Mundarija: kirish I bob. Tarbiya jarayonida oʻquvchilarga iqtisodiy tushunchalarni singdirish
Download 101.75 Kb.
|
7-9 sinflarda Tarbiya fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining predmeti
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishi mavzusining vazifasi:
- tarbiya jarayonida oʻquvchilarga iqtisodiy tushunchalarni singdirish usullarini o‘rganish; - insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyatini tahlil qilish; - oʻquvchilarni tejamkorlikka oʻrgatish orqali ularga iqtisodiy tarbiya berish yo‘llarini aniqlash; - tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda «Oila - mahalla - maktab hamkorligi» konsepsiyasining oʻrni va ahamiyatini aniqlash. Kurs ishi mavzusining predmeti: boshlang’ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning usu, shakl, vosita va metodlari. Kurs ishi mavzusining obyekti: boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tarbiya. Kurs ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati: oʻquvchilar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini, iqtisodiy ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma’lumotlarni oʻzlashtirib olishini, ularda fikrlash operatsiyalarini rivojlantiradi keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish koʻnikma va malakalarini tarkib toptirishni nazarda tutadi. Kurs ishining tuzilishi: mazkur kurs ishi 2 bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar majmuasidan iborat. I BOB. TARBIYA JARAYONIDA OʻQUVCHILARGA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SINGDIRISH 1.1. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati Iqtisodiy tarbiya boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy oʻzgarishlarni ustuvor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat’iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi muhtarama Birinchi Prezidentimiz I.Karimov. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda oʻz ehtiyojlarini toʻlaroq qondirishga boʻlgan izlanishlarda mehnatga yoʻnalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan. Oʻquvchilar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonuniyatlarini, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma’lumotlarni oʻzlashtirib olishini, ularda fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va boshqalar)ni rivojlantiradi va keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish koʻnikma va malakalarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.Shu sababli boshlang‘ich sinflardanoq matematika darslarida iqtisodiy tarbiya elementlarini oshirib borish lozim. Iqtisodiy tarbiya — oʻquvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus oʻylangan ish sistemasidir.Uni amalga oshirish jarayonida oʻquvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish toʻg‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xoʻjalik mexanizmi toʻg‘risida tushuncha va tasavvurlar majmuini oʻzlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil boʻladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta’minlaydi. Oʻquvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadiga bir qator vazifalarni hal etish natijasida erishish mumkin. Bu vazifalarning asosiylari quyidagilardan iborat: - oʻquvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish; - oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, - bolalarda oʻz ehtiyojlarini toʻlaroq qondirishga boʻlgan izlanishlarda mehnatga yoʻnalganlikni tarbiyalash; - kasb tanlashga ongli munosabatda boʻlish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xoʻjalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash; - oʻquvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish; - mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xoʻjasizlikka, isrofgarchilikka, beparvolikka murosasiz munosabatda boʻlish hissini tarbiyalash va hokazo. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson oʻz mablag‘ini toʻg‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Koʻrinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga oʻrgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e’tiborni qaratganlar. Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir boʻlmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xoʻrlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy boʻlmasada, oʻzini faqirlikdan saqlay oladi». Download 101.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling