Mundarija: Kirish І bob
Neft ishlab chiqarishning rivojlanishiga oid ma’lumotlar
Download 424.5 Kb.
|
диплом иши
Neft ishlab chiqarishning rivojlanishiga oid ma’lumotlar
Eramizdan 6—4 ming yil oldin neft va gaz odamlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun ishlatilganligi turli manbalarda keltirilgan. O‘sha davrlarda neft va gazlar yer yuzasiga siqilib chiqib turgan. Bunday neftlardan yoritish vositasi sifatida foydalanilgan. Yer yuzasidagi yonib turuvchi gaz mash’alalari (fakel) «ilohiy» hisoblanib, gaz chiqib turgan joylarga monastirlar qurilgan. Monastirlarga uzoq mamlakatlardan odamlar kelishib, ibodat qilganlar. Yonib turuvchi gaz mash’alalari Xitoy, Yava oroli, Eron, Buxoro va Ozarbayjon hududida kuzatilgan. Katta ko‘rinishdagi gaz mash’alalaridan okean va dengizlarda suzib yurgan suv transportlari uchun mayoq yoki mo‘ljal sifatida foydalanilgan. Asrlar o‘tishi bilan neftni ishlatilish joylari kengayib bordi. Iste’molchilar ta’minotini qoplash uchun birinchi davrlarda chuqurligi 2–3 metrli o‘ralar, keyinchalik esa quduqlar (chuqurligi 10–20 m) qazilgan. O‘ra va quduqlarga yig‘ilgan neftlar kerakli maqsadlar uchun ishlatilgan. Neft tarkibining o‘ziga xos xossalari va ishlatish joylarining aniqlanishi ko‘p miqdordagi neftni qazib olish va uni qayta ishlash kabi muammolarni yuzaga keltirgan. Bunday muammolar XVIII—XIX asrlarga kelib o‘z yechimini topa boshladi, ya’ni neftni sanoat miqyosida olish va qayta ishlash qurilmalarini qurish boshlandi. XIX asr oxirlariga kelib, dunyo bo‘yicha qazib olinayotgan neftning o‘rtacha yillik miqdori 20 mln tonnani tashkil qildi. 1950- yillarda uning yillik ishlab chiqarish miqdori 500 mln tonnaga yetkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2000- yili dunyo bo‘yicha qazib olingan neftning o‘rtacha miqdori 3,5 mlrd tonnani tashkil etadi. Uning tasdiqlangan zaxirasi (1998- yil) 146 mlrd tonnaga teng. Sobiq ittifoq davrida neftni sanoat miqyosida ishlab chiqarish miqdori quyidagicha rivojlangan (mln t da):
Download 424.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling