Mundarija Kirish. I


Download 449.44 Kb.
bet1/21
Sana21.01.2023
Hajmi449.44 Kb.
#1106189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
диплом макрос Akademik litseylarda Power point


Mundarija

Kirish_________________________________________.


I bob. Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslarni o’qitish holat ________________
1.1 Akademik litseylarda power point dasturlaridan foydalanib makroslar bilan ishlash mavzusini o’qitishning maqsad va vazifalari______________________________
1.2 Akademik litseylarda makroslar mavzusining mazmuni ______________________________________
II bob. Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslar mavzusini o’qitish metodikasi ____
2.1 Akademik litsey o’quvchilarini word dasturida makrosni yaratish va undan foydalanishga o’rgatish metodikasi _____________________________________
2.2 Akademik litsey o’quvchilarini Power point dasturida makroslar bilan ishlashga o’rgatish metodikasi_________
2.3 Akademik litsey o’quvchilarini ma’lumotlar ombori bilan ishlashda makroslardan foydalanishni o’rgatish metodikasi _____________________________________
Xulosa_________________________________________
Adabiyotlar ____________________________________
Kirish

“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzantlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.


Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida avvalo shaxsni ko’rish lozim. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikirlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ― ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.”
I.A.Karimov
Bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarining mazmun-mohiyati, maqsadi aniq belgilab olingan. Jumladan “Kadirlar tayorllash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurush nazarda tutiladi”-deb belgilab qo’yilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus kasb hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi.
Hozirgi davirda deyarli barcha akademik litseylarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganligini hisobga olib, dasturning bajarilishini ta’minlaydigan texnik ta’minotni yetarli darajada deb hisoblash mumkin. Shularni hisobga olgan holda ta’lim muassasalarini mexanik va dasturiy ta’minlaganligi darajalariga muvofiq ravishda dasturdagi mavzularni o’tish ketma-ketligini o’zgartirish, ko’rsatilgan amaliy dasturlarni mavjud kompyuterlarni imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli turdosh dasturlar bilan almashtirish ko’zda tutiladi.
Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo`lish uchun avvalo kompyuter savodxon bo`lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o`z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko`nikmasiga ega bo`lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisidagi “Mamlakatni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir”, hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yi l 29 yanvar kuni bo`lib o`tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzularidagi ma’ruzalarida ham o`quv jarayoniga yangi axborot–kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va liseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o`quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash vazifalari qo`yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’lim tizimidagi fanlarni o`qitishda uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o`tkazish, Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim bosqichlari bo`yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish zarur bo`ladi. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan Informatika predmeti ham bundan mustasno emas.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida Informatika fanini o`qitishning bosh maqsadi ta’lim muassasalarida (akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida) tahsil olayotgan o`quvchi-talabalarga informatikaning kasbga yo’naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi informatikani kasbiy faoliyatida samarali foydalana oladigan darajasida o`rgatishdan iborat bo`lib, o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga shu sohada mukammal to`liq bilim berilishini ta’minlaydi.
Maskur bitiruv malakaviy ishida Akademik itseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslar bilan ishlash mavzusini o’qitish metodikasi yoritilgan. Ushbu ish kirish, ikki bob, beshta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.
I bob Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslarni o’qitish holati deb nomlangan. Bu bobga makroslar mavzusining to’liq mazmuni hamda uni o’qitishning maqsad va vazifalari kiritilgan.
II bob Akademik litseylarda Power point dasturidan foydalanib makroslar mavzusini o’qitish metodikasi deb nomlangan. Bu bobda esa mavzuni o’qitish va o’qitishda prezintatsiya dasturidan foydalanish metodik jihattan ishlab chiqilgan.
Bitruv malakaviy ishining mavzusi, bo’limlari va ularni yozishda to’plangan bilim va materiallardan foydalanib ishning obyekti, predmeti, maqsad va vazifasi hamda fandagi dolzarbligi belgilab olindi.
Akademik litseylarda Informatika darslarida makroslar mavzusini o’qitish jarayoni bitiruv malakaviy ishning obyekti sifatida olindi. Ishning pridmeti mavzuni o’qitishda Power point taqdimot dasturidan foydalanishdir.

Download 449.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling