realizatsiyasi amalga oshiriladi. Bu esa bozordagi narxni baholashga yetarli. Ulgurji oziq-ovqat bozorlari 20-25 % tovarlaming o'tishini ta’minlaydi. Ulaming asosiy massalari (65-75 %) esa tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan xususiy o'zlarining tijorat tuzilmalari va xom-ashyo iste’molchilariga realizatsiya qilinishi kerak, bu esa vositachilar sonining kamayishi va yakuniy mahsulot narxining pasayishiga imkon beradi7.
Yaqin-yaqingacha mahsulot realizatsiyasida davlat xaiidi paxta va g‘alla uchun davlat tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlari, xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini tovar ishlab chiqaruvchi (ta’minotchi) lardan qayta ishlash yoki o'zaro foydali shartlarda iste’molchi (xaridor) larga realizatsiya qilish uchun tashkiliy tarzda sotib olish shakli ustun edi. Bundan tashqari, ehtiyojlami va sub’yektlar ehtiyojlarini qondirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va oziq-ovqatni yetkazib berish, Tovar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi (xaridor) orasida qishloq xo'jalik mahsulotlaridan va oziq-ovqatlardan foydalanish uchun tashkiliy shartnoma munosabatlari shakli ham mavjud.
Tovar ishlab chiqaruvchilaming qayta ishlash sanoati va savdo korxonasi bilan bevosita aloqalari o'ta samarali hisoblanadi. Bu qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, uni ishlab chiqarish, yuklab tushirish, qayta ishlash va saqlashda yo'qotishlami kamaytirishning haqiqiy amaldagi choralaridan biridir.
O'z oldida turgan masaladan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar uning mahsulotlari iste’molchiga realizatsiya qilinishi, amalga oshishi bo'yicha eng optimal vositani tanlab oladilar.
Mahsulotlami muvaffaqiyatli realizatsiya qilish, qishloq xo'jaligi xomashyosi va oziq-ovqatlari bozorlarining rivojlanish va fimksiyalashuv darajasiga ham bog'liq.



Download 82.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling