Mundarija: Kirish I bob. Xiva xonligining manbalarda yoritilishi
Download 146.5 Kb.
|
SHAJARAI XORAZMSHOHIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Muhammad Yusuf Bayoniyning hayoti va ijod yo’li …………………………………………………..……….……22
Mundarija: Kirish …………………………………………………………..2 I bob. Xiva xonligining manbalarda yoritilishi ……………..5 1.1 Xiva xonligining XVIII-XIX asr manbalarida yoritilishi ….5 1.2 Xorazm tarixnavislik maktabi asoschisi ……………..…..14 II bob. Muhammad Yusuf Bayoniyning hayoti va ijod yo’li …………………………………………………..……….……22 2.1 Muhammad Yusuf Bayoniyning hayoti haqida …….…….22 2.2. Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” tarixiy asari …….27 Xulosa ……………………………………………..…………32 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………….35 Kirish Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi tarixi muammosining maqsadli rivojlanishiga imkon yaratdi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib, unda “ilmiy nuqtai nazarga tayangan davlatchilik tarixini yaratish” asosiy maqsad sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida4 Xorazmning shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi ilgari surilgan.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida Xorazm vohasining XIX asr ikkinchi yarmi-XX asrning 20-30 yillari davri tarixshunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zero, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari davri tarixi keng o‘rganilgan bo`lsa-da, lekin sovet davri tarixshunosligida turlicha qarashlar mavjud bo`lgan. XIX asr boshida ushbu sulola vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin jamiyatda mavjud bo‘lgan nisbatan barqarorlik va osoyishtalik jarayoni xonlikning taraqqiy qilishiga asos bo‘ldi. Bu davrda Xorazm tarixnavislik maktabi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan ko‘plab elchilar, savdogarlar,harbiylarning xonlikka yuborilishi natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida keng ma'lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Xiva xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv ma'lumotlarini tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan.Ammo, sovet tarixshunosligida Xiva xonligining davlatchilik tarixi alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy respublikalarning davlatchiligi ko‘pincha yo‘l-yo‘lakay, u yoki bu davlatning mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling