Parhez stollari Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib,15 ta parhez stoliga bo’linadi: Parhez stol No 1


Download 16.83 Kb.
Sana17.03.2023
Hajmi16.83 Kb.
#1279549
Bog'liq
Parhez stollari


Parhez stollari
Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi.Ular parhez stollari bilan belgilanib,15 ta parhez stoliga bo’linadi:
Parhez stol No_1
Qaytalanuvchi me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi,qaytalanuvchi surunkali gastrit,o’tkir gastritning 1-2-kunida qo’llaniladi.
Shuningdek yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut,70-80 gramm yog’,qaynatilgan 2 dona tuxum,sutli manniy bo’tqa,meva sharbatlari,quritilgan oq non,tvorog,qaynatilgan go’sht va baliq.
Parhez stol No_2
Surunkali gipoatsid gastrit,surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: yog’siz go’sht,kotlet,baliq,tiftel,meva va sabzavotlar,oq non,pechenye ,sariyog’,tuxum, qatiq,limon.
Parhez stol No_3
Surunkali qabziyat (ich qotishi) da qo’llaniladi.
Ovqat tarkibi: Qora non,sariyog’,o’simlik yog’i,meva va sabzavotlar,yog’li va go’shtli ovqatlar,grechkali bo’tqa,kefir.
Parhez stol No_4
Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida qo’llaniladi.
Ovqat tarkibi:Quritilgan oq non,sariyog’,guruchli va manniy bo’tqa,go’shtli,baliqli va tovuq go’shtli ovqatlar,limon choy.
Parhez stol No_5
Jigar va o’t yo’llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Biroz qotgan oq yoki qora non,grechkali va sabzavotli bo’tqalar,sariyog’,tvorog,kefir,qaynatilgan go’sht,baliq,dimlangan kotlet ,quruq pechenye.
Parhez stol No_6
Podagra kasalligida qo’llaniladi.
Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non,grechkali va sabzavotli bo’tqa,sariyog’,qaynatilgan go’sht,baliq.
Parhez stol No_7
Nefrit,piyelonefrit,sistit,uretrit kasalliklarining o’tkir va surunkali,hamda sog’ayish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq,tuzsiz non qaynatilgan go’sht,baliq,sabzavot va mevalar,cheklangan miqdorda tuxum,sog’ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo’shib beriladi.
Parhez stol No_8
Semizlik kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar,yog’siz go’sht,sabzavot va mevalar.
Parhez stol No_9
Qandli diabet kasalligida qo’llaniladi.
Ovqat tarkibi: tuxum,pishloq,ko’katlar,shirin bo’lmagan mevalar.
Parhez stol No_10
Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Sut mahsulotlari,oq va qora non,qaynatilgan yog’siz go’shtli,baliqli sho’rvalar,sabzavot va mevalar.
Parhez stol No_11
Tuberkulyoz (Sil),kamqonlik va boshqa qon kasalliklarida buyuriladi.
Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali taomlar(tuxum,go’sht,baliq).Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko’paytiriladi.
Parhez stol No_12
Nerv tizimi kasalliklarida qo’llaniladi.
Ovqat tarkibi: Turli tuman mahsulotlar,lekin achchiq,sho’r,nordon mahsulotlar cheklanadi.Kofe berilmaydi.
Parhez stol No_13
O’tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Ko’p miqdorda suyuqliklar,mineral suv,sharbatlar,qaynatilgan sho’rva,tvorog,tuxum sarig’i.
Parhez stol No_14
Siydik- tosh kasalligida buyuriladi.
Ovqat tarkibi: A)siydikda fosfor cho’kmasi bo’lganda un va go’shtli mahsulotlar miqdori cheklanib,ko’proq loviya va no’hat mahsulotlari buyuriladi.B)siydikda oksalat cho’kmalari bo’lganda bemorga loviya va no’hat mahsulotlari berilmaydi chunki bularning tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma,nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo’lgan mahsulotlar beriladi.
Parhez stol No_15
Sog’lom va kasallikdan sog’aygan bemorlar uchun tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: turli tuman mahsulotlar.
Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling