Mundarija kirish I bob yadro va elementar zarralar Yadroni modellar orqali tasavvur qilish zarurligi. I bob


Download 129.67 Kb.
bet8/9
Sana21.10.2023
Hajmi129.67 Kb.
#1714658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yadro modellari kurs ishi

YAdroning umumlashgan modeli. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladigan o‘rtacha sferik simmetrik potensial aloxida nuklonlarning harakati va o‘zaro ta’siriga qarab o‘zgarishi mumkin. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri esa to‘lgan qobiqdan tashkarida joylashgan tashki nuklonlarning miqdoriga bog’liq. Tashki nuklonlar soni katta bo’lmaganda yadro potensiali va shakli sferik simmetrikligicha koladi. Bu holda yadroning uygongan holatlari bir zarrali satxlardan va yadrodagi tebranishlar natijasida hosil bo’lgan energetik satxlardan iborat bo’ladi. Tashki nuklonlarning soni ortishi bilan nuklonlar harakatining yadro potensialiga ta’siri ortadi. YAdro sferik shaklining turg’unligi kamayadi. Nixoyat, tashki nuklonlar soni etarlicha katta bo’lganda yadroning sferik simmetrik shakli turg’un bo’lmay koladi, yadro deformatsiyalanadi. Bunday deformatsiyalangan yadro ma’lum bir o‘k atrofida aylanishi mumkin va o’nda aylanish energetik satxlari hosil bo’ladi. Tebranish energetik satxlari pasayadi va bir zarrali satxlar harakteri ham o‘zgaradi. Tashki nuklonlar soni yanada ortishi bilan Ularning kollektiv harakati ta’siri ortib, to‘la qobiqlardan tashkil topgan yadro o‘zagi ham deformatsiyalanishi mumkin.


Yadro sirti aylanuvchi ellipsoid shakliga ega bo’lgan hollar uchun Nilђson eneriya satxlarini nisbiy joylashishida ko’tilishi mumkin bo’lgan o‘zgarishlarni qobiq modeli asosida hisoblab chiqdi. Sferik simmetrik potensialdan nosferik potensialga o‘tganda l va j kvant sonli harakatning doimiyligi saqlanmaydi . mj – momentning yadroni simmetriya o’qiga proeksiyasining har bir qiymatiga mos satxlar har xil energiyaga ega bo’ladi, mj-ga nisbatan aynishlik bartaraf qilinadi. Lekin simmetriya o‘qining har ikkala yo‘nalishi ham teng xo’ko’kli bo’lganidan mj ning ishorasiga nisbatan aynishlik saqlanadi. Deformatsiya ta’sirida har bir satx satxga ajralgan va bunda mj ning har bir qiymatiga aloxida satx to‘gri keladi. Ajralish kattaligi yadroning deformatsiya parametri ga bog’liq bo’ladi.
Nosferik aksial simmetriyali maydonda hosil bo’lo’vchi bir zarra-li holatlarni Nilђson hisoblagan. O’ biror yo‘nalishga nisbatan simmetriyaga ega bo’lgan ossillyator potensialidan foydalandi va kuchli spin orbital ta’sirni hisobga oldi.
bunda,

doimiylar, deformatsiya parametri.
Nilson modeli asosida hisoblangan energiya satxlari diagrammasi 4- rasmda keltirilgan.
Potensial sferik simmetriyaga ega bo’lganda ( =0) P3/2- holatda 4ta nuklon joylashadi, Ya’ni 4-holat energiyasi bir xildir. bo’lganda bu satx ikki satxga ajraladi, CHunki j=3/2 da uning proeksiyasi , bo’lishi lozim. Holatlar juftligi manfiy, CHunki l=1. Holatlar ketma-ketligi  ning turli ishorasida har xil. >0 bo’lgan holda oldin ½-[olat spin yo‘nalishi turli bo’lgan ikki nuklon bilan to‘ldiriladi, so‘ng 3/2-holat to‘ldiriladi. <0 da esa holatlar ketma ketligi o‘zgaradi. d5/2 satx ham j proeksiya qiymatlari 1/2, 3/2, 5/2 ga teng bo’lgan o’chta satxga ajraladi. l=2 bo’lgani uchun bu holatlar juftligi musbatdir. >0 da satxlar jz ning qiymati ortishiga mos keluvchi ketma-ketlikda joylanadi. <0 da esa oldin , so’ng va satxlar to‘ldiriladi. Har bir satxgacha 2 tadan nuklon joylashtirsa bo’ladi. Shunday qilib, yadro deformatsiyasi satxlar xilma – xilligini (turlanishini) yo‘qotadi.
Nilson sxemasi deformatsiyalangan yadrolarning spinini yaxshi tushuntiradi. Masalan yadroning asosiy holat spini qobiq modeliga ko‘ra S=d5/2 bo’lishi kerak, Nilson sxemasiga ko‘ra holatlar ajraladi. Kichik deformatsiyaga ega bo’lganligi uchun spini bo’ladi.

XULOSA


  1. Elementar zarrachaning oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlarida tugʻilish va yoʻqolish (yutilish) xususiyati ularning eng muhim xossasidir.

  2. Yadroning xususiyatlarini hisoblash mumkin bo’lishi uchun model etarlicha sodda bo’lishi va real yadrolarning xususiyatlarni xech bo’lmaganda taxminan aks ettirishi lozim.

  3. Har qanday model yadro hususiyatlarini to’la aks ettira olmaydi.Shuning uchun har bir modelning qo’llanish chegarasi mavjud.

  4. Tomchi modeli yadroning kollektiv harakatini tushuntiradi.

  5. Istalgan yadroning massasi va bog’lanish energiya spini yarimemperik formulasini chiqarishda tomchi model juda foydali bo’ldi.

  6. Yadroda tortuvchi markaz bo’lmasada, nuklonlarning o’zaro tortishishi natijasida ular sistеmaning inеrtsiya markazi atrofida to’plangan bo’ladi. Bunda yadroning siqilishiga nuklonlarning yaqin masofalarda o’zaro itarilish ta'sirlari qarshilik qiladi.

  7. Shunday qilib Fermi-gaz modelida asosiy holatda yadroning nuklonlari noldan boshlab Fermi energiyasigacha bo’lgan barcha energiya satxlarini egallaydi.

  8. Tajribalarda yadroning eng pastki qo’zg’algan holati energiyaning massa soniga davriy bog’liqligi aniqlandi.

  9. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladigan o‘rtacha sferik simmetrik potensial aloxida nuklonlarning harakati va o‘zaro ta’siriga qarab o‘zgarishi mumkin. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri esa to‘lgan qobiqdan tashkarida joylashgan tashki nuklonlarning miqdoriga bog’liq.

  10. Tashki nuklonlarning soni ortishi bilan nuklonlar harakatining yadro potensialiga ta’siri ortadi.



Download 129.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling