Mundarija: kirish I. Bob


O’zbekiston Respublikasi bank tizimi


Download 413.5 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi413.5 Kb.
#1586661
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pulga talab

2.2 O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p, ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2016 yil 1-yanvar holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o’z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;

  • pul bilan bo’ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to’lash ishlarini bajaradi;

  • chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;

  • o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga

(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi; - o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; - biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy bo’linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari, gorizontal-turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.
O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi2.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimini yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga qaratildi.

  1. yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Shu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda.

  2. yil. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi.

Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz.

TAHLIL


2021 yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilgan.
2021 yil yanvar-aprel oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 149,3 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2020 yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizga oshdi.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 73,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi. Bu birinchi navbatda bank tizimi orqali pul aylanmasining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu banklarning naqd pul operatsiyalardagi rolining oshishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda pul massasi tuzilmasida naqd pul hajmi 23,2 foizdan 28,4 foiz atrofidagi tashkil etgan. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, muomaladagi umumiy naqd pul hajmi674 mlrd so‘mga oshib, 24,9 trln so‘mni (umumiy pul massasining 23,2 foizi va YAIMning 4 foizi) tashkil etdi. Avgust oyida 30,9 trln so‘mlik cho‘qqisiga chiqqanidan so‘ng (fevral-avgustda 4,7 trln so‘mga oshdi), muomaladagi naqd pul hajmi yil oxiriga kelib o‘zining uzoq muddatli darajasiga tushdi. Ya’ni bunda pullarning vaqtinchalik ko‘payishi, birinchi navbatda, pandemiya munosabati bilan mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari bilan bog‘liq edi, shundan so‘ng jismoniy shaxslar o‘zlarining dastlabki ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z mablag‘larini bank kartalaridan faol ravishda olib chiqa boshladilar. Bundan tashqari, Markaziy bankning ta’kidlashicha, bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini yechib olish hech qanday tarzda pul muomalasining umumiy hajmiga ta’sir qilmaydi, chunki pul muomalasi depozitlar va muomaladagi naqd pullardan iborat. Bank kartalaridan pul yechib olinganda faqat pul massasining tuzilishi o‘zgaradi, ya’ni muomalaga chiqarilgan naqd pul miqdori ko‘payadi, aksincha depozitlar hajmi kamayadi. Joriy yildan boshlab muomaladagi naqd pullar hajmida kamayish kuzatilmoqda. 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pul hajmi 23,5 trln so‘mni yoki umumiy pul massasining 22 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, to‘rt oy ichida milliy valyutadagi depozitlar hajmi 44 trlndan 48 trln so‘mgacha oshdi.

Shuningdek 2022-yilda ham biz naqd pullar miqdori kamayganini ko’rishimiz mumkin:
Muomalaga chiqarilgan naqd pullar may oyida 3,7 trln so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich 3,6 trln so‘m bo‘lgan edi. Iyul oyida naqd pul miqdori ko‘payishi sekinlashdi va 1,9 trln so‘mga o‘sdi. Avgust oyida esa fevral oyidan beri ilk bor bu ko‘rsatkich kamaydi — 79 mlrd so‘mga. Sentabr oyida muomaladagi naqd pullar 1,4 trln so‘mga ko‘payib, 43,786 trln so‘mga yetgandi. Oktabrda bu ko‘rsatkich 8 mlrd so‘mga kamaydi. May oyida keng ma’nodagi pul massasi rekord darajada ko‘payib, (+13,3 trln so‘m) 158,5 trln so‘m bo‘lgan edi. Iyunda esa bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Iyulda 159,1 trln so‘mga yetdi. Avgust oyida keng ma’nodagi pul massasi 9 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, sentabrda o‘sish 8 trln so‘mni tashkil qilgan. Oktabr oyida keng ma’nodagi pul massasi ham kamaydi — 2,9 trln so‘mga. Shuningdek, o‘tgan oyda milliy valyutadagi jami pul massasi 679 mlrd so‘mga oshib, 124,7 trln so‘mga yetgan.


XULOSA
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi.
Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish;
mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish;



Download 413.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling