Mundarija: kirish i-bob. Yangi davrda jismoniy tarbiya


Download 196 Kb.
bet1/16
Sana21.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1368535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya kurs ishi




MUNDARIJA:


KIRISH ……………………………………………………………………………3
I-BOB. YANGI DAVRDA JISMONIY TARBIYA…………………………….5
1.1 Jon Lokk, Jon Jak Russo, Iogann Pestalotsi, Jorj Demeni va boshqalarning jismoniy tarbiyasi………………………………………………………………5
1.2 Gimnastika tizimlari……………………………………………………….8
1.3 Sport - o’yin tizimlari……………………………………………………..11
1.4 Jismoniy madaniyatda rekreasion harakatlar……………………………..14
II-BOB. YANGI DAVRDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI………………………………………….19
2.1 G'arbiy Evropa va AQSHda gimnastika va sport o’yinlari tizimlarining rivojlanishi........................................................................................................22
2.2 Birinchi jahon urushi arafasi yillarida jismoniy tarbiya va sport………...22
2.3 Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi……………29
XULOSA…………………………………………………………………………33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston mustaqilligi sharoitida sobiq Ittifoq davrida nashr etilgan o'quv qo'llanmalar va turli manbalarni o'iganishda xolisona va tanqidiy yondashishni taqozo etmoqda. Milliy xususiyatlarimizni kamsitish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishini ta'minlashda bir tomonlama yondashganlik hodisalari tanqidiy ravishda ifoda etilmagan. Sobiq ittifoq davrida Turkiston o'lkasidagi tarixiy voqeliklar ataylab buzib ko'rsatildi. Chunki chor Rossiyasining bu o'lkaga turli bahonalar bilan kirib kelishining asosiy sababi bosqinchilik edi. Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning II yarmiga to’g’ri keladi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, XVI asrdan – XIX asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyo hududi uchta xonlikka bo’lingan edi: Buhoro amirligi, Hiva va Qo’qon xonliklari.
O’rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy tarbiyaga salbiy ta’sir o’tkazib keldi. Xristian dini ta’lim va tarbiya sohasida o’zining hukmronligini ustun qo’ydi. Bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta’limot olg’a surildi. Dinning ta’siri natijasida maktablar va universitetlarda jismoniy tarbiyaga e’tibor berilmadi. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida risarlik katolisizmini keng tarqatdi. Salb (xoch) yurishlaridagi risarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, shu sababdan ularni tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi hamda risarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil etildi. Bunda, asosan, harbiy ishning amaliy xususiyatiga tayanildi.
Risarlarni tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov suzish, kamondan o’q otish, shaxmat o’yini, she’r aytish kabilardan foydalaniladi. 7-14 yoshdagi bo’lajak risarlar obro’li feodal ayollar tarbiyasini olgan. Bolalar orasidan tanlab olingan 14 yoshga tulganlar qurollarni ishlatish bo’yicha tayyorlanardi. 21 yoshda esa ular bevosita risarlikka jalb qilingan. Ular har qanday xizmatni bajarishga tayyor bo’lishi uchun kuch va chidamlilikka erishish yo’lida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganlar. Bunda o’yinlar va sport muhim o’rin tutgan. O’yinlar, harakatlar harbiy xususiyatga ega bo’lgan. Sport o’yinlari ichida fransuzcha «Je de pom» (tennisga o’xshash), inglizcha «so’l» (futbolga o’xshash), gollandcha «Gold» o’yinlari ko’proq qo’llanilgan. Harbiy tayyorgarlik mashqlarida shahar devorlariga hujum, qasr va qurg’onlarni o’rab olib, qamal qilish mazmun topgan. Buning uchun sun’iy joylar tayyorlangan. Sport turlari orasida qilichbozlik, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish, bosqon irg’itish, uzunlikka sakrash, kamondan o’q otish, suzish kabi mashg’ulotlarga keng o’rin berilgan1.
Nayzabozlikni o’rgatishda shu sohadagi mutaxassis o’qituvchilar feyxmestrlarni taklif etishgan. Boshqa turlarda ham bu usullar qo’llanilgan. Risarlarning ko’ngil ochish mashqlari asosan ov qilish, ya’ni burgut (lochin) yoki it bilan o’ljani tutish otda va piyoda yurib hayvon ovlashdan iborat edi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling