Mundarija: kirish I bob yosh voleybolchilarni tayyorlash
Download 127 Kb.
|
Joniqulov Shukrillo Anorqulovich2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOLAR RO’YXATI
Xulosalar
Mavzu doirasida tahlil etilgan ilmiy va uslubiy adabiyotlardan shu narsa ayon bo’ldiki, yosh voleybolchilarni tayyorlashda, jumladan ularning texnik mahoratini shakllantirishda yordamchi maxsus mashqlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir. Voleybolchilar texnik tayyorgarligini rivojlantirishda yordamchi maxsus mashqlar samaradorligi, ularning ahamiyatini aniqlashga qaratilgan savolnoma natijalariga ko’ra, respondent – murabbiylarning aksariyat qismi texnik tayyorgarlik jarayonida yordamchi maxsus mashqlarning ijobiy ahamiyatini to’g’ri baholay olmadilar. Demak, ularning professional faoliyatida maxsus mashqlardan foydalanish maromida emas va bu masalaga yetarliga urg’u berilmasligi kuzatildi. Tadqiqot davomida ishtirok etgan bolalarning texnik tayyorgarli talabga javob bermasligi ko’zga tashlandi. Pedagogik tajriba natijalari yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini shakllantirishda maxsus mashqlarning samarali ekanligini msbotladi va qisqa muddat davomida (8 oy) to’p uzatish va zarba berish aniqligi hamda texnikasi qanchalik keskin shakllanishi mumkinliga namoyish etdi. To’pni «Uzat-o’tir», «To’p uzatish estafetasi» va «Turli balandlikda osilgan to’plarga sakrab zarba ber» kabi maxsus mashqlar yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini oshirishda uta samarali vosita ekanligini isbotlab berdi. Yuqorida qayd etilgan maxsus mashqlarni voleybolchilar mashg’ulotlariga tadbiq etish ularning texnik tayyorgarligiga ijobiy ta’sir etishga kafolat beradi. Demak yosh voleybolchilarni tayyorlash jarayoni kuzatuv va tadqiqot asosida hamda maxsus mashqlar ishtirokida tashkil qilinsa texnik mahoratni shakllanishi shunchalik tezroq muddatda va yengil amalga oshirilishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOLAR RO’YXATI 1. Сушко Г.К. Гимнастика и методика её преподавания. Учебное пособие. ТДПУ, 2008 г. 2. Гончарова О. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Ўз.ДЖТИ, 2005 й. 3. Нормуродов А.Н. Енгил атлетика. Тошкент: Ўқув-услубий қўлланма. ТошДШИ 2002 йил. 4. Ниёзов И. Енгил атлетика. Фарғона: Ўқув қўлланма. Фарғона нашриёти 2005 йил. 5. Нуримов Р.И. “Футбол” дарслик Т, ЎзДЖТИ 2005 й. 6. Айрапетьянц Л.Р. “Волейбол” Учебник. Т, УзГосИФК 2006 г. 7. Расулов О.Т. “Баскетбол” дарслик. Тошкент ЎзДЖТИ 1998 й. 8. Павлов Ш., Абдурахманов Ф., Акромов Ж. “Гандбол” дарслик. Т, ЎзДЖТИ 2005 й. 9. Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D «Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y. 10. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари. Ўқув қўлланма.– Тошкент., ЎзДЖТИ 2005 й. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling