2-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘z o‘lkasidagi geoekologik muammolarni tavsiflash 1-Topshiriq


Download 56.5 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1348287
  1   2
Bog'liq
2 amaliy mashg\'uot 220222074624


2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: O‘z o‘lkasidagi geoekologik muammolarni tavsiflash
1-Topshiriq. O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni ko‘rib chiqish hamda ularni yozib olish xaritada belgilsh muammo sabalarini aniqlash yechim topish
2-Topshiriq. Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro’yxati bo’yicha o’z hududi bo’ylab mavjud obyektlarni aniqlash
3- topshiriq. Hududagi geoekologik muammolarni jadval , sxema tarzida bayon eting.
Ishning maqsadi
Quyidagi amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarda o’z o’lkasi dorasida ekologik holatlarni o’rganish, hududga xos muammolar bilan ishlash va ko’nikmalar hosil qilishdan va shu asosda talabalar bilimini mustahkamlashshdan iboratdir.
Tayanch atamalar va iboralar: ekologik ekspertiza, lokal geoekologik muammolar, Geoekologik vaziyat

Mavzu bo’yicha adabiyaotlar ro’yxati
1. Rafiqov A. A., Sharipov Sh. M., Geoekologiya. -T.; Adib. 2014.
2. Sharipov Sh. M., R.X.Allaberdiyev, N.Y.Kuchkarov, X.K.Ro’zimova. Geoekologiya. –T.; Universitet.2017
3. Rafikov A.A,Geoekologiya asoslari.T.Universitet.2000.
4. Rafikov A.A,Geoekologik muammolar.T.O‘qituvchi.1997.
5. Nigmatov A. Musayev J. “Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” Toshkent 2017
6. Nigmatov A. “Tabiiy geografiya va geoekologiya nazariyasi” Toshkent 2018

Mamlakatimizda ishlab chiqarishning jadallashuvi tufayli inson bilan
tabiat o’rtasidagi munosabatlar murakkablashmoqda, ekologik va sotsialiqtisodiy salbiy oqibatlar miqyosi ortmoqda. Bu borada Orolbo’yi, Orol
dengizi, Qizilqum, Qarshi cho’li, Chirchiq-Ohangaron vodiysi, yirik sanoat
shaharlari va ularning atrofida ancha jiddiy, joylarda tang geoekologik
vaziyatlar tarkib topmoqda. Bu sharoitda kelajakda geoekologik
vaziyatning qanday bo’lishligini ko’z oldiga keltira bilish muhim amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Butun respublika hududi bo’yicha tabiiy muhitning kelajakda
(aytaylik, yaqin 5-10 yil davomida) o’zgarishini bashorat qilish lozim,
lekin bu vazifa o’ta murakkab va qiyinligini e‘tiborga olib uning ayrim
hududlari bo’yicha prognoz ishlarini amalga oshirish ham katta ahamiyatga
ega. Bu jihatdan hozirda O’rta Osiyoda eng dolzarb muammo bo’lib turgan
Orol dengizi muammosini keyingi yillarda rivojini bilish muhimdir.
Orol dengizining kelajakdagi holati eng avvalo unga quyiladigan
Amudaryo suvi miqdoriga bog’liq. 1995 yildan boshlab Orol havzasida
nisbatan kam suvlik davri boshlandi, natijada keyingi vaqtlarda dengizga
suv juda kam quyilmoqda (1995 yilda Sirdaryo bilan birgalikda 10,3; 1996
yilda-7,5; 1997 yilda-6,7 km3). Bu holat dengiz sathinng keskin tushib
ketishiga ta‘sir etdi. Orolning gidrorejim holatining prognozi Amudaryo
oqimining hajmiga to’ g’ridan-to’g’ri bog’liq. Agarda dengizga Amudaryo
orqali yiliga muntazam ravishda 20-30 km3 gacha suv quyilsa, uning sathi
33 m dan 36 m mutlaq balandlik orasida bo’ladi, agarda oqim 20 km3 dan
kam bo’lsa, (bunda suv sathidan bo’ladigan bug’lanish miqdori yiliga 0,86
m ni tashkil qiladi) u holda (sathi 24 m ga pasayganda Katta dengiz ikki
qismga ajraladi). Bunda g’arbiy (eng chuqur) qismi ancha vaqtgacha
mavjud bo’ladi, sharqiy (eng sayoz qismi borgan sari sho’rlanib boradi (1
bosqichda 60-70 g gacha), keyinchalik sho’rlanish sekinlashadi. Sharqiy
ko’lning atrofi oppoq hayotsiz tuz mintaqasi bilan qoplanadi, avvaliga
sulfat, keyinchalik xlorid tarkibidagi sho’rxoklar ustun bo’ladi.
Daryo suvining borgan sari barqaror kamayib borishi natijasida
sharqiy ko’lning markazida ulkan sho’r ko’l tarkib topadi, uning atrofi
xalqasimon mintaqalardan iborat bo’lib, ular turli sho’rxoklar bilan band
bo’ladi. Orol sho’rko’l Katta dengizning g’arbiy bo’lagini egallaydi, bunda
u orollar bo’yicha o’tgan submeridional o’q (Mo’ynoq yarim Orolining
Uzunquyruq burnidan to Qulanda yarim oroligacha) ni sharqida joylashadi,
hozirda bu mintaqa dengiz suvidan ozod bo’lmoqda. Dengiz suvining
sho’rligi xar litrda 120 g dan ortganda (I.V.Rubanov bo’yicha) qishda
mirabilit tarkib topa boshlaydi, bu hol Orolbo’yi tabiiy muhiti uchun eng
xavfli hisoblanadi. Suvning sho’rligi xar litrda 320-425 g bo’lganda
astraxanit osh tuzi bilan aralash holda vujudga kela boshlaydi.
Dengizning qurigan qismidagi sho’rxokli tekisliklarning katta qismi
deyarli o’simliksiz bo’ladi, chunki tuproqlarning tarkibida (ildiz o’sadigan
qismi) juda katta miqdorda tuzlarning mavjud bo’lishi hatto
supergalofitlarning ham vegetatsiyasiga ta‘sir etadi. Faol sho’rxoklar
mintaqasidan so’ng qoldiq, ulardan keyin taqirli sho’rxoklar joylashadi.
Shu tariqa O’zbekistonning boshqa hududlarining tabiiy muhitini
o’zgarishini prognoz qilish mumkin. Qizilqum cho’li landshaftlari hozirda
mol boqish, texnogen, dov-daraxtlarni qirqish va boshqa shakldagi
antropogen omillar ta‘sirida o’zgarib bormoqda. Bularning oqibatida
yalang qumlik-harakatdagi qumlar areallari maydoni kengayib bormoqda.
Chorva mollari iste‘mol qiladigan giyohlarning maydoni kamayib, begona o’tlar egallagan maydonlar kengayib bormoqda. Texnogen omillar (og’ir
avtomobillar, traktorlar, burg’ulash mashinalarining faoliyati, shuningdek
karerlar, portlashlar) natijasida cho’l ekotizimi buzilib bormoqda. Vohalar
bilan ular atrofidagi cho’l landshaftlari orasida murakkab o’zaro ta‘sir
natijasida nomatlub hodisalarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Berk
botiqlarga kollektor-zovur va tashlama suvlarning tashlanishi tufayli
subakval va akvatorial komplekslarning maydoni keskin tarzda kengayib
bormoqda (Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi, Katta Sho’rko’l, Qoraxotin ko’li
va h.k.).
Prognozlashtirishda juda ko’p usullardan foydalaniladi. Shulardan
eng ko’p foydalaniladiganlari landshaft va geoekologik tahlil, o’xshatish,
ekspertlar baholashi, landshaft indikatsiyasi, strukturali dinamik qatorlar va
boshqalar.

1-jadval




Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling