Mundarija Kirish. I


Bitruv malakaviy ishning maqsadi


Download 449.44 Kb.
bet2/21
Sana21.01.2023
Hajmi449.44 Kb.
#1106189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
диплом макрос Akademik litseylarda Power point

Bitruv malakaviy ishning maqsadi: Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslar ishlash mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.
Vazifalari:

  • Akademik litseylarda makroslar mavzusini o’qitish holatini aniqlash;

  • Mavzu mazmunini yoritish;

  • Mavzuni o’qitishda power point dasturidan foydalanishning o’rni va ahamiyatini belgilash;

  • Mavzuni o’qitish metodikasini ishlab chiqish.



I bob. Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslarni o’qitish holati
1.1 Akademik litseylarda Power point dasturlaridan foydalanib makroslar bilan ishlash mavzusini o’qitishning maqsad va vazifalari

Bugungi kunda jamiyatimizning qaysi sohasiga qaramaylik, har qanday soha mutaxasisi uchun axborot texnalogiyalari eng zaruriy vositaga aylanib borayotganini ko’ramiz. Kompyuter va undagi har xil kasb mutaxasislari uchun yaratilgan maxsus amaliy dasturlar ishning sifati va samaradorligi, vaqtni tejash hamda mehnatni yengillashtirish kabi masalalarni hal qilishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ta`lim sohasida informatika va axorot texnalogiyalari fanini o`qitishga alohida e`tibor berilmoqda. Akademik litseylarda informatika fani bo`yicha o`quv dasturining asosiy qismini Microsoft Office dasturlari ( Word, Excel, Power Point, Access ) tashkil etadi va bu dasturlar o`quvchilarga keng va chuqurlashtirilgan holda o`qitilmoqda.


Office dasturlari bilan ishlashda ishni tezlashtirish ya`ni xujjatga ishlov berishda vaqtni qisqartirishga xizmat qiluvchi makros xizmati mazkur dasturlardan foydalanishda e`tiborga molikdar.
Akademik litseylarda informatika va axborot texnalogiyalari fanining o`quv dasturiga Word, Excel va Power Point dasturlarida Makroslardan foydalanishni o`qitishga bir soatdan - uch soat, Microsoft Access dasturida makroslar bilan ishlash mavzusiga ikki soat, jami besh soat ajratilgan .
Asosiy maqsad shuki, Akademik litseylarda amaliy dasturlarni biladigan, ya`ni ularda ishlay oladigan o`quvchilar emas, balki, dasturlarni mukammal o`rgangan,
servis xizmatlardan foydalanib ishni tez va sifatli bajaruvchi “usta” darajasidagi kadrlarni tayyorlashdir.
Bu maqsadga erishish uchun esa har bir o`qituvchidan o`qitish jarayonida bilim va pedagogik mahorat talab etiladi. Ta`lim jarayonida darslarni metodik jihatdan shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash, ko`rgazmali qurollar va texnik vasitalardan unumli foydalanish yo`lga qo`yilmoqda.
Dars jarayonida o`qituvchi yozma va ko`rgazmali materiallarni o`quvchilarga taqdim etishlarida taqdimod dasturlardan foydalanish o`rinli. Hozirda darslarda Power Point dasturidan keng foydalanilmoqda.
Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qobig`i ostida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur Prizintasiyalar (taqdimot qilish ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko`rgazmali qurollarni yaratish va ba`zi joylarda esa ma`lumotlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim xollarda bu dasturdan Multimediya vositalarini boshqarish va ilarni qo`llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham
bajarish mumkin.
Akademik litseylarda makroslar mavzusini o`qitishda Power Point dasturidan foydalanishning vazifalari sifatida quyidagilar aniqlandi:

  • Mavzu bayonining prizentatsiya ko`rinishida taqdim etilishi mavzuni bayon qilish va o`quvchilar ma`lumotlarni konspektlashtirib borishlarida yordam beradi.

  • Prizentatsiya ko`rinishida tayyorlangan yozma, ko`rgazmali va animatsion materiallar darsni qiziqarliroq o`tishi hamda o`quvchilar diqqatini tortishga xizmat qiladi .

  • Slaydlarga joylashtirilgan matnlarni, obyekt va foto materiallarni fon, ramka, rang, va harakatli animatsiyalar bilan bezatilishi mavzudagi har bir hodisani o`quvchi to`laqonli tasavvur qilishini ta`minlaydi.

  • Power Point dasturida darsning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o`tishda, ya`ni interfaol usullarni qo`llashda keng foydalanish mumkin. Masalan : Tezkor savol-javob o`tkazish , umumiy test taqdim etish, krossvord hamda har hil intellektual o`yinlarni tashkillashtirishda materiallarning prizentasiya shakli katta yutuq beradi.

Mavzuni o`qitishda o`qituvchidan mavzu mazmunini to`la o`zlashtirgan bo`lishi, kerakli materiallarni to`plashi, dars ishlanmasini to`g`ri va to`liq tuzishi hamda Power Point dasturidan taqdim etish vositasi sifatida foydalanishi uchun bu dasturni yaxshi bilishi talab etiladi .


Download 449.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling