Mundarija: kirish I bob.”Qutadg’u bilig” dostonidagi ayrim janrlar tavsifi I masnaviy janri xususida I qasida janri haqida II bob “Qutadg’u bilig” asarining vazn, qofiya masalalari xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish
Download 58.98 Kb.
|
Qutadg’u bilig
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 3-“G” guruh talabasi Sanoqulova Maftunaning “< Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I Bob.”Qutadg’u bilig” dostonidagi ayrim janrlar tavsifi…….............................7 I.1.Masnaviy janri xususida…………………………………………………….....7 I.2.Qasida janri haqida…………………………………………………………...11 II Bob “Qutadg’u bilig” asarining vazn, qofiya masalalari……………………16 XULOSA………………………………………………………………………….21 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………23 KIRISH O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati bilan boshqa sohalar qatorida ma’naviy hayotimizda ham ulkan o’zgarishlarga, yangilanishlarga keng yo’l ochildi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “…Eng muhim vazifa shundan iboratki, o’zligimizni teran anglab, mutafakkir bobolarimiz, aziz avliyolarimiz qoldirgan bebeho merosni asrab-avaylab yanada boyitishimiz, ulug’ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bo’lmog’imiz darkor”.1 “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil – ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchars bog’liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebeho boylik bo’lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyaning inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar”.2 Yurtimizda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishiga katta ahamiyat qaratilgan. Barkamol va komil insonni tarbiyalash mamlakatimizda muhim masalalardan biridir.Islom Karimov bu borada shunday fikr bildiradi: “Biz komil inson deganda, avvalo, ongi yuksak fikrlay oladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”3. Eng avvalo, yoshlarni kafolatlangan ta’lim-tarbiyaga yo’naltirish uchun o’zligimizni anglashni o’rgatmog’imiz lozim. O’zlikni anglash milliy qadriyatlarni hurmatlash, ona tilimizni qadrlash va eng avvalo, adabiyotimizga e’tibordan boshlanadi. O’zbek adabiyotida yirik iste’dodli yozuvchi va shoirlar bisyordir. Har qanday ijodkorning badiiy mahorati u yaratgan badiiy asarlar tilida namoyon bo’ladi. Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o’ziga xos dunyoqarashi, teran mulohazaviy idroki, tabiatdagi boshqalar ko’ra olmagan ranglarni nozik his etishi hamda uni go’zal shaklda kitobxonga yetkaza bera olishi va yana ko’pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning jozibadorligini tashkil etadi. Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi, cheksiz so’z boyligiga ega bo’lishi, so’zning ta’sir qudratini his eta olishi, har bir so’zni ma’no nozikligini ilg’ab olishi, so’z o’yinlaridan ustalik bilan foydalana olishi alohida o’rin tutadi. Sharq uyg’onish davrining eng yirik siymolaridan biri, buyuk adib Yusuf Xos Hojib asarlari bugungi kun,ma’naviy tuyg’ularini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Adibning bizga qoldirgan “Qutadg’u bilig” asari XI asrda yaratilgan bo’lsada bugungi kunda hayotiy ahamiyatini yo’qotmagan.Turkiy tildagi she’riy shakllar, ularning o’zaro munosabati, umuman, turkiy tildagi adabiyotning XI asrdagi holati va uning oldingi davrlar, shuningdek, qo’shni xalqlar adabiyoti bilan aloqasi XI asr adabiy etiketiga munosabati kabi masalalarni “Qutadg’u bilig” orqali yoritmoq mumkin. “Qutadg’u bilig” haqida so’z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrovi va ifoda tarzi haqida fikrlar bayon etilgan. Masalan, Najib Osimbek “Qutadg’u bilig” mavzu e’tiborila “Sayohatnoma”ning aynidir. Turk avzoining mashhuri o’lan o’n birli vaznda va tarzi jamoatining haqiqiy bir tasvirini, afkori ma’naviyati va siyosatini go’stariyur”4 , desa, H.Tavfiq, M.Ehson, H.Oliylar o’zlarining “Turk adabiyoti namunalari”da uning masnaviy shaklda yozliganligini qayd qilish bilan cheklanishadi.5Shu xil fikrlarni boshqa ko’p tadqiqotlarda ham ko’rish mumkin.6 Akademik A.N.Kononov: “Qutadg’u bilig” didaktik asardir. Bu janrning ildizlari uzoq o’tmish davrlarga borib taqaladi. Bu janr qadimgi misrliklar va hindlarga ma’lum edi. So’ngroq esa uyg’onish davrida, ya’ni “Qutadg’u bilig” yaratilganidan qariyb besh asr keyin, bu janr yevropaliklarga ham ma’lum bo’ldi va ular xuddi o’sha “Qutadg’u bilig”dagidek didaktik g’oyalarni ifodalashda o’z hayotlarini aks ettiruvchi “ko’zgular” shaklidan foydalanadilar7 deb ko’rsatsa, I.V. Stebleva mazkur “doston turkiy tildagi klassik adabiyot tarixida birinchi marta turkiy tilli poeziyaning keyingi taraqqiyotida mustaqillik kasb etgan bir qator arab va fors poeziyasining janrlarini mujassamlashtirgan”, - deydi. Ushbu asar faqatgina badiiy jihatdangina emas, balki pandnoma asar ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Biroq uning bu xususiyati badiiy quvvatini pasaytirmaydi, balki yanada quvvatlantiradi. Unda o’zbek mumtoz adabiyotidagi ruboiy, qasida kabilar hamda asar badiiyligini ifodalovchi qofiya, radif, badiiy vositalar kabilardan keng va o’rinli foydalanilgan. Ayni paytda, keyingi davrlar uchun ham bu asar mukammal qurilishga ega ko’plab asarlar uchun dasturulamal vazifasini o’tagan.
Download 58.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling