Pomidor- xosil mo‘l


Download 278.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi278.21 Kb.
#1352000
  1   2   3   4


JOURNAL OF ADVANCED 
RESEARCH AND STABILITY (JARS)


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 
ISSN: XXXX
Pomidor- xosil mo‘l
Zokirov Zohidjon Zafarjon O’g’li
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar 
institute magistri 
Аннотация. 
 
ushbu maqolada pomidor o‘simligining oziq
sanoatidagi dolzarbligi va issiqxonada yetishtirishda ekilgan 
pomidor navlarini ekish sxemalari va sug’orish muddatlari
hosildorlikka ta’siri yoritib berilgan.
Калит
 
сўзлар
:
pomidor, nav, duragay, Torri F1, Lesli F1, 
Lamiya F1 
Volume: 01 Issue: 03 | 2021 
ISSN: XXXX-XXXX
10 
xosil mo‘l
 
Zokirov Zohidjon Zafarjon O’g’li
 
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar 
ushbu maqolada pomidor o‘simligining oziq-ovqat 
sanoatidagi dolzarbligi va issiqxonada yetishtirishda ekilgan 
pomidor navlarini ekish sxemalari va sug’orish muddatlarini 
hosildorlikka ta’siri yoritib berilgan. 
pomidor, nav, duragay, Torri F1, Lesli F1, 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 03 | 2021 
ISSN: XXXX-XXXX
11 
 
Sabzavotlarni inson hayotidagi ozuqalik ahamiyati barchaga ma’lum. Sabzavotlar kishi organizmi 
uchun zarur turli biologik faol moddalar bilan ta’minlovchi eng oson manba hisoblanadi. Shu bois 
oxirgi besh yilda mamlakatimizda sabzavot ekinlari maydoning yildan-yilga kengaytirish, 
sabzavotlarning kunlik iste’mol ehtiyojini ta’minlovchi sog’lom ovqatlanishni to’g’ri tashkil etishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dunyo bo’yicha hozirgi kunda pomidor ekilgan maydonlar 5.0 mln ga dan oshdi, uning hosildorligi 
ochiq maydonda 70-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga 
yetmoqda. FAO tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, dunyo bo’yicha issiqxonalar maydoni Ispaniyada 
– 52 ming, Yaponiyada – 42 ming, Xitoyda – 1500 ming, Turtsiyada – 35 ming, Italiyada – 20 ming, 
Nideolandiyada – 10 ming, Marokko 10 ming, Frantsiyada – 8,5 ming, Polshada 6,3 ming, 
Germaniyada – 3,7 ming, Meksikada – 15 ming, Rossiyada 3,1 ming, Ukrainada 8,0 ming, 
Qozog’istonda 2899, Tojikistonda 72,75 va O’zbekistonda 8,3 ming gektarni tashkil etgan. 
O’zbekiston Respublikasi 2018-2030 yillarda issiqxonalarning rivojlanish istiqbollari xaqida OOO 
“ZAMONAVIY ISSIQXONA” tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, respublikamizda 2030 yilga borib 
65-70 ming gektarli zamonaviy issiqxona komplekslari faoliyat ko’rsatadi. 2018-2030 yillarda har yili 
o’rtacha 42-30,8 gektar va hammasi bo’lib 55 ming gektar issiqxona komplekslari qurilishi 
rejalashtirilgan. 
Pomidor issiqxonalarda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlardan biri hisoblanadi. U qishki 
issiqxonalarda turli (kuzgi-qishki, qishki-bahorgi, o’tuvchan va uzaytirilgan) davrlarda yetishtiriladi. 
Mamlakatimiz issiqxona sabzavotchiligidagi mavjud muammolarni va kamchilik- larni bartaraf etish
zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, hosildorlikni oshirish omillarini izlash 
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun pomidorning biologik xususiyatlari, issiqxonalarda uni turli 
davrlarda yetishtirishda ta’minlanadigan shart-sharoitlarni, navlarni to’g’ri tanlash, o’simliklarni 
parvarishlash kabi barcha texnologik elementlarni chuqur o’rganish va ularni ishlab chiqarish 
sharoitida qo’llay olish yuqori hosil olishga imkon beradi. 
Pomidorning asl vatani Janubiy Amerikadir. yevropaga XVI asrning o’rtalarida olib kelingan bo’lsada, 
uzoq vaqtga qadar dekorativ yoki dorivor o’simlik sifatida o’stirilgan. XVIII asrning oxirlarida 
pomidor sabzavot ekini sifatida o’stirila boshlandi. XIX asrning o’rtalarida esa Rossiya va yevropaning 
janubiy qismida ham keng tarqaladi. XIX asr oxirlaridan buyon pomidor O’rta Osiyoda, shu jumladan 
O’zbekistonda ham o’stirila boshlandi. 
Pomidor mevalari yil mobaynida iste’mol qilinadigan to’yimli va qimmatbaho sabzavotlar qatoriga 
kiradi. U himoyalangan yerda yetishtiriladigan asosiy ekin hisoblanadi. U jahondagi oynavand va 
plyonkali issiqxonalarning 60 foizga yaqin maydonini egallaydi. Bolgariya, Ruminiya, Nederlandiya va 
boshqa mamlakatlarda 70-90 foiz issiqxona maydonida pomidor yetishtiriladi. Boltiq bo’yi 
mamlakatlari yirik issiqxona kombinatlarining 30-40 foiz maydonini pomidor egallaydi. Rossiyaning 
shimoliy va markaziy mintaqalarida uning maydoni – 25-30 foiz, janubiy mintaqalarda esa 80 foizga 
yetib boradi. (SHuvaev YU. 2001). 



Download 278.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling