Mundarija: kirish I bob. Tarbiya jarayonida oʻquvchilarga iqtisodiy tushunchalarni singdirish


Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi


Download 101.75 Kb.
bet2/10
Sana18.11.2023
Hajmi101.75 Kb.
#1785800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-9 sinflarda Tarbiya fani

Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish juda katta ahamiyat kasb etadi.Bu borada sharq allomalari asarlarida oʻz fikrlarini bayon etganlar. Ahmad Yugnakiy “Hibbat-ul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson oʻzining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik koʻnikmalarini shakllantiradi va oʻz hayotini oqilona tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash, ayniqsa, juda muhim. Avvalo oʻquvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, toʻla tushunchaga ega boʻlmog‘i darkor. Iqtisodiy tarbiya oʻquvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy oʻrin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va oʻz ishiga pishiq boʻlishi kerak. Shunda u oʻz mehnatining natijalarini oʻlchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Oilada bolalarga iqtisodiy tarbiya berish muammosini bir qancha chet el pedagoglari va iqtisodchilari tahlil qilishgan shulardan biri nemis iqtisodchisi, Nobel mukofoti sovrindori Gerri Bekkerdir. U kishilar hayotining noiqtisodiy tomonlari tahliliga iqtisodiy jihatidan yondashgan.
Boshlang‘ich sinf oʻquvchilariga iqtisodiy tarbiya berish usullarini bir qancha oʻzbek pedagoglarining ishlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan. V.I.Andriyanova, K.Yo‘ldoshev, Sh.N.Majitova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.N.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida barkamol shaxsni tarbiyalash, ularda komillik sifatlarini tarkib toptirish, bolalarni axloqiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan tarbiyalashga e’tibor qaratilgan.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: oʻquvchilar ongida iqtisodiy ta’limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, oʻquvchilarni mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish.

Download 101.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling