Mundarija: kirish I bob. Tarbiya jarayonida oʻquvchilarga iqtisodiy tushunchalarni singdirish


Oila, mahalla bilan hamkorlik qilgan holda bolalarga iqtisodiy tarbiya berish


Download 101.75 Kb.
bet7/10
Sana18.11.2023
Hajmi101.75 Kb.
#1785800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-9 sinflarda Tarbiya fani

2.2. Oila, mahalla bilan hamkorlik qilgan holda bolalarga iqtisodiy tarbiya berish
Tarbiyani sotsial (ijtimoiy) ma’noda olib qaralganda butun tuzum va atrof muhitning insonga tarbiyaviy ta’siri tushuniladi. Bolaga iqtisodiy tarbiya oʻrgatish oiladan boshlanadi.Bola maktabga borgach bu borada puxta bilimlar oila boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino oʻz asarlarida shu hususda aloxida toʻxtaladi. «Oila a’zolari deb yozadi u, kunlik oziq-ovqatlar uchun etarli mahsulotlarni oldindan iqtisodiy tarbiyabilan sarf qiladi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni saqlash yullarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga iqtisodiy tarbiyabilan munosabatda boʻlish lozim. Ota-ona uvol qilish gunoxligini farzandiga yoshligidan nasixat yuli bilan oʻrgatadi».
Ibn Sino Oʻquvchilarni hayotga tayerlash uchun ularga hunar oʻrgatish kerak deb koʻrsatadi: «Inson hunarni puxta oʻrganishi shart. Chunki hunar unga kelajakda roʻzg‘or tebratishi uchun asqotadi. Oilada iqtisodiy tarbiyaoʻrgatishzamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. By shunday olib borilishi kerakki, bola oʻz mehnatining natijalarini koʻra bilsin. SHun- dagina bola oʻz imkoniyatidan toʻg‘ri yoki notoʻg‘ri foydalanayotganini anglaydi. Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka oʻrgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham oʻrganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik hususiyatlariga ega boʻladi»
Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, roʻzg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta’mirlash sohasida Oʻquvchilar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni Oʻquvchilarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ota-ona ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilishi, lozim boʻlsa, maslahat, koʻmak berishi, bolani ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaning samaradorligini oshirish koʻp jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarinnn bahamjihat kuch-g‘ayrat sarflashlariga va oʻkuvchilarga nisbatan koʻyiladigan talablari bir xil boʻlishiga bog‘liq. Bugun maktab partalarida oʻtirgan yoshlar shu asr oxiri va kelgusi asr boshlaridagi ulug‘vor vazifalarni hal qiladilar. Bas, shunday ekan, yoshlarda shaxsiy va ijtimoiy turmush masalalarini, shuningdek, Vatan mudofaasi, halqaro munosabatlar va tabiat injiq- liklari bilan bog‘liq ravishda tug‘iladigan muammolarni toʻg‘ri hal etishga yaroqli boʻlgan qobiliyatyai, jumladan, tejash va tejamli boʻlish kobiliyatini hozirdan boshlab astoydil shakllantirish va oʻstirish g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a’zolarini, jumladan, ota-onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka oʻrgatishdan iborat.Zotan pul ham shaxsni tarbiyalaydi.Uni mensimaslik ikki tomonlama xatolarni keltirib chiqaradi.Uning bir tomoni, bolada oilaning moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo boʻladi va u tekinxoʻrlikka oʻrganadi.Ikkinchi tomondan pulga hirs qoʻyish , ochkoʻzlik xudbinlik, xasislik kabi illatlarni keltirib chiqaradi.


Ma’lumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xoʻjalik ishlari bilan tanishtirib oilaning kirim va chiqim ishlarini ularga oʻrgatib kelishgan.Shu tarzda, bolada oilaning moddiy ahvoli haqida tasavvur hosil boʻlishiga e’tibor qaratilgan.
Hozirgi zamonda butun dunyoda koʻzga tashlanayotgan oziq-ovqat, ichimlik suvi, foydali qazilmalar va shu kabi zaxiralarning kamayib borayotganligi, shuningdek aholi soninig ortib ketayotganligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi tejamkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik kabi qadriyatlarning umuminsoniy, umubashariy ahamiyatini, zarurligini koʻrsatib bermoqda.
Demak, tejamkorlik ishbilarmonlikning bir koʻrinishi sifatida qadriyat hisoblanib kelingan va u ma’naviy- axloqiy mazmunga egadir. Bu tushunchani bola ongiga singdirib borish ota-onaning vazifasi boʻlib, buni bajarish faqat shaxsiy ish boʻlmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir.Chunki bola oʻzida tejamkorlik tuyg‘usini shakllantira borib , oʻz mehnatini qadriga yetadigan boʻladi. Buni anglab yetgan bola oʻzida , ota-onasi va jamiyat yaratgan boyliklarni qadriga yetish, ularni asrab- avaylash koʻnikmasi va malakasi paydo boʻla boshlaydi.
Ota-onalar bolalarining kelajagini oʻylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. Toʻg‘ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli ham shu mehnatdir.Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj boʻlavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga oʻrgatish , mehnatga koʻniktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yoʻl tutadilar .
Ma’lumki, har bir oilaning oʻz xoʻjaligi boʻladi va u oʻz xoʻjaligini sof , halol mehnati bilan quradi, bu xoʻjalik daromadi oila a’zolarining qandaydir doimiy foyda olib turishlari orqasidan emas, balki ish haqqining oshuvi va oila xarajatlaridan orttirib, tejab qolish tufayli koʻyadi.
Bizdagi oila xoʻjaligi roʻzg‘or uchun kerakli boʻlgan buyumlardan, ashyo va jihozlaridan iboratdir. Oila davlatmand boʻlsa, bu hol oila a’zolari yaxshi va baxtli hayot kechirayotganini, iste’mol buyumlari koʻproq kelayotganini, oʻz ehtiyojlarini koʻproq qanoatlantirayotganini bildiradi.
Har bir oila oʻz xoʻjaligini tuzatib olish yoʻli bilan turmushini yaxshilashga urinadi.Oilaning davlatmand boʻlishi koʻproq butun mamlakat erishayotgan muivaffaqiyatlarga, uning iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi yutuqlariga bog‘liq boʻladi.Oilada bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashga qanchalik koʻp e’tibor qaratilsa , ular xalqqa ham ota-onalariga ham oʻzlariga ham shuncha koʻp foyda yetkazadilar.
Har bir bola oilaning teng huquqli a’zosidir. Demak, u oila xoʻjaligining ishtirokchisidir.Shu bilan birga bolalalarimizni faqat oila xoʻjaligini yuritishga qobiliyatli kishilar qilib tarbiyalabgina qolmay, shuningdek butun jamiyat xoʻjaligini ham tejab-tergab yuritadigan sadoqatli fuqarolar qilib tarbiya qilmog‘imiz lozim.
Barcha ota-onalar bunday tarbiya maqsadlari toʻg‘risida oʻzlarida ravshan tushuncha hosil qilib, bu bilan oʻz tarbiya yoʻsinlarini doimiy ishga solib va tekshirib borishlari zarur.
Koʻpincha ota-onalar bolalarining hamma narsasi muhayyo boʻlishi, ya’ni yaxshi yeb-ichishi, yaxshi kiyinishi , katta boʻlganda uy-joyli boʻlishi haqida oʻylaydilar.Bularning hammasini farzandlariga cheksiz mehribonliklaridan va ularni behad sevganliklaridan qiladilar.Bolalarini deb oʻzlarining eng zarur ehtiyojlarini qondirishni ham chetga surib qoʻyadilar, lekin buni bola esiga ham keltirmaydi va hatto sekin-asta oʻzini hammadan ortiq, mening istagim ota-onam uchun qonun, deb oʻylashga odatlanadi.
Bu tarbiyaning notoʻg‘ri va zararli yoʻli boʻlib, bundan ota-onalarning oʻzlari koʻproq zahmat chekadilar.Bizningcha, ota-onalar oʻz farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.

1. Bola oʻz ota-onasining qayerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
Umuman, bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim.
2. Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim.U otasi va onasining qancha maosh olishini bilishi kerak. Bola ota yoki onasining nimaga muhtoj ekanligini, bu muhtojlikning qanchalik zarur ekanligini bilish zarur, u oilaning boshqa a’zolari ehtiyojini yaxshiroq qondirish uchun oʻzining ba’zi ehtiyojlaridan vaqtincha kechishga odatlanishi kerak.Oilaning umumiy ehtiyojiga doir masalalarni muhokama qilishga bolani koʻproq jalb qilish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti yaxshi boʻlsa, bolaning oʻz tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g‘ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslik kerak.Bola oilaning boyligidan oʻzgalar oldida gerdayishga hech qanday asos yoʻqligini tushunishi zarur.
4. Ota-onalar bolalarining halol, rostgoʻy va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.Ular hech narsani boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning koʻz oʻngida yotgan boʻlsa ham, soʻroqsiz olmaslikka oʻrgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning koʻz oʻngiga qoʻyib , uni ana shu narsalarga beparvolik bilan , suqlik qilmay qarashga oʻrgatish zarur.
5. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini toʻg‘ri tashkil etib, eskirib qolgan narsalarni yaxshilab ta’mir qilib , yangisini sotib oilish vaqtini choʻzish va shu yoʻl bilan ota-onalar yoki oila boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish bolani juda kichik yoshligidan boshlab tejamkorlikka oʻrgatiladi.Xoʻjaligini yaxshi yuritmoqchi boʻlgan kishi roʻzg‘orda qaysi narsaning eskira boshlaganini avvalroq payqashi, roʻzg‘or buyumlarining eskirib qolishiga yoʻl qoʻymasligi, ularni oʻz vaqtida tuzattirish, bozorda yoki doʻkonda tasodifan koʻrib qolgan narsani sotib olavermay, balki haqiqattan kerak boʻlgan narsani sotib olishi maqsadga muvofiqdir.Bolalarga ham shu odatni singdirib borish kerak.
6. Bola faqat oʻz xonadonidagi buyumlarnigina ehtiyot qilib qolmay, balki boshqa kishilarning buyumlarini, ayniqsa, koʻpchilik foydalanadigan buyumlarni ham ehtiyot qiladigan boʻlishi lozim.
7. Tejab-tergab ish koʻrish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak.Odat mashq qilish bilan hosil boʻladi. Bolada buyumlarni tejab tergab turish istagini doimo rag‘batlantirib turish kerak.
8. Pulni tejab-tergab sarflash ayniqsa muhimdir. Xarajatlar roʻyxati bolaning yoshiga va oilaning qurbiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Deylik 10 yoshar bola uchun taxminan quyidagicha roʻyxat tuzsa boʻladi: daftar, kitob sotib olish , yoʻl kira, butun oila uchun non, sut, yog‘, sovun sotib olish, uning oʻzi va ukasiga ruchka olish… bola katta boʻlgan sari, bunday xarajatlar roʻyxati ancha mas’uliyatliroq va murakkabroq boʻla borishi lozim.
Oilada ota-onalar oʻz farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar boʻlib yetishishlarida oʻzlari namuna boʻlishlari kerak.Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi.
Oila byudjeti oila a’zolarining oylik ish haqi hisobidan toʻplanib, daromad va xarajatlar yig‘indisidir. Xoʻsh tabiiy va maishiy ehtiyojiga sarflaganidan qolgan mablag‘ni nimaga sarflash kerak
Oilada bolalarning yoshligidanoq oilaning iqtisodiy masalalarni hal qilishga jalb etish, birinchidan, bolaning ota-ona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning oʻziga ishonchini kuchaytiradi, ikkinchidan , pul sarflash madaniyatiga, hisob-kitobga tejamkorlikka oʻrgatadi.
Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlikda toʻg‘ri yoʻl tutish uchun esa ota-onalarning oʻzlari Oʻquvchilariga oʻrnak boʻlishlari zarur. Binobarin, oilaning tejamkorlik va ehtiyotkorlik faoliyati tarbiya ishida muhim rol oʻynaydi.Iqtisodiy tarbiya oʻrgatish uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, sanoat shohobchalariga sayoxat oʻtkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g‘oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. Oʻquvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. Oʻquvchilarni qay darajada iqtisodiy tarbiya topganliklari oʻqituvchilar tomonidan koʻzatib borilishi kerak. Oʻquvchi yoshlarda iqtsodiy tarbiyani berishda oʻzaro yordam, hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni beqiyos hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim va tarbiya jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qoʻyish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog‘langan komponentlar yig‘indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir ta’limiy-tarbiyaviy jarayon keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, oʻquv-metodik majmua tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Majmuaning tarkibiga loyihaga qoʻshimcha mavzuga daxldor boʻlgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma’lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi.
Oʻzbek xalqi tomonidan yaratilgan ertaklarda barkamol shaxs qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan ma’naviy -axloqiy fazilatlarni tarbiyalash imkoniyati mavjud.Xalq ertaklari yordamida bolalarda yaxshilik va yomonlikka nisbatan munosabat qaror toptiriladi, ularda ijtimoiy faoliyat turlari - mehnatga, oʻqishga, hunarli boʻlishga qiziqish, rag‘bat uyg‘ontiriladi, inson mehnatining mahsuli boʻlgan - moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash koʻnikmalari shakllantiriladi.Oʻzbek xalq ertaklari vositasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yashovchi shaxsda tejamkorlik fazilatini muvaffaqiyatli tarbiyalash imkoni mavjud



Download 101.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling