Mundarija: kirish I bob. Ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlari va xotira haqida tushuncha


Ta’lim tamoyillari va ularning tasnifi


Download 66.42 Kb.
bet7/8
Sana14.03.2023
Hajmi66.42 Kb.
#1267175
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xotira va ta\'lim jarayoni

2.2. Ta’lim tamoyillari va ularning tasnifi
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda:
1) Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;
2) Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;
3) Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.
Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir.
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va bunda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini tadqiq qilish hozirgi kunda o’z yechimini to’liq topgan emas.
Pedagogika fani yuksalishiga ko’plab olimlar o’z hissalarini qo’shib kelishgan. A. Zunnunov, U. Mahkamov, J. Hasanboyev, R.Jo`rayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, O.Hasanbayeva, O.To`rayeva, O`.Tolibov, X.Ibragimov kabi yirik olimlarimiz pedagogika fanining hozirgi kundagi dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, uning rivojiga muhim hissa qo`shib kelmoqdalar.
Ta'lim nazariyasi, didaktika, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari masalalari o’zbek mutafakkirlari va ma'rifatpavarlarining, pedagog olimlari (S.Rajabov, A.Munavvarov, O.Roziqov, R.Mavlonova, N.Toxtaxodjayeva, J.Hasanboyev, U.Mahkamov va boshqalar) ning ham diqqat-e'tiborida bo’lib kelgan. Ular tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalarda didaktik prinsiplar mohiyati yoritilgan.
Pedagog olimlarimiz M. Ochilov, N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, N. Azizxodjaeva, M.To’xtaxodjayeva, R.Mavlonovalarning ishlarida ta’limqonuniyatlari va prinsiplariga to’xtab o’tilgan. O.Roziqov, B.Azizov, G.Najmiddinovalarning “Umumiy didaktika”sida ta’lim prinsiplari tizimi va tavsifi berilgan.
YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika” asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali erishiladigan natijalar» haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Didaktik qonuniyatlar.

  2. Gnoseologik qonuniyatlar.

  3. Psixologik qonuniyatlar.

  4. Kibernetik qonuniyatlar.

  5. Sotsiologik qonuniyatlar.

  6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi (1-ilovaga qarang). Ushbu mutafakkirlarimizning quyidagi tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin:
Al-Xorazmiy (757-850 yillar)

  • Mustaqillik (ijodiy faollik);

  • kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;

Al-Kindiy (800-871 yillar)

  • o’qitishning ilmiyligi va ongliligi;

  • anglash faoliyatini faollashtirish;

  • mantiqiy fikrlash;

  • k´rgazmalilik;

  • tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar

Al-Forobiy (870-950 yillar)
- amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligi
- ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi);
- mantiqiylik va ketma-ketlik;
- ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba);
Al-Beruniy (973-1050 yillar)

  • o’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish;

  • ilmiy amaliyot;

  • tajriba va kuzatish;

  • o’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar)

Ibn Sino (980-1037 yillar)

  • o’qitish tamoyillari: a) bolani birdaniga kitobga bog’lash mumkin emasligi; b) bola bilan o’tkaziladigan mashqlar me’yorlashtirilgan va kuchiga mos, jamoaviy, uning jismoniy mashqlarga muvofiq, bolaning qobiliyatini hisobga olishlik; v) o’qishda yengildan og’irga muntazam borish; g) ko’rgazmalilik tamoyili; d) bolaning alohida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish metodlari: a) materialni bayon etishda tizimlilik va ketma-ketlik; b)mantiqiy fikrlash; v)nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi; g)umumiydan xususiyga o’tish; d)o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi; j)shaxsiy kuzatish; z)tajriba, amaliyot va boshqalar.

Sa’diy (1184-1291 yillar)

  • bilimlarni amaliyotda qo’llash;

  • aqliy qobiliyatni rivojlantirish;

  • tizimlilik, bilimning tushunarliligi;

  • shaxsning faolligi tamoyili;

  • bilimning hayotiyligi amaliyot bilan bog’liqligi

  • mehnat ta’limi va boshqalarning yetakchilik roli

Jomiy (1414-1492 yillar)

  • ilmiylik;

  • amaliylik;

  • tizimlilik;

  • muntazamlik;

  • qulaylik;

  • bilimni amaliyot bilan bog’liqligi

  • egallangan bilimlarni mustahkamlash, amaliy ahamiyatliligi;

  • o’qitishning insonparvarliligi va boshqalar.

Alisher Navoiy (1441-1501 yillar)
-bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
-onglilik, faollikni rivojlantirish;
muntazamlilik;
materialni bayon etishning qulayligi;
-o’qitishni insonparvarlashtirish;
-inson rivojlanishininng ko’p tomonlamalililigi va boshqalar.
Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi.
Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi.

XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish joizki xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning o`sishini ta`minlash psixologik taraqqiyotini ta`minlovchi yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratish, o`rta maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash, bu sohada pedogogik jamoaga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam ko`rsatishdan iboratdir.
Psixologik xizmat xalq ta`limi tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish ob`yekti maktab o`quvchilari,oqituvchilar, ota–onalar bo`lib hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda, har qaysi shaxs pedogogik, o`quvchi, ota –ona manfaati va uning har tamonlama uyg`un kelib chiqishini o`rgangan holda yondashadi.
Psixolog o`quvchilar xarakterida mavjud bo`lgan yutuqlarni rivojlantirish va kamchiliklarni tuzatish, o`z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, o`zining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi.
Umum o`rta ta`lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi psixologlar o`z faoliyati davomida ta`lim muassasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta`minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo`riqishlarini yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o`rni beqiyos. Psixologik xizmat faoliyati o`quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta`lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo`qotish va oldini olishga qaratiladi.
Bunday psixologning aniqlagan va to`plagan ma`lumotlari o`quvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.


Download 66.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling