MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………….
I - BOB Qo'qon xonligi madaniy hayoti va uning taraqqiyoti xususiyatlari
1.1.Qo’qon xonligining tashkil topishi …………………………..………….......
1.2. Ma’muriy-hududiy tuzilishi va aholisi geografiyasi…..……………………
II - BOB Xonlikning boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayot
2.1. Xonlikning boshqaruv tizimi, mansab va unvonlari………………….........
2.2. Xonlikning yerga egalik munosabatlari, savdo-iqtisodiy geografiyasi…….
XULOSA……………………………………………………………………………
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati………………………..………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O`zbekistonning uzoq va yaqin o`tmishiga bo`lgan qiziqish ortib borayotganligi davrimizning o`ziga xos xususiyatidir. O`zbekiston Respublikasi birnchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek ―”Mustaqillik yillari o`z o`tmishimizni, o`z madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir”1.
Darhaqiqat, o`zbek xalqi tarixi, o`zbek davlatchiligi tarixi ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy hayotining rivojlanishi alohida shaxslar tarixi bilan bevosita bog`liqdir. Qo`qon xonligi tashkil topishi, uning ijtimoiy-siyosiy hayoti masalasini o`rganib, tadqiq qilish bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishning maqsadi. Mazkur kurs ishida Qo`qon xonligi tarixini o`rganishda quyidagi masalalarni yoritishni o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik.
Bular:
1. Qo`qon xonligining tashkil topishi shart-sharoitlarni o`rganish;
2. Qo`qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga baho berish;
3. Xonlikning davlat boshqaruvini tadqiq etish;
Kurs ishining vazifasi. Xonlikning tashkil topish sabalarini,sharoitlarini o’rgangan holda mavzuni yanada yaxshiroq yoritishga hissa qo’shish.Shubhasiz Qo’qon xonligi mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega davlat hisoblanadi.Shuning uchun ushbu xonlik tarixini,uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini,davlat boshqaruvini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |