Mundarija: kirish I bob yosh voleybolchilarni tayyorlash


Download 127 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi127 Kb.
#1052883
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Joniqulov Shukrillo Anorqulovich2001


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….2
I BOB YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASH............................4

1.1. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda sakrovchanlikni ahamiyati va xalq harakatli o’yinlarining o’rni……………………………………………….......4


1.2. Tezkorlik va uni rivojlantirishda milliy o’yinlar samarasi……………..…8
II BOB JISMONIY SIFATLARNINIG VOLEYBOL SPORT TURIDA AHAMIYATI…………………………………………………………………19
2.1. Voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati…………..19
XULOSA……………………………………………………………………….23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………….…24


KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu boradagi muhim qadamlardan biri O’zbekistonda ilk bor “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur” hamda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.1
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish sohasida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o’quv va moddiy-texnik bazasini yaratish xamda aholining sportga bo’lgan qiziqishini oshirish yulida maksadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Yosh avlodning har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
Sport turlaridan –eng ajoyib va qiziqarli o’yinlaridan biri voleyboldir. Ma’lumki, muqaddam voleybol o’yinida hujum zarblari asosan vertikal sakrash orqali ijro etilib kelingan bo’lsa, so’nggi yillarda bu malakalarni himoya zonasidan amalga oshirilishi borgan sari kuchayib borayotganligi dioganal (balandga, uzunlikka) yo’nalishda sakrash qobilyatini, izchillik bilan shakllantirish zaruriyatini o’rtaga tashlamoqda hamda voleybol o’yini elementlarini o’rgatishda yordamchi maxsus mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu muammoni izchillik bilan ijobiy hal etishga imkon yaratadi. Ta’kidlash o’rinliki yuqorida qayd muammolarni bartaraf-etishda voleybol sport turini rivojlantirishda ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni o’tkazish asosida iste’dodli sportchilar tayyorlashning ilg’or texnologiyalarini amalga tadbiq qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi..
Zamonaviy voleybolda sakrab ijro etiladigan o’yin malakalarining samaradorligi sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi bilan bevosita bog’liq. Binobarin, yuqori mahoratli voleybolchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlarni, maxsus chidamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh voleybolchilarning maxsus jismoniy rivojlantiruvchi mashqlarni juda ehtiyotkorlik bilan qo’llash pedagogik jarayonning eng asosiy sifatlaridan biridir.
Chunki, me’yoridan ortiq bo’lgan mashqlarni surunkali qo’llash katta yuklama sifatida, oyoq mushaklarini va bo’g’inlarda zo’riqish asoratini vujudga keltirishi mumkin. Bu esa bora-bora o’z navbatida patologik o’zgarishlarga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Aksincha me’yoridan kam darajada qo’llaniladigan mashqlar, chidamkorlikni rivojlantirmaslik yoki sust rivojlanish isbot talab qilmaydi.



Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling