Mundarija: Kirish i-bob. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rni va xavfsizlik texnikasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Rustamova Boljon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Tikuvchilik ustaxonalarida ish ornini tashkil qilish………………..6 1.2.Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari……………….9
- 2.2. Erkaklar shimini andazalarini ishlab chiqish……………………..16 2.3. Erkaklar shimini tikish texnologiyasi………………………………23 Xulosa……………………………………………………………………..41
- Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….42 Ilovalar…………………………………………………………………….43
1 Mundarija: Kirish……………………………………………………………………….2 I-bob.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rni va xavfsizlik texnikasi…….6 1.1.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o'rnini tashkil qilish………………..6 1.2.Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari……………….9 II-bob.Erkaklar shimi andozalari va tikish texnologiyasi……………..13 2.1. Erkaklar shimlari haqida umumiy ma’lumot……………………..13 2.2. Erkaklar shimini andazalarini ishlab chiqish……………………..16 2.3. Erkaklar shimini tikish texnologiyasi………………………………23 Xulosa……………………………………………………………………..41 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….42 Ilovalar…………………………………………………………………….43 2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi:Bugungi kunda jahon bozorida tabiiy mahsulotlarga bo‘lgan talab juda katta. Shu bois Respublikamizda mahalliy tabiiy xomashyolardan ishlab chiqarilgan tikuvchilik mahsulotlarini hajmini ko‘paytirish, kiyim strukturasini yanada takomollashtirish, sifatini yaxshilash, raqobatbardosh va xaridorgir 7 mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradоrligini оshirish bugungi kunda dolzarb vazifa xisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilg‘or texnоlоgiyalarni joriy etish, yangi majmua mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo‘llash, yangi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni atomatlashtirish hamda kichik korxonalar barpo qilish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va ishlab chiqarish jihatidan samarali bo‘lishi uchun unga loyihalash bisqichidayoq zamin yaratish lozim. Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari. (ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar) 3 Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bо‘lib ular uchun kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak. Bolalar kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni erkin nafas olishiga qulay bо‘lishi lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo о‘tkazuvchan bо‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol о‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya etiladi. Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bo’lishi kerak. Devor va mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan boTishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo‘yiladi. Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi. Asbob - uskunalar, jihozlar, ko‘rgazmali qo’llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka bo’lishi zarur. Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi: 1 . Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari. 2. Havfsizlik texnikasi qoidalari. 3. Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘z!ar. 4 4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina. Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda m ehnat ko'nikm alarini shakl la nt i rishga, m ehnatga to ‘g ‘ri m unosabatni va m ehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi. . mashinaiaming aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o ‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin. Havfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi: 1. Qo'l va mashina opeiasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak: — mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o ‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada bamioqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya g‘iloflari bor-yo‘qligini tekshiriladi va hokazo; — elektr simlariga ip, latta, simchalar osmasliklozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak; — narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas; — elektr dvigatelni o'chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi. — ish o'rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak; — ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim. 2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak. 5 — elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko'rilishi lozim; — dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas; -dazmolning tuzukligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo’lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek boladi); — ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak; — dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim; — dazmol, shtepsel rezetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak. Kerakli o’quv-jihoz, asbob-uskuna va ashyolar Tikuv mashinalari: yo’rmab tikish mashinasi, siniq baxyaqator tikib yurituvchi mashina, puxtalama yarimavtomati. texnologik xarita; tikuv mashinalarida ishlash uchun asboblarning 1 ta to’plami; gazlama 100x50 sm; W40; W60: iplardan 3 ta g’altak;ipak ip №33 1 ta g’altak; mashina ignalari; qaychi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling