Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja
Jismoniy madaniyatning umumiy va maxsus funksiyalari mavjud
Download 286.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
Jismoniy madaniyatning umumiy va maxsus funksiyalari mavjud.
Maxsus funksiyalari. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari deganda, madaniyatning boshqa turlariga taalluqli bo‘lmagan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar tushuniladi. Bular uni ko‘rinishlari va har xil turlarini xususiyatiga qarab bo‘linadi. Umuman jismoniy madaniyatga xos bo‘lgan hamma yoki ko‘pgina turlarini birlashishi sharoitida amalga oshiriladigan funksiyalarni hamda ayrim bo‘limlarga, ko‘rinish va har xil turlariga taalluqli o‘ziga xos funksiyalarni ajratish mumkin. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari umuman uni o‘ziga xos xususiyatlari, kishini harakat faolligini tibbiy talabini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, shu asosda organizmni jismoniy holati va rivojlanishini, sog‘liqni mustahkamlash qonuniyatlariga binoan optimal darajaga keltirish va hayotda kerak bo‘ladigan jismoniy ish qobiliyatini ta’minlashdan iboratdir. Jamiyat tomonidan tuzilgan ma’lum sotsial sharoitda, jismoniy madaniyatning asosiy maxsus funksiyalarini maqsadga muvofiq ravishda jismoniy kamolotga erishish omili sifatida ishlatilishi shaxsni har tomonlama garmonik rivojlanishiga olib keladi. Inson organizmining yashashi, me’yorda ishlashi va rivojlanishi uchun harakat faolligi bo‘lishi va unga kerakli sharoitlar yaratilishi shart. Agarda harakat faolligi olib tashlansa, yoki minimum miqdorgacha pasaytirilsa, kishi organizmi yomon oqibatlarga tushib qoladi. Buyuk donishmand Aristotel bejizga “Inson organizmini hech narsa uzoq vaqt jismoniy harakatsizlikdek darmonni quritishi va yemirishi mumkin emas” demagan. Bizning davrimizda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish kishini harakat faoliyatining asosiy sohasini harakat faolligi hajmini kamaytirib, asr kasali gipodinamiyani yaratdi. Jismoniy madaniyatni har kungi turmushga muntazam ravishda singdirish ishlab chiqarish gipodinamiyasining yomon ta’sirini yo‘qotadi, jismoniy sifatlarni rivojlantirib, insonni har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltiriladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalarini ajratamiz: Download 286.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling