Mundarija: Kirish I bob. Xiva xonligining manbalarda yoritilishi


Download 146.5 Kb.
bet2/7
Sana26.02.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1232978
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHAJARAI XORAZMSHOHIY

Mavzuning maqsad va vazifasi Ushbu Kurs ishining asosiy maqsadi – Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 20 – 30 yillari davri tarixi tarixshunosligida xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli masalalarining qay darajada yoritilganini ko‘rsatib berish, muammo bilan bog‘liq yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tadqiqotlardagi tarixiy ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilib, ilmiy jihatdan umumlashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi: Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-30 yillarida siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining mahalliy va xorijiy olimlarlar asarlarida yoritilishini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish; – Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-30 yillari davri tarixining sovet tarixshunosligidagi talqinini o‘rganish, asosiy nazariya va yondashuvlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish.
Mavzuning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyektini Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20 -30 yillari davri tarixi, tadqiqotning predmetini XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillarida xonlik tarixining o‘rganilish darajasi tashkil qiladi. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi. Xorazmning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha,shu jumladan, XVI-XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva, shahrining 2500 yilligi yubileyi munosabati bilan chop etilgan «Xiva ming gumbaz shahri» kitobi ham tarixiy faktlarga juda boy asardir (1997-yil). Siz bu asar bilan tanishish imkoniga egasiz. Erinmay uni bir varaqlab chiqsangiz ayni muddao bo’lur edi.1962- yilda Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelingan va O’zbekiston markaziy davlat arxivida saqlanmoqda.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling