Mundarija kirish I bob. Releli himoya xaqida umumiy tushuncha


Download 411.31 Kb.
bet1/11
Sana22.06.2023
Hajmi411.31 Kb.
#1648467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tursunxo’jayev Abdulmajid (1)



MUNDARIJA


Kirish……………………………………………………………………………2
I BOB. RELELI HIMOYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

  1. Shikastlanishlar va nonormal holatlar ………………………..…………..4

  1. Qisqa tutashuv turlari ...…………………………………………………..5

II BOB. RELELI HIMOYADA TOK VA KUCHLANISH TRANSFORMATORLARI

  1. Tok transformatori (TT) ning vazifasi…………………………………..10

  1. Tok transformatorlarining ulanish sxemalari……………………………11

III BOB. RELE QURILMALARINING ASOSLARI

  1. Elektr mexanik relelar………………………………………………..…13

  1. Elektr magnit relelar ……………………………………………………14

IV BOB. MEHNAT MUHOFASAZI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
V BOB. XULOSA
VI BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish xolatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p xollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketggan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin.
Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining barqarorligiga salbiy tasir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak.
Nonormal holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va nonormal holatlardan saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta.
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi.
Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtomatikasiniig asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz xozirgi zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar. U energetika tizimining barcha elementlarining xolatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan uzgichlarga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida nonormal holat bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va bu xolatning xarakteriga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga habar beradi.
Xozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal xolatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr avtomatikasi bilan ta’minlangan.
Yuklamalarning oshishi, elektr tarmoq tarkibidagi liniyalarni uzayishi, energetika tizimlariga bo‘lgan barqarorlik talablarining keskin oshishi releli himoya ishini yanada murakkablashtiradi.
Talablarga mos tez va ishonchli himoya tuzish uchun maxsus rele turlaridan foydalanilmoqda.
Elektr mexanik relelar o‘rniga yarimo‘tkazgichli kontaktsiz relelar, gerkonlar, magnit elementli va raqamli relelar ekspluatatsiyaga kirib keldi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassalarida «Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)» ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda rele qurilmalarining asoslari, elektr uzatish liniyalarining releli himoyalari, transformator va avtotransformatorlarning releli himoyasi, motorlarning releli himoyasini o‘rnatish va hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilgan.

I-BOB. RELELI HIMOYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA



Download 411.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling