Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja
Download 286.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
MAVZU: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja: 1. Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining axamiyati. 2. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalariga tavsif. 3. Jismoniy madaniyatning umumiy funksiyalariga tavsif. Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining axamiyati. Halq ommasi jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkoridir. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan ko‘pchilik jismoniy mashqlarning halqchilik xususiyati buning yorqin dalilidir. Hozirgi zamon sport turlari va o‘yinlarining ko‘pchiligi masalan; kurash, boks, og‘ir atletika, qilichbozlik, kabilarning asosi qadim zamonlarda halq tomonidan yaratildi, bir necha avoldlar ularni ehtiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek shaxs ijtimoiy xayotning mas’uli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muxit ta’sirida rivojlanadi. Yozma yodgorliklar, halq dostonlari, epos va jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotida jismoniy tarbiya tarixini manbai bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy tarixiy jarayoning mazmuni va asosini kishining jismoniy va intellektual qobiliyatlari uning axloqiy va badiiy estetik sifatlarini rivojlanishi tashkil etadi. Madaniyat masalalari mustaqil O‘zbekistonda eng muxim va dolzarb soxalardan biridir. Bu ishlab chiqarish madaniyati, muomala madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati, jismoniy madaniyati, sport bularning xammasi katta diqqati izchil e’tiborni talab qiladi. Jismoniy madaniyatning ahamiyatini, o‘rnini va ijtimoiy hodisalar tizimidagi joyini chuqurroq tafakkur qilish uchun uning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Busiz jismoniy madaniyatning qonunlarini va uni rivojlanishini boshqarish mumkin emas. Jismoniy madaniyatning funksiyalari va shakllarini bajaradigan ishining tahlili bilan hozirgi vaqtda nazariyachilar, tarixchilar, sotsiologlar, tashkilotchilar va boshqa mutaxassislarning qiziqishi bejiz emas. Jismoniy madaniyatni funksiyalari o‘z-o‘zidan to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini aktiv faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo‘naltirilgan xolda ishlatiladi. Jismoniy madaniyat funksiyalarida uni faoliyat mazmuni, shu bilan birga xar bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun axamiyati oshib boriladi. Jismoniy madaniyatni funksiyalari, xar qanday funksiyalar singari malum shakllar bilan amaliyotda ko‘rinishi bo‘yicha ajratib bo‘lmaydi. Download 286.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling