Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari
Download 82.84 Kb.
|
2 5469789139496867855
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti.
- Kurs ishining predmeti.
- I BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINING ZAMONAVIY MENEJMENT USULLARI 1.1. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari nazariyasi
Kurs ishining maqsadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullaridan foydalanish ahamiyatini o‘rganish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari. Mazkur kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: qishloq xo‘jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari nazariyasi haqida nazariy bilimlarni o’zlashtirish; qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanish xususiyatlarini yoritish; qishloq xo‘jaligi korxonalarining zamonaviy menejmentiga qo’yiladigan talablar bilan tanishish; zamonaviy menejment usullarida chet el tajribasini o’rganish; qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanishdagi muammolarni tadqiq etish va xulosalar chiqarish. Kurs ishining obyekti. Qishloq xo’jaligi korxonalari, shuningdek, zamonaviy menejmentga oid bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Qonun chiqaruvchi organlari tomonidan qabul qilingan Farmonlar, qonunlar, qarorlar, shuningdek, ushbu mavzuga doir ilmiy adabiyotlar kurs ishining obyekti hisoblanadi. Kurs ishining predmeti. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullaridan foydalanish ahamiyatiga doir hujjatlar kurs ishining predmeti bo’lib hisoblanadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy 2 bob, har bob o’zaro mantiqan bog’langan fasllardan, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINING ZAMONAVIY MENEJMENT USULLARI 1.1. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari nazariyasi Qishloq xo'jaligida menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va menejment amaliyotini umumlashtirish asosida agroiqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo'naltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat. Qishloq xo'jaligi korxona va tashkilotlarining boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Korxona va tashkilotlarning samarali ishlashini malakali rahbar xodimlar ta’minlaydi. Menejmentning mazmunini ochish bilan birga uning ikki tomonini, ya’ni, texnik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni farqlash zarur. Amaliy tajriba shunday xulosa chiqarishga undaydiki, ishlab chiqarishning faoliyat samaradorligi faqat texnik, texnologik, tashkiliy rejalashtirish va boshqa omillarga bog'liq bo'lib qolmasdan, balki sezilarli darajada ish bajaruvchilar ishlarining sifatiga ham bog'liqdir. Faohyat sifati ancha keng tushuncha, bo'lib, ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish, mehnat jarayonining aniq maromiga yetkazishni ta’minlash, texnologiyaga rioya qilish, moddiy materiallarni tejab ishlatish, o'zaro talabchanlik, o'zaro yordam berish va boshqalardan iborat. Menejmentning oldidagi asosiy masala zamonaviy bilimlar majmuasini ijodiy ishlatilishiga imkon yaratishdir. Bu belgilar iqtisodiy munosabatlar birlashmasi, ya’ni ular rahbar va ish bajaruvchilar orasidagi munosabatdir. Bu, o'z navbatida, ishlab chiqarishdagi muammolami yechish jarayonida vujudga keladi. Menejmentning mazmuni ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog'liq holda o'zgaradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat vujudga kelib u ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko'paytirishga yo'naltiriladi. Menejment usullari — bu menejment subyektining menejment obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir о‘tkazish usullari, ya’ni menejerning boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyatini muvofiqlashuvini ta’minlashdir. Menejment usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jihatdan menejment usullari mukammalligi va to'g'ri shakllanganligi bilan uzviy bog'liqdir3. Menejment usullari boshqaravda muhim o'rinni egallab, menejment qonun va tamoyillari bilan uzviy bog'liqdir. Menejment usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o'zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoitning o'zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo'jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasi, boshqarish tizimidagi o'zgarishlar kiradi. Ichki omillarga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish konsentratsiyasini amalga oshirish; korxona miqyosining o'zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o'tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashuv darajasining o'zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasining yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo'llash va h.k.)ni kiritish mumkin. Menejment usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish usulining rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o'sishi bilan o'zgarib boradi. Iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishida menejment usullarini to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy usulIar, eng avval, iqtisodiy qonunlar talabiga, ishlab chiqarish munosabatlarining tizimi va tarkibiga asoslanmog'i kerak. Shunday qilib, menejmentni iqtisodiy usullarining negizida eng avval tashkilotjamoalarining iqtisodiy manfaati yotadi. VIar o'z faoliyatida eng yuqori natijalarga eng kam hariajatlar hisobiga erishishga harakat qiladilar. Iqtisodiy usullarni takomillashuvining asosiy yo'nalishlaribu iqtisodiy sharoitlarni yaratishdir. Menejmentning iqtisodiy usulIari to'la iqtisodiy mexanizmning bir kichik bo'lagi hisoblanadi va ular yordamida ishlab chiqarish samaradorligining muammosi yechiladi. Bu usullar menejmentga iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi asosida ma'lum holatni bunyod etish, iqtisodiy va moddiy rag'batlantirish hamda narx, kredit kabi iqtisodiy dastaklar orqali ta'sir qiladi. Korxonada huquqiy boshqaruv undagi boshqaruv tizimida mehnatdan foydalanish sohasida (intizomni mustahkamlash, shaxsiy mas'uliyatni oshirish, kadrlarning qo'nimsizligi darajasini pasaytirish, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish va h.k.), boshqaruv apparati xodimlarining mehnat predmetlaridan foydalanish sohasida (axborot oqimlarini oqilona tashkil qilish, axborotni o'z vaqtida tayyorlash) hamda iqtisodiyotning boshqaruv tizimida mehnat vositalaridan foydalanish sohasida (bino va inshootlar, texnik vositalar, hisoblash texnikasidan foydalanish) zaxiralardan maksimal foydalanishga yo'naltirilishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo'naIishlar amalga oshirilishini jadaUashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" va "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillshtirish to'g'risida"gi farmonlari davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xususiy tarmoqnijadal rivojlantirishni ko'zda tutadi.4 Tuzilma muayyan tizimining tashkil topgan shakli, tizim elementlarining muhim o'zaro aloqalarining yaxlitligidir. Tuzilma funksional munosabatlaming umumiy qonunlariga bo'ysunadi. Har bir murakkab tizim bir-biriga bo'ysunish, ko'p pog'onali tarzda shakllanadi. Boshqaruvning sifati tuzilmaning yuqori halqasidan bir xii masofada uzoqlashgan va teng huquqqa ega bo'lgan tizim elementlari bilan belgilanadi. Tizim boshqaruvining funksiyasini amalga oshirish uchun maxsus apparat tashkil etiladi. U ning tuziImasi boshqaruvning bir-biriga tobe bo'lgan bo'g'inlari bilan belgilanadi. Boshqaruv tuzilmasini shakIlantiruvchi elementIar bir-biri bilan uzviy aloqada bo'ladi. Boshqaruv tizimining oqilona tashkil etilgan tuzilmasi uning samaradorligini belgilab beradi, ya'ni boshqaruv obyektning ko'p sonli elementlar aloqalari mustahkamligini va tizim yaxlitligini ta'minlaydi. U tizim elementlarini bir butun holga keltiradi. Boshqaruv tizim shakli va tashkiliy tomonlariga, ishni tashkil qilish usullariga, muvofiqlashtirishga ta'sir qiladi, tizim faoliyati natijasini baholashga va qiyoslashga imkon beradi. Tuzilma boshqaruv texnologiyasiga ta'sir ko'rsatadi, axborotni oqilona tarqatish, xodimlami tan lash va lavozimiga qo'yishdagi boshqaruv texnikalarini ishlatish bilan bog'liq vazifalar qo'yadi. Tizimning «ichki muhitini» undagi elementlarning asosiy funksiyalari yordamida aniqlab olsa ho'ladi. Korxona va tashkilotlarda boshqarish samaradorligini oshirish, ularni tashkiliy tuzilmalariga, qay darajada tarkib topganligiga bog'liqdir. Tashkiliy tuzilma qanchalik mukammal, aniq, maqsadga muvofiq tuzilgan bo'lsa, boshqaruv xodimlarning faoliyati shunchalik samarali bo'ladi. Menejmentning iqtisodiy usullari to ia iqtisodiy mexanizmning kichik bir bo‘lagi hisoblanadi. Ular yordamida ishlab chiqarish samaradorligining muammosi hal etiladi. Bu usullar menejmentga iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi asosida ma’lum holatni bunyod etish, iqtisodiy va moddiy rag'batlantirish hamda narx, kredit kabi iqtisodiy dastaklar orqali ta’sir qiladi. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usuli — bular tashkilot jamoalarining zaruriy ongli, faol, uzluksiz mehnat faoliyati tarzini amalda ro'yobga chiqarish bo'lib, ular odamlarni o'zaro ruhiy rag'batlantirish asosida amalga oshiriladi. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullarini ishlab chiqish mavjud ijtimoiy mexanizmni (o'zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo'llashga asoslanadi. Menejmentning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo'li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg'unlashtirish maqsadida qo'llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o'zaro majburiyatlar, ishchilami tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham qo'llaniladi. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holatni tashkil etish yo'li bilan kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalami tashkil etish, malakali kadrlami tanlash, ularni o'qitish va h.k.lar kiradi. Ijtimoiy-psixologik usul har bir jamoaga va uning xizmatchisiga ta’sir ko'rsatadi. Ularga: ishontirish, tarbiyalash, ruhiy rag'batlantirish, ishlovchilaming maishiy talablarini qondirish hamda jamoaning ilg'or mehnat an’analarini saqlash va rivojlantirish usullari kiradi. Yaxshi darajadagi boshqaruv istalgan tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatida hal qiluvchi omil sanaladi. Fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklari ham bundan mustasno emaslar. Muvaffaqiyatga erishishda fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklari boshqaruvchilari avval boshqaruvda ishlagan o’z ota-onalariga nisbatan ko’proq boshqaruv qobiliyatini shakllantirishlari va ko’proq boshqaruv qarori Qabul qilish bo’yicha vaqt sarflashlariga to’g’ri keladi5. Boshqarish so’zi keng ma’noda ishlatiladi, masalan: davlatni boshqarish, mashinani boshqarish, biron bir biologik jarayonni boshqarish va hokazo. Menejment so’zi esa asosan firma darajasida bozor sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ishlatiladi. Menejment har hil mustaqillikga ega bo’lgan ishlovchilarni o’z ichiga birlashtiradi, ya’ni muhandislarni, loyihachilarni, iqtisodchilarni, statistlarni, psixologlarni, buxgalterlarni. Ana shularni hammasining faoliyatini menejer boshqaradi. Menejment jarayoni, eng avvalo, uning oliy maqsadini aniqlashdan va shu bilan birga, uni amalga oshirishni zaruriy harakatlar dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma’lumki, rejalashtirish boshqarishning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Rejalashtirish, eng avvalo, kelajakni belgilash, samaradorlikni oshirishning istiqbolli yo'nalishlarini tanlashdir. Qarorlarning eng maqbul variantlarmi ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi vaqtda rejalashtirishnirtg muhim yo‘nalishi kelajakni bashorat qilishdir. Kelajakni bashorat qihsh iqtisodiy matematik usullar yordamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi. Menejmentning iqtisodiy usulIari to'la iqtisodiy mexanizmning bir kichik bo'lagi hisoblanadi va ular yordamida ishlab chiqarish samaradorligining muammosi yechiladi. Bu usullar menejmentga iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi asosida ma'lum holatni bunyod etish, iqtisodiy va moddiy rag'batlantirish hamda narx, kredit kabi iqtisodiy dastaklar orqali ta'sir qiladi. Download 82.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling