Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar


Download 358.5 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi358.5 Kb.
#1573964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Quritish qurilmalari

Lentali quritgichlar Bunday quritgichlarda material uzluksizsiz ravishda atmosfera bosimida quritiladi (rasm). Quritish kamerasi ichidagi ikkita baraban urtasida uzluksizsiz lenta tortilgan. Barabanlarning bittasi elektromotor yordamida xarakatga keladi, ikkinchisi esa yordamchi bo’ladi. Nam material lentaning bir uchiga beriladi, quruq material esa lentaning ikkinchi uchidan ajraladi. Quritish jarayoni issiq havo yoki tutunli gazlar yordamida olib boriladi. Bu tipdagi quritgichlar bitta yoki ko’p lentali bo’ladi. Sanoatda ko’p lentali quritgichlar keng ishlatiladi. Ko’p lentali quritish apparatlarida qurituvchi agent nam materialga nisbatan perpendikulyar yo‘nalgan bo’ladi. Material bir lentadan ikkinchisiga tushayotganda uning qurituvchi agent bilan kontakt yuzasi ko’payadi. Bunday quritgichlarda quritish jarayonining turli variantlarini tashkil qilish mumkin.
Lentali quritgichlar ko’p joyini egallaydi va ularni ishlatish ancha murakkab (lentalarning cho‘zilishi va barabanda noto’g’ri joylanish xolatlari ro‘y berishi mumkin). Bunday apparatlarning solishtirma ish unumi kichik, solishtirma issiqlik sarfi esa katta, pastasimon materialarni quritish mumkin emas.
Xom ashyoni sochib beradigan quritgichlar. Bunday apparatlar mineral tuzlarning eritmalarini, bo‘yovchi moddalar, suyuq qayta ishlash mahsulotlari, fermentlar va shu kabi materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. Ushbu tipdagi quritgichlar ichi
bo‘sh silindrsimon diametri 5 m va balandligi 8 m gacha bo’lgan apparatdan iborat bo’lib, uning yuqorigi qismida quritilishi lozim bo’lgan material sochib beriladi va parallel oqimida xarakat qilayotgan qurituvchi agent (issiq havo va tutunli gazlar) bilan to‘qnashadi, natijada namlik katta tezlik bilan bug’lanadi. Sochib beruvchi quritgichlarda bug’lanishning solishtirma yuzasi katta bo’ladi, shu sabali quritish jarayoni qisqa vaqt (taxminan 15-30 s) davom etadi.
Quritish qisqa vaqt davom etganligi sababli jarayon past temperaturalarda olib boriladi, natijada sifatli ko’kunsimon mahsulot olinadi. Agar nam material oldin qizdirib olinsa, sovuq xoldagi qurituvchi agentdan ham foydalansa bo’ladi.
Materialni sochish uchun mexanik va pnevmatik forsunkalar hamda markazdan qochma disklar (aylanishlar soni minutiga 4000-20000) ishlatiladi.
Sochib beruvchi quritgichda nam material quritish kamerasiga forsunka yordamida sochib beriladi. Qurituvchi agent ventilyator yordamida kalorifer orqali apparatga beriladi, u kamera ichida material bilan parallel xarakat qiladi. Qurigan materialning mayda zarrachalari kameraning pastki qsimiga cho‘kadi va shnek yordamida kerakli joyga yuboriladi. Ishlatilgan quritlgan agent siklon va yengli filtrda mayda chang zarrachalaridan tozalanadi, so’ng atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Sochib beruvchi quritgichlarda material va qurituvchi agent oqimlari to’g’ri, qarama-qarshi va aralash yo‘nalishda bo’lishi mumkin, biroq ko’pincha to’g’ri (yoki parallel) yo‘nalishli oqim keng ishlatiladi.
Sochib beruvchi quritgichlar yuqorida aytib o‘tilgan afzalliklardan tashqari bir qator kamchiliklarga ham ega: 1) nam materialning apparat devorlariga yopishib qolmasligi uchun kameraning diametri ancha katta bo’ladi; 2) kamerada solishtirma bug’lanish qiymati juda kichik (1 m3 kameradan soatiga 10-25 kg suv ajraladi); 3) havo oqimining tezligi nisbatan kichik (0,2-0,4 m/s), agar havo tezligi katta bo’lsa mayda zarrachalarning chiqishi qiyinlashadi va ularning havo oqimi bilan ketib qolishi ko’payadi.

Download 358.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling