Mundarija kirish I bob. Releli himoya xaqida umumiy tushuncha
Download 411.31 Kb.
|
Tursunxo’jayev Abdulmajid (1)
3.2 Elektr magnit relelar
a) Ishlash tamoili. 3.1-rasmda elektr magnit relelarning asosiy uch xil turi berilgan. Har bir rele o‘z ichiga elektrmagnit 1 (o‘zak va chulg‘amdan iborat), ferromagnit materialdan yasalgan harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 3, harakatlanmaydigan kontakt 4 va teskari ta’sir etuvchi prujina 5 ni oladi Elektr magnit chulg‘amidan oqayotgan tok magnitlovchi kuch (m.k) ni hosil qiladi. U kuch ta’sirida elektr magnit o‘zakdan, havo oralig‘i va yakor orqali oquvchi magnit oqim F hosil bo‘ladi. Bunda yakor magnitlanadi va elektr magnitning qutbiga tortiladi. Oxirgi holatigacha harakatlangan yakor bilan bog‘langan qo‘zg‘aluvchi kontakt 4 qo‘zg‘almas kontakt 3 ga ulanadi. yakorning boshlang‘ich holati tayanch 6 bilan chegaralanadi. Po‘lat yakorni elektrmagnitga tortuvchi elektrmagnit kuch havo oraliqdagi magnit oqimining kvadratiga to‘g‘ri proporsional. Magnit oqimi va uni hosil qiluvchi tok Ir quyidagicha bog‘lanishga ega. bu yerda – magnit oqimi F oqayotgan yo‘lning magnit qarshiligi ; – rele chulg‘amining o‘ramlar soni. Formulalarni o‘rniga qo‘yib quyidagini hosil qilamiz; Buriluvchi yakorli va ko‘ndalang harakat qiluvchi yakorli relelarda (5.1.b,v rasm) elektr magnit kuch aylanish momentini hosil qiladi: bu yerda kuchning yelkasi. va koeffitsiyentlar ga bog‘liq. Formulalardan ko‘rinib turibdiki, tortuvchi kuch yoki uning momenti rele chulg‘amidagi tok ning kvadratiga to‘g‘ri proporsional va shuning uchun o‘zgarmas yo‘nalishga ega (ya`ni tokning yo‘nalishiga bog‘liq emas). Xulosa shuki, elektr magnit releni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan qilib yasash mumkin. b) Relening ishlash toki, qaytish toki va qaytish koeffitsiyenti. Relening ishlashi uchun uning elektr magnit kuchi yoki momenti prujinaning qarshilik kuchi , ishqalanish va og‘irlik kuchi Fishq lardan katta bo‘lishi shart. yoki . Moment va kuch ning ma’lum bir qiymatiga relening ishlay boshlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir tok to‘g‘ri keladi. Relening ishlash toki Ir deb ishga tushishi uchun zarur bo‘lgan eng kichik tokka aytiladi. Relelarning ko‘p tuzilishlarida ishlash toki ni o‘zgartirish imkoniyati bor. Buni formuladan ham ko‘rish mumkin. ni o‘zgartirish, prujinaning qarshilik momentini o‘zgartirish, havo oralig‘i ni o‘zgartirish bilan ishlash tokining qiymatiga ta’sir etish mumkin. 4.1-rasmga asosan relening chulg‘amida tok kamayganda tortilgan yakor o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytishi prujina 5 ta’sirida amalga oshiriladi. Relening qaytish toki Ik deb yakor boshlang‘ich holatga qaytgandagi tokka aytiladi. Qaytish tokining ishlash tokiga nisbati qaytish koeffitsiyenti deyiladi. Tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi relelar uchun . Shuning uchun . Ko‘rib o‘tilgan relelar chulg‘amlarida tokning qiymati oshganida harakatga keladi, Shuning uchun ular maksimal tok relelari deyiladi. Tokning kamayishiga ta’sir javob beruvchi relelar minimal tok relelari deyiladi. Normal holatlarda minimal relelarning yakorlari tortilgan bo‘ladi (3.2- rasm), bunda va relening kontaktlari ochiq (uzuq) holda turadi. 3.2-rasm. Minimal tok yoki kuchlanish relesining tuzilishi. Relening ishlashi uchun rele tokini kamaytirish kerak, bunda prujinaning momenti elektr magnit moment va ishqalanish momentidan oshib ketadi: natijada relening yakori qaytadi va relening kontaktlari ulanadi. Minimal relening ishlash toki deb relening yakori qaytgandagi tokka aytiladi, qaytish toki bu relening yakorini tortadigan eng kichik tok. Maksimal reledagiday ning ga nisbati qaytish koeffitsiyenti deyiladi. Minimal relelarda , shuning uchun . Download 411.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling