Pomidor- xosil mo‘l


Download 278.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi278.21 Kb.
#1352000
1   2   3   4
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 03 | 2021 
ISSN: XXXX-XXXX
13 
Shundan so’ng ular kanop yoki polipropilen iplarga tortildi. Ekinlarga bitta poya qoldirib shakl berildi. 
Birinchi haqiqiy barg chiqarganida ko’chatlar chirigan go’ng bilan 2–3 sm qalinlikda ko’mildi. Bu yosh 
nihollar poyasining baquvvat o’sishga yordam beradi, chunki harorat yuqori bo’lgani sababli, poyalar 
so’lib qolishi mumkin. 
Nihollar 3–4 tadan haqiqiy barg chiqargandan so’ng yorug’lik bilan ko’proq to’yinishi uchun issiqxona 
yuzasi yaxshilab yuvildi. Vegetatsiya davrida ko’chatlar ildizi va barglari orqali oziqlantirib turildi. 
Ko’chatlar 15–20 kundan keyin yana bir bor ipga tortildi va o’simlik atrofi chopiq qilindi. SHundan 
so’ng mineral o’g’itlar solinib, sug’orildi. Keyinchalik pomidor o’simligiga shakl berildi va asosiy 
poya qoldirilib yon bachkilari olib turildi. 
Kuz oylarida yorug’likning asta-sekin pasayib borishi tufayli, issiqxona havo haroratini ham shunga 
qarab ushlab turilishi lozim. Ekinlarning yaxshi o’sib-rivojlanishi, hosildorligi yuqori bo’lishi uchun 
issiqxonada maqbul mikroiqlim (harorat, yorug’lik, havo va tuproq namligi) ta’minlandi. 
Qurigan o’simliklar va barglar yo’qotildi. Issiqxonadagi pomidor ko’chatlarining o’suv nuqtalarini 7–8 
gulshodadan keyin chilpib tashlandi. Bu hosil miqdoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Kuz-qishki muddat boshlanishida harorat 35
0
S dan ko’tarilib ketmasligi e’tibor berildi. Dekabrda tabiiy 
yorug’lik kamayib, kun qisqara borgan sari issiqxonalar harorati asta-sekin kunduzi 18-20
0
S ga, 
kechasi 14-15
0
S ga tushirildi. Bundan maqsad fotosintez jarayoni susaygan davrda o’simliklar nafas 
olishida assimilyatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
Tuproqning suvli so’rimini analiz qilish yo’li bilan tuproqdan oziqlanishni muntazam ravishda nazorat 
qilib turildi. Qator oralari 2-3 marta yumshatildi, o’simliklar tupining atrofi chopildi. 
Kuz-qish davrida o’simliklar bargi qo’ng’ir dog’lanish kasalligidan qattiq zararlana boshladi. 
Kasallikning avj olishiga noqulay ob-havo sharoiti, issiqxonadagi havo namligining ortib ketishi 
sababdir. SHuning uchun eng avvalo issiqxonada namlik va harorat me’yorida bo’lishi asosiy kurash 
chorasidir. O’simlikda kasallik alomati sezilishi bilan 2-3 martagacha 1% li bordo suyuqligi 7 l/ga 
me’yorda sepildi. 
Kuzgi-qishki muddatda pomidor hosili noyabr oyining ikkinchi yarmidan yanvar oyining o’rtalarigacha 
terib olindi.
Begona o’tlarga qarshi kurash issiqxonalarda odatda qo’l bilan o’tkaziladi – ko’chatlar ekilganidan 
keyin 2-3 hafta o’tgach o’sib chiqqan begona o’tlarni ildizlari bilan olib yo’qotildi. Keyingi o’toqlar 
begona o’tlar paydo bo’lishiga qarab o’tkazib turildi. 
Pomidorning o’sish va rivojlanish fazalarining o’rganish maqsadida fenologik kuzatuv ishlari 
o’tkazildi. Tajriba nazorat va takrorlarida olib borilib, unda ekish muddati, tartibi, to’pgul hosil qilish, 
meva tugish, meva pishish va hosilni yig’ish muddatlari qayd etilib, fazalararo davrlar davomiyligi 
hisoblandi. (3.2.1-jadval). 



Download 278.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling