Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 243 Kb.
bet3/31
Sana05.01.2022
Hajmi243 Kb.
#215393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bol

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy , Abu Ali ibn Sino , Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida shaxs ega bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.

U.Abduvahobov, A.Aliev, B.Ziyomuhammadov, S.Ziyomuhammadova, M.Imomnazarov, F.Ismoilov, V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov, A.Erkaev, E.Yusupov, S.Qodirov, E.G’oziev, Z.G’ofurov, U.A.Qosimov va boshqalar tomonidan shaxs kamoloti negizida aks etuvchi ma‘naviy-axloqiy sifatlar, ularning milliy-etnik, ijtimoiy-psixologik jihatlari, “shaxs” tushunchasining falsafiy, tarixiy va psixologik talqini o’z ifodasini topgan. Shuningdek, A.A.Asmolov, L.G.Borisova, A.N.Leontev , R.S.Nemov, I.P.Podlasiy hamda V.A.Slasteninlar tomonidan shaxs tushunchasining mohiyati har tomonlama rivojlangan shaxs talqini asosida tahlil etilgan.

V.I.Andriyanova, Q.Yo’ldoshev, Sh.N.Majitova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida barkamol shaxs tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxs shakllanishida oila, ta‘lim muassasalari hamda jamoatchilik o’rni va roli, shuningdek, shaxsga yo’naltirilgan ta’limga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini ta‘minlash masalalari o’rganilgan.

Biroq, muammoni nazariy jihatdan o’rganish ta‘lim muassasalari hususan maktabgacha ta’lim muassasalarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash davr talabi bo’lishiga qaramasdan yetarlicha tahlil qilinmaganligini, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari zamon talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ish mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi” deb belgiladik.




Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling