Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja


Download 286.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi286.53 Kb.
#1751941
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Nazariy material

«Shakllari» tushunchasi bu yerda, jismoniy madaniyat tuzilishi jixatidan turi, 
ko‘rinishi va xar xil turligi bilan farqlanishi tushuniladi. 
«Turlari» deb jismoniy madaniyatni elementlarga nisbatan katta birikmasini 
uni tuzilishi bo‘yicha funksiyalari bilan bog‘langanligiga aytiladi. Har xil turliligi 
deb katta bo‘lmagan shakllarni, xar xil turlarda bo‘lishi tushuniladi. Masalan 
jismoniy madaniyatni ko‘rinishi deb ishlab chiqarish jismoniy madaniyatni olsak, 
uni xar xil turliligi ishlab chiqarish gimnastikasi kirish gimnastikasi tushuniladi. 
Jismoniy madaniyat xaqiqiy funksiyalarini taxlil qilishni quyidagi 


metodologik xolatlar ko‘rsatadi: 
1) Jismoniy madaniyatni u yoki bu funksiyasini ko‘rinish belgisi bo‘lib oxirgi 
xisobda uning o‘ziga xos ob’ektiv xususiyatlari xisoblanadi. Masalan jismoniy 
madaniyatga, ruxiy madaniyatni xamma funksiyalarni ob’ektiv ravishda boshqa 
olmaydi. 
2) Jismoniy madaniyatni maxsus funksiyalari, madaniyatni boshqa turlariga 
ta’luqli bo‘lmagan, aloxida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalardir. Jamiyatda 
jismoniy madaniyat vositasini ishlatish bilan erishganlarni xammasini maxsus 
funksiyalar deb atab bo‘lmaydi. Masalan kishilarni birlashib jismoniy madaniyatda 
faoliyat qilishi yoki jismoniy madaniyat xarakatini xalqlar o‘rtasidagi qiziqishga
faqatgina jismoniy madaniyatini o‘ziga xos ichki kuchi emas, balki umum ijtimoiy 
munosabatlarni natijasi bo‘lib, jamiyatda shuncha javobgar tashkilotlarni 
yo‘naltirilganligidir. Jismoniy madaniyatni umumiy va maxsus funksiyalari, 
madaniyatni bir tomonini farqlaydi. Umumiy funksiyalari jismoniy madaniyatni 
jamiyatni boshqa xodisalar bilan birlashtiradigan funksional bog‘liqqa asoslanadi.
3) Jismoniy madaniyatni funksiyalarini uni shakllari bilan ajralmagan 
bog‘liqlikda deb qarash kerak. Funksiya bilan shakl umum ilmiy metodologiya 
ko‘rsatma bo‘yicha bir-biridan ajralgan xolda, balki bir-birini to‘ldiradi. Shuning 
uchun jismoniy madaniyat funksiyalarini ajratish,bir tuzumga tushurishda asosiy 
shakllariga, turlariga va ko‘rinishlariga bog‘lanmasdan rejalashtirish, tuzish 
mumkin emas. 
4) Jismoniy madaniyat funksiyalarini bir butunlikda qaralganda, jismoniy 
madaniyatning ijtimoiy tizimni organik qismi bo‘lib, ijtimoiy borliqni boshqa 
tomonlari bilan bog‘liqdir. Jismoniy madaniyatni tuzilishiga insonllarni xayot 
kechirishi turmush tarzi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
5)Jismoniy madaniyatni xar xil shakllarini xususiyati ishlatish doirasiga 
qarab, ijtimoiy soxani u yoki bu xususiyatini ochib beradi. Masalan,ishlab 
chiqarish soxasiga kiritilgan jismoniy madaniyat, har kungi turmush xayotga 
kiritilgan jismoniy madaniyatdan farq qiladi. Jismoniy madaniyat soxasidagi 
madaniyatning funksiyasi tajribada xamma vaqt yangi usullar yaratilishi
kishilarning psixologiyasiga ta’sir qilishida xam ko‘rinadi. Jismoniy madaniyatni 
rivojlanishi va malum darajadagi vazifani bajarishi, jamiyatdagi xayot sharoitida 
belgilangan xarakterda ishlatilishiga qarab, uni aniq baxosi va roli bilan bog‘liqdir.
6) Jismoniy madaniyat tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatda asosiy xayot 
sharoitini o‘zgarishiga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Jismoniy madaniyatni funksiya va 
shakllariga xarakterestika berishda, uni ko‘rinishlarida nisbatan mustaqilligini, xar 
qaysi jamiyat informatsiyasi sharoitida qabul qilinganligiga qarash kerak. 
Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o‘ziga tegishli ob’ektiv 
xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir 
ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi 
tushuniladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyatning funksiyalari o‘z-o‘zidan 
to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini faol faoliyati orqali madaniy 
boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatilishi tushuniladi. Inson biror sport turi bilan 
shug‘ullanayotganda o‘zining shunga bo‘lgan talabini qondiradi, shu bilan birga 
shu sport turi bilan shug‘ullanayotgan boshqa insonlar bilan o‘zaro muomalada 


bo‘ladi. 
Jismoniy madaniyatning funksiyalarida uning faoliyat mazmuni, shu bilan 
birga har bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati ochib beriladi. 

Download 286.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling