Mundarija: kirish I bob yosh voleybolchilarni tayyorlash
Tezkorlik va uni rivojlantirishda milliy o’yinlar samarasi
Download 127 Kb.
|
Joniqulov Shukrillo Anorqulovich2001
1.2. Tezkorlik va uni rivojlantirishda milliy o’yinlar samarasi
Chidamkorlik – sportchini uzoq vaqt ichida charchamasdan, ish qobiliyati sifati va samaradorligini susaytirmasdan faoliyat ko’rsatish qobiliyatini aks ettiradi. Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Malakali sportchilarni tayyorlashda ushbu sifatni yuqori darajada shakllangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki yuqori sport natijasiga erishish to’g’ridan-to’g’ri chidamkorlik sifatiga bog’liq bo’ladi. Chidamkorlik sportchilarning yoshiga, ularning jismoniy va funktsional tayyorgarligiga hamda sport malakasiga qarab tarbiyalanishi kerak. Bunda turli harakatli o’yinlar, sport o’yinlari, estafetalar, kross, suzish va boshqa shunga o’xshash mashg’ulotlardan foydalanish ayni muddao bo’ladi. Chidamkorlik – umumiy va maxsus chidamkorlikka bo’linadi. Umumiy chidamkorlik uzoq muddatga samarali ish faoliyatini davom ettira olishdan iborat. Maxsus chidamkorlik muayyan sport turining hususiyatlarini e’tiborga olgan sifatdir. Masalan, voleybolda sakrash chidamkorligi, tezkor chidamkorlik, kuch chidamkorligi va o’yin chidamkorligi maxsus chidamkorlik tarkibiga kiradi. Ko’rinib turibdiki, nazorat guruhida maxsus va umumiy chidamkorlik 6 oy davomida ham deyarli yaxshi tomonga o’zgarmadi. Aytish mumkinki, mashg’ulotlarni amaldagi dastur asosida tashkil qilish, ya’ni chidamkorlikni oshirishda qo’llaniladigan oddiy standart jismoniy mashqlar shu sifatlarni samarali shakllantirish «kuchi»ga ega emas ekan. Aksincha, 6 oy davomida tadqiqot guruhida qo’llanilgan harakatli o’yinlar chidamkorlik sifatini sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. Natijalarning bir-biridan farqi, nazorat va tadqiqot guruhlarida qayd etilgan maxsus hamda umumiy chidamkorlik ko’rsatkichlarining o’zgarish darajasi 3-diagrammada aks ettirilgan. Diagramma muvofiq 4x10 m ga mokisimon yugurish nazorat guruhida faqatgina 0,3 soniyaga ortgan bo’lsa, 1600 m ga yugurish hatto 0,2 soniya miqdorida salbiy tomonga o’zgardi. Tadqiqot guruhida esa, aksincha, o’rganilayotgan chidamkorlik sifatlari sezilarli ravishda ijobiy ko’rinishga ega bo’ldi. Binobarin, pedagogik tadqiqot uchun saralab olingan va murakkablashtirilgan harakatli o’yinlar chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga ega ekan. Qishloq maktablarida o’tkazilgan qator suxbatlar, maxalliy mutaxassislar va maxalla faollarining fikriga ko’ra joylarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sportga juda qiziqishadi. Lekin, ularni mutaxassis raxbarligida muntazam shug’ullanish uchun deyarli imkoniyat yo’q. Mutaxassis bo’lsa sharoit yo’q, sharoit bo’lsa murabbiy o’qituvchi yo’q. Shuning uchun ayrim xollarda fidoyilikni o’z qo’llariga olgan boshqa fan o’qituvchilari yoki katta yoshdagi sport ixlosmandlari, bolalarni o’z bag’riga oladilar, ular bilan kunda bo’lmasa ham axyon - axyonda shug’ullanishadi. Asosan esa bolalar o’zlarining jismoniy harakatga bo’lgan extiyojlarini o’z bilganlaricha qondiradilar. Extimol shu sababli bo’lsa kerak qishloq bolalarining ko’pchiligi jismoniy jixatdan bir tekisda shakllangan bo’lmaydilar. Qishloq sharoitida bolalar turli xo’jalik yumushlari bilan band bo’ladilar (er chopish, o’t urish, mol boqish, qurilish va hokazo). Bu yumushlarning yuklamasi bola uchun qanchalik yetarli bo’lmasin organizmni har tomonlama va bir tekisda shakllantirmaydi. Aksincha, ayrim og’ir yumushlar o’sib kelayotgan organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Afsuski, hozirgi kunda ota-onalar uchun va turli yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug’ullanishga o’rgatadigan, yo’l-yo’riq ko’rsatadigan xammabop kichik-kichik, lo’nda tilda yozilgan va rasmlar bilan ilova qilingan kitobchalar, tavsiyanomalar mavjud emas. Tuy va marosimlarda, an’anaviy bayramlarda, ommaviy xosil yig’ish mavsumlarida jismoniy tarbiya va sportning inson sog’ligini mustaxkamlash, jismoniy kuch, qaddi-qomatni shakllanishi va ish qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati haqida mutaxassislar suxbatlari, maslaxatlari yo’lga qo’yilmagan. Tan olish lozimki, me’yorsiz doiradagi jismoniy harakat, funktsional imkoniyatdan ortiq bo’lgan og’ir yumushlar bola organizmida salbiy oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, kundalik harakat hajmi va shiddati o’quvchilar salomatligi, ularning jismoniy va funktsional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin, barcha jismoniy harakat, sport to’garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik - taktik mashqlar hamda kundalik mexnat faoliyatining umumiy hajmi va shiddati o’quvchining funktsional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo’lishi lozim. Chunki, biologiya fanida o’z isbotini topgan qonuniyatlarga kura ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklama(nagruzka)ning yalpi ta’sir «kuchi» bolaning jismoniy va funktsional imkoniyatidan doim baland bo’lsa, organizm (organlar, mushaklar, tomirlar, xujayralar, to’qimalar)da zurikish yoki o’ta charchoqlik «izlari» qoladi. Bunday salbiy «izlar» bolaning tungi uyqusini notinch o’tishiga sababchi bo’lib, pirovordida ish qobiliyatini to’liq tiklanishiga tug’on bo’lishi mumkin. Agar shunday yuklamalar ustunligi - bola faoliyatida so’rinkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat normal o’sishiga salbiy ta’sir kursatishi mumkin, balki ushbu jarayon funktsional «ob’ekt»larda lokal yoki global patalogik asoratlarni vujudga keltirishi extimoldan xoli emas, Binobarin, jismoniy tarbiya darslari, trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalarni tashkil qilishda o’quvchilarning kun-tun faoliyat tartibini e’tiborga olish va shunga asoslangan holad mashg’ulot yuklamasini quyida aks ettirilgan «to’lqinsimon» tartibda oshira borish darkor. Bu borada qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darsini o’tish, uni uslubiy saviyasi, o’quvchilarni darsda ishtirok etishi, faolligi va boshqa masalalar haqida tasavvur hosil qilish alohida ahamiyatga egadir. O’tkazilgan savol-javoblarga ko’ra shu narsa ma’lum bo’ldiki, jismoniy tarbiya darsi har doim ham darsni mavzusi va uning vazifalarini e’lon qilishi bilan boshlanmas ekan.Chunonchi, 13,3% respondent o’quvchilar dars boshlanishidan oldin o’qituvchi dars vazifalari bilan tanishtirmas ekanlar, 63,3% respondentlar dars vazifalari umuman tanishtirilmasligini qayd etishgan. Faqatgina respondentlarning 23,3% gina dars vazifalari e’lon qilinishini ma’lum qilishgan. Voleybolni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar, masalan to’plarning yetar-etmasligi, uyin zalining jixozlanganligi o’qituvchi murabbiyking voleybolga oid kasb tayyorgarligi yuqori bo’lganda edi, aniq aytish mumkinki shug’ullanuvchilar soni yanada ko’prok foizni tashkil etgan bo’lar edi. Afsuski ushbu ko’rsatgichlar savolnoma natijalariga ko’ra juda kam foizni kuzatishga imkon berdi. Chunonchi, darsni qiziqarli o’tish darajasi hammasi bo’lib 51,7%ga teng bo’layapti. Ushbu fazilat mashg’ulot davomida sinf faolligi darajasini (55 %0 yuqori deb aytish imkonini bermaydi. Dars intizomi ham talabga javob bermaydi (51,2%). Darsni uslubiy jixatdan yuqori saviyada va aniq yo’naltirilgan reja asosida o’gkazish kuzlangan pirovard samarani berish isbotni talab qilmaydi, Lekin o’tkazilgan savolnoma bo’yicha shu narsa ma’lum bo’ldiki, darsni ilmiy - uslubiy jixatdan tashkil qilish, uni samarasini aniqlash qolaversa berilayotgan mashqlar o’quvchilarga ta’sir etish darajasini baxolashda maxsus normativlardan deyarli foydalanilmas ekan. Foydalanish darajasi hammasi bo’lib 8,3 foizga teng. Dars bayonnomasi kabi o’quv xujjatlariga asosan dars o’tish 11,7%ni tashkil etayapti. Qolgan 11 - 20 savollar ham e’tiboringiz uchun joylarda, ya’ni o’rganilgan qishloq maktablarida voleybol darslarkning axvoli, uning uslubiy saviyasi va samaradorligi shart-sharoit yaratish, o’qituvchi murabbiylar malakasini oshirish va umuman voleybolni rivojlantirishga bo’lgan munosabat nochor ahvolda ekanligidan darak berib turibdi. Bu albatta shu maktablardagi murabbiy, o’qituvchi va raxbarlarning vakolatiga qisman bo’lsada kiradi. Lekin, o’rta maktablarning moddiy - texnikask imkoniyatlarini tubdan yaxshilash sport inshootlarini qayta ta’mirlash, yangisini qurish, ularni sport jixozlari va anjomlar bilan ta’minlash yuqori tashkilotlar mutasaddi raxbarlarining vakolatli burchidir. Shu bilan bir qatorda shu narsani ham ta’kidlash joizki, xozirgi kunda maktablarning moddiy - texnik axvoli qanday bo’lishidan yoki bu axvol qachon yaxshilanishidan xat’iy nazar har bir jismoniy tarbiya o’qituvchisi nafakqat mutaxassis bo’lishi kerak, balki u tadbirkor, tashabbuskor va fidoiy ham bo’lishi darkor. Uquvchilarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtira olipsh, ularni qo’shni maktablarga musobatlarga olib borishi, o’z maktabida namunali turnirlar o’tkazib turish lozim. Buning uchun har bir o’qituvchidan tashkilotchilik qobiliyati talab qilinadi. Yuqorida qayd etilgan so’rovnoma natijalari qishloq maktablarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yangi pog’onaga ko’tarishni, o’qituvchilarni esa dars o’tish saviyasi, ularning malakasini oshirish vazifasini o’rtaga tashlamoqda. Zamonaviy voleybol o’yinida qo’llarni tezkor kuchi va turli yo’nalishlarda mokkismon harakatlanish qobiliyatlari o’yin malakalarini samarali ahamiyatga egadir. Qo’llarga tayanib yiqilib to’pni qabul qilish, zarb bilan io’p kiriish va zarba berish kabi o’yin malakalari qo’lni portlovchi kuchiga bog’liq bo’ladi. Hujum va himoyani o’z vaqtida samarali tashkil qilish uchun zarur yo’nalishlar bo’ylab tezkor harakat (yugurish) qilish darkor. Aynan shu qobiliyatlar mazkur malakaviy ish yuzasidan o’tkazilgan pedagogik tajriba davomida o’rganildi. Ammo, 6 oy davomida mashg’ulotlarda an’anaviy mashqlardan tashqari o’yinsimon estafetali mashqlarni muntazam bajarib kelgan tajriba guruhidagi bolalarda yuqori qayd etilgan ko’rsatgichlar keskin dinamik o’zgarish bilang ifodalanadi. Jumaladan, 20 s davomida qo’llarni bukish-yozish soni 7,6 martadan 13,8 martaga ortgan bo’lsa, 5x6 m ga mokkisimon yugurish tezligi 14,9 s dan 10,6 s ga qisqardi. Demak, shuni ta’kidlash mumkinki, qo’llarni tezkor kuchi va mokkisismon harakatlanish tezligini rivojlantirishda maxsus tanlab olingan o’yinsimon estafetali mashqlar an’anaviy standart mashqlarga nisbatan ancha ustivor ahamiyatga ega ekan. SHuning uchun bunday nostanadart o’yin mashqlarini mashg’ulotlar davomida qo’llash nafaqat qo’llarni portlovchi kuchi yoki mokkisimon harakatlanish tezligini samarali rivojlantirish qudratiga ega ekan, balki bunday mashqlar bolalarda kata qiziqish uyg’otar hamda ularni emotsional hissiyotini ko’tarar ekan. Qator tadqiqotchi olimlar (Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; A.A.Platonov, 1986; V.P.Filin, 1987 va b.) malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy nagruzkalarga moslashuv, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o’kuv-trenirovka mashg’ulotlarini tashkil qilish, funktsional va texnik-taktik tayyorgarlik jarayonlarini boshqarish hamda bu jarayonni ilmiy qirralarini batafsil ochib bergan. R.A. Piloyanning (1991) fikriga ko’ra, 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarning o’sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 11-12 yoshli bolalar mashg’ylotida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar xajmini kupaytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofik, ushbu fikrni V.F. Bashkirov (1987), V.P.Filin (1987) lar xam qo’llab-quvvatlangan. A.A. Ruziev (1999) o’zining ko’p yillik tadqiqotlariga asosan shunday xulosaga keldiki, yosh kurashchilarning o’quv-trenirovka jarayonida o’rgatish yoki takomillashtirish bosqichlaridan qat’i nazar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi, masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Yu.I. Chuyko, F.A. Kerimov (1987)lar kurashchilarni jismoniy sifatlarini baholash uchun quyidagi test mashqlarini tavsiya etishgan: - baland startdan 30 metrga yugurish; - arqon uzra oyoqlar yordamisiz chiqish (5 m); - qo’l-elka va bel mushaklari kuchini aniqlash; - joydan turib yuqoriga sakrash; - katta tezlikda (20 s) manekenni ko’tarib tashlash. Mualliflar o’z tadqiqotlari natijalariga asoslanib, kurashchilarni 3 ta shartli guruhga ajratganlar: «tezkor-kuch» xususiyatli kurashchilar; maxsus chidamkorlik xususiyatiga ega kurashchilar va «universal kurashchilar». F.A. Kerimov (2001) uzoq yillar davomida turli yoshdagi va malakaga ega kurashchilar ustida tadqiqotlar o’tkazish natijasida jismoniy sifatlarning texnik mahoratga va musobaqa (olishuv) jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa, sport mahorati shunchalik mukammal o’sib boradi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlarning taxliliy sharxi tanlangan mavzuning qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali kurashchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishida beqiyos omil bulib hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning taxliliga ko’ra kanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy ta’sir etaolmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat hollarda mahoratiga salbiy ta’sir etishi ham extimoldan holi emas. Binobarin, o’quv-trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarik mashqlarini qo’llash har bir sportchining yoshi, sport turining xususiyati va sportchining malakasi hamda nasliy imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Shuning uchun malakali sportchilarning tayyorlash masalasi sport trenirovkasi jarayonida muayyan maqsadga yo’naltirilgan jismoniy mashklar majmuasidan iborat bo’lishiga undaydi. V.V.Toropov, I.Yu.Kolenkova, V.E.Efremovalar (2005) ham musobaqa davomida yuqori natijasiga erishish imkoniyati ko’p jihatdan jismoniy va psixik hislatlarga bog’liq ekanligiga e’tibor qaratishgan. So’nggi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarni bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni ish qobiliyatiga bo’lgan ta’siri xaqidagi muammolar toboro katta qiziqish o’yg’otib kelmoqda (V.M.D’yachkov, 1976; V.M.Zatsiorskiy, 1970; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; V.N.Platonov, 1986; V.P.Filin, 1987; Yu.M.Portnov, 1997; F.A.Kerimov, 2001 va b.). Avvaldan isbot qilinganki kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira berish sportchining ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor-kuch sifatlari hal qiluvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to’r ustidan xujum zarbasini ijro etish uchun tezkor-kuch sifati ushbu malaka muvafaqqiyatini ta’minlovchi omildir; kurashda esamazkur sifat xujum yoki qarshi xujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo’llashda as qotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko’ra voleybol bo’yicha Jahon, Olimpiya, Ovro’pa, Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishgan aksariyat voleybolchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor-kuch qobiliyatiga ega bo’lganlar. Voleybolda chidamkorlik sifati ham g’alabaga yetaklovchi asosiy manbalardan biridir. Bu borada taniqli tadqiqotchi-olim Yu.V.Verxoshanskiy (12) diqqatni jalb qiluvchi o’ta muhim ma’lumotlar keltiradi. Chunonchi, sport o’yinlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri – bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jrayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, voleybol bo’yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari musobaqaning 3-davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu voleybolchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi. So’nggi yillarda sportchilarni tayyorlash, harakat malakalari va jismoniy sifatlarni shakllantirishda harakatli o’yinlar o’ta samarali vosita ekanligini isbotlovchi talaygina ilmiy adabiyotlar nashr etilgan . Lekin, shu bilan bir qatorda yosh voleybolchilarni tayyorlashda, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish imkoniyatlarini ochib beruvchi ilmiy tadqiqotlar o’ta chegaralangan. Zamonaviy voleybolda samarali o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat yaxshi rivojlangan jismoniy sifatlar evaziga amalga oshirilishi mumkin.Bu borada ayniqsa chidamkorlik sifati, jumladan o’yin chidamkorligi va sakrash chidamkorligi muhim ahamiyat kashf etadi. Jeleznyak Yu.D (16) ning fikriga ko’ra voleybolchilar uchun jismoniy sifatlar ichida eng e’tiborlisi sakrash chidamkorligidir. Ammo, qanday maxsus chidamkorlik bo’lmasin (sakrash, o’yin, tezkorlik chidamkorligi) u faqat umumiy chidamkorlik negizida shakllanishi mumkin. Shuning uchun umuman chidamkorlikni tezkorlik sifati bilan birga rivojlantirish muammolariga oid ilmiy ma’lumotlarni taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. Aytish lozimki, sport tayyorgarligini shakllantirish samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri barcha jismoniy sifatlarning bir-biriga bog’lab rivojlantirishga bog’liqdir. Ushbu masalada yana bir muhim shartlardan biri shuki, jismoniy sifatlarning taraqqiy etish darajasi maqsadga muvofiq test mashqlari yordamida baholanib borishi lozim. Voleybolchilarni jismoniy sifatlarini baholash uchun quyidagi test mashqlarini tavsiya etishgan: -baland startdan 30 metrga yugurish; -arqon uzra oyoqlar yordamisiz chiqish (5m) ; -qo’l-elka va bel mushaklari kuchini aniqlash ; -joydan turib yuqoriga sakrash; -2x800 metrga yugurish; -katta tezlikda (20 s) manekenni ko’tarib tashlash. Mualliflar o’z tadqiqotlari natijalariga asoslanib, kurashchilarni 3 ta shartli guruhga ajratganlar : «tezkor-kuch» xususiyatli kurashchilar ; maxsus chidamkorlik xususiyatiga ega kurashchilar va uni «universal» kurashchilar. Nabatnikova M.Ya. (22) uzoq yillar davomida turli yoshdagi va malakaga ega voleybolchilar ustida tadqiqotlar o’tkazish natijasida jismoniy sifatlarning texnik mahoratga va musobaqa (olishuv) jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha , jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa, sport mahorati shunchalik mukammal o’sib boradi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlarning taxliliy sharxi tanlangan mavzuning qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali kurashchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishida beqiyos omil bo’lib hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning taxliliga ko’ra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy ta’sir etaolmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat hollarda sport mahoratiga salbiy ta’sir etishi ham ehtimoldan holi emas. Binobarin, o’quv-trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarlik mashqlarini qo’llash har bir sportchining yoshi, sport turining xususiyati va sportchining malakasi hamda nasliy imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Shuning uchun malakali sportchilarning tayyorlash masalasi sport trenirovkasi jarayonida muayyan maqsadga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar majmuasidan iborat bo’lishiga undaydi. Malakali sportchilarni tayyoralashda maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik mahoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin,sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlarga muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi reaktsiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv-trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funktsional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funktsiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq tomoniga alohida e’tibor qaratiladi: -sportchini texnik-taktik malakalarga o’rgatish va ularni takomillashtirish; -sportchi jismoniy sifatlarini tanlagan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash. V.N.Platonovning (23) fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi – bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’ligini (sportchini ham) shallantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Albatta, «katta» sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakli sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirishi ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi-ko’pmi, lekin muhim «ulushi» mavjud bo’ladi. Malakali voleybolchilarni tayyorlashda esa,ayniqsa, maxsus chidamkorlik va tezkorlik sifatlari ustivor bo’lib, o’quv-trenirovka jarayonida shu sifatlarni harakatli o’yinlar yordamida shakllantirish muhim rol’ o’ynaydi. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling