Mundarija kirish ibob yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyatining umumiy masalalari
IBOB YORDAMCHI MAKTABDA MATEMATIKA O‘QITISh USLUBIYATINING UMUMIY MASALALARI
Download 30.97 Kb.
|
Yordamchi maktabda matematika
IBOB YORDAMCHI MAKTABDA MATEMATIKA O‘QITISh USLUBIYATINING UMUMIY MASALALARI
I.1. Matematika o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar va ta’limning boshqa uslubiyatlari bilan bogliqligi Matematika o‘qitish uslubiyati boshqa fanlar va eng avvalo boshlangich matematika o‘qitish uslubiyatiga bog‘liq. Bu uslubiyat tomonidan belgilangan qonuniyatlar aqli zaif o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olagan holda yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyati tom onidan ham ishlatiladi. Maxsus matematika o‘qitish uslubiyati aqli zaif bolalar tarbiyash unosligi (oligof renopedagogika) va umumiy ruhsh unoslik fanlari (psixologiya) bilan uzviy bogliq bo‘lib, bu fanlarning qonuniyatlariga tayanad Aqli zaif bolalarni tarbiyalash tarbiyash unosligi bilan umumiy tarbiyash unoslikning maqsadlari bir. Sh u bilan bir qatorda aqli zaif bolalar tarbiyash unosligi umumiy tarbiyash unoslikning bo‘lim i bo‘lmasdan, balki o‘zicha mustaqil fandir. Maxsus matematika o‘qitish uslubiyati aqli zaif bola ruhsh unosligi, tarbiyash unoslik ruxdpunosligi va yosh ruhsh unosligi bilan bogliq ta’lim va tarbiyaning ko‘pgina masalalarni hal qilish da yordamchi maktab o‘qituvchisi bu fanlarga oid ko‘pgina bilimlardan foydalanishi kerak. A qli zaif bolalar, ruhsh unosligi (oligofrenopsixologiya) ta’lim ta’sirida kishi ma’naviy qiyofasining sh akllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi aqli zaif bolalarning ruhsh unoslik xususiyatlarini, sh uningdek aqli zaif bolalarning bilim, o‘quv va malakalarni o‘zlash tirish larining ruxdpunoslik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklarining rivoj lanish ini, aqli zaif o‘quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu fan yordamchi maktabda o‘quv-tarbiya ish ini tash kil qilish da katta aham iyatga ega. Yordamchi maktab sh aroitida matematika o‘qitish ning umumta’limiy, korreksion-tarbiyaviy va amaliy vazifalari matematika ta’limining boshqa fanlar, ayniqsa mehnat ta’limi bilan chambarchas bog‘lab olib borilgan takdirdagina amalga oshirilish i mumkin. Fanlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Yordamchi maktabning yuqori sinflarida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish ancha qiyinlashadi, chunki har qaysi fanni ma’lum bir o‘qituvchi olib boradi, buning ustiga fan o‘qituvchilarining ish lash ida yaqindan aloqa bo‘lmasa, fanlararo bog‘lanishni amalga osh irish masalasi ancha murakkablashib ketadi. Boshlangich sinflarda esa bunday emas. Hamma fanlarni bir o‘qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldida fanlararo boglanish ni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Yordamchi maktabning amaliy ish tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, matematikani yaxsh i o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar, odatda boshqa fanlardan berilgan amaliy vazifalarni ham yaxshi bajaradilar. Aqli zaif o‘quvchilar turli o‘quv fanlaridan egallagan bilimlar orasidagi o‘zaro aloqani mustaqil aniqlay olmaydilar. Har bir o‘quv fani o‘qituvchisining, shu bilan birga matematika o‘qituvchisining vazifasi, turli o‘quv fanlariga oid darslardan egallangan bilimlar boshqa o‘quv faniga oid bilimlarni to‘ldirishi, boyitishi va keng qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatishdir. Matematika darslarida o‘quvchilarning tabiatsh unoslik, jo‘g‘rofiya, tarix, raem, chizmachilik, mehnat, jismoniy tarbiya va bosh qa fanlardan olgan bilimlaridan foydalanish i shart. Bu fanlarga oid ma’lumotlar arifmetik masala va misollar tuzish uchun material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, tarixiy voqealar haqida bilim berish, Vatanimiz va boshqa mamlakatlar chegaralarining uzunligi, mamlakatlar egallagan maydonlarning yuzlari, daryolarning uzunligi, toglarning balandligi, dengiz, ko‘llarning uzunligi va chuqurligi matematika darslarida arifmetik masala va misollar tuzishda, sonlarni taqqoslash va tahlil qilishda juda qiziqarli material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ikkinchi tomondan, matematik bilim boshqa darslarda keng qo‘llanilishi lozim. Masalan, qo‘l mehnati darsida o‘quvchilar matematika darslari uchun qog‘ozdan gul solib kesadilar, plastilindan didaktik materiallar yasaydilar. Bundan tashqari, geometrik sh akllarni (kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylanalar) qalamda aylantirib chiqadilar va qirqadilar, ularni farqlash va nomini aytishni o‘rganadilar. Matematika darslarida o‘quvchilar narsalarning qo‘yidagi belgilari: uzun-qisqa, keng-tor, yo‘g‘on-ingichka va bosh qalar bilan tanish adilar. Qo‘l mehnati darsi da esa turli buyum lar tayyorlashda, masalan, o‘yinchoqlarni yasashda o‘quvchilar ularni mustahkamlaydilar. Matematika darslari kabi qo‘l mehnati darslarida ham o‘quvchilarning fazoni aniqlash i rivoj lanadi. O‘quvchilar qog‘ozning o‘rtasini, yuqori-quyi, o‘ng va chap tomonlarini ko‘rsatish ni o‘rganadilar. Jo‘g‘rofiya darslarida ayrim mavzularni o‘rganishda, masalan, massh tablarni hisoblash, maktab uchastkasining rejasini, o‘z turar joyining sodda rejasini tuzishda o‘quvchilarning matematika va chizm achilikda olgan bilimlari keng qo‘llanilishi mumkin. Chunki masshtab haqidagi tushuncha faqat o‘lchash malakalarining mustahkam asosidagina to‘g‘ri shakllanadi. Tarix darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning vaqt tasavvurlarini aniqlaydi va kengaytiradi hamda tarixiy hodisalar orasida o‘tgan vaqtni hisoblashga oid masalalarni yechishda ularning bu ko‘nikmalaridan foydalanadi. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar miqdor ustida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar (masalan, uzunlik, massa kabi). Bu yerda miqsorlar, ayniqsa yugurishda, u yoki bu masofaga suzishda, balandlikka yoki uzunlikka sakrashda, o‘zining aniq ifodasini topadi. Matem atika ta’limi bilan ona tilining bog‘liqligi o‘ziga xosdir. Matem atika darsida o‘qituvchi, o‘quvchilarning matem atik nutqlarini rivoj lantirish , ularning matematik lugatlarini boyitish masalasini yechadi. Tajriba va kuzatish lar sh uni ko‘rsatadiki, aniq, ravon matematik nutq matematika tushunchalarini o‘zlash tirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Matem atika o‘qituvchisi o‘quvchilarni faqat masala va misollarni to‘gri yechishga emas, balki savodli yozishga, gaplarni to‘g‘ri tuzishga ham o‘rgatadi. Ona tili darslarida sonlar va boshqa matematik atamalarni va if odalarni yozish ni mustahkam lash shart. Matematika o‘quv mavzusi ham, matematika ta’lim ini m yehnat ta’limi bilan bog‘lash masalasini yechadi. Matematika darslarida olingan bilimlar o‘quv ustaxonalarida, maktab tajriba maydonlarida, shu bilan birga o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotni o‘taydigan sanoat va qish loq xo‘jalik korxonalarida ishlatilishi va mustahkamlanish i lozim. Tarbiyash unoslik va ruxshunoslik tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif o‘quvchilar bilimlarni egallagan taqdirlarida ham bu bilimlaridan mehnat va turmush masalalarini yechishda foydalana olmaydilar. Matematik ta’lim jarayonini shunday tuzish kerakki, unda mehnat darslarida egallangan bilimlar hamda o‘quvchilarning mehnat tajribasidan matematika darslarida foydalanilsin, o‘quvchilarning bu fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi orttirilsin, matematik bilimlarning hayotiy zarurligi namoyish etilsin. Matematika dasturida ko‘zda tutilgan bilim, o‘quv va amaliy malakalar (o‘lchash,hisoblash) faoliyatning har qanday turida, har qanday kasbda keng qo‘llaniladi. Biroq matematika va mehnat o‘qituvchilari bu bilimlarni qo‘llashga o‘quvchilarni o‘rgatish sagicha va ularni amaliy-hayotiy masalalarga kiritsalargina, o‘quvchi bu bilimlarni mehnat darslarida qo‘llashi mumkin. O‘z sinf o‘quvchilari egallay oladigan kasb va mehnat turi, ustaxonadagi amaliy dastur bilan to‘liq tanishib, matematika o‘qituvchisi matematika kursining qaysi mavzulari, ayniqsa mehnat bilan mahkam boglanganligini, matematika ta’limida egallangan bilimlar, qanday qilinsa, o‘quvchilarning mehnat jarayonlarini egallashga yaxshiroq tayyorlashi, ularning mexnatini mazmunliroq qilishini belgilaydi. Masalan, ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchilar hamma uzunlik o‘lchovlari bilan tanish adilar. Mehnat darslarida mehnat ta’limi o‘qituvchisi bu uzunlik o‘lchovlarini amalda qanday ishlatilishini o‘quvchilarga ko‘rsatishi kerak. O‘z o‘rg‘ida matemtika o‘qituvchisi o‘quvchilarning mehnat darslarida egallagan bilim va tajribalaridan foydalanishi kerak. Masalan, o‘qituvchi so‘rashi mumkin: mehnat darslarida qanday buyum tayyorladingiz? U qanday materialdan tayyorlangan? Metallning qalinligi qancha? Metallning qalinligini aniqlash uchun qanday o‘lchov birligini tanlash kerak? va h.k. Xulosa qilib aytganda, matematika o‘qituvchisi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini, hisoblash va o‘lchash ko‘nikma va malakalarini ustaxonadagi mehnat darslarida, maktab tajriba maydonlarida, ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llashga o‘rgatadi. Mehnat o‘qituvchisi o‘z o‘rnida matematika dasturi va darsligini yaxshi bilishi va o‘quvchilarning matematik bilimlarni ishlatish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini mustahkam lash va chuqurlash tirishga harakat qilishi kerak. Faqat matematika va mehnat o‘qituvchilarining birgalikdagi harakatlari matematika va mehnat ta’limini o‘zaro boyitish i mumkin. 1.2.Yordamchi maktabda matematika o‘qitish vazifalari va mazmuni Yordamchi maktabning asosiy vazifasi - aqli zaif o‘quvchilarning aqliy jihatdan yetilish idagi kamchiliklarini bartaraf qilish , ularni ij timoiy hayotda va qo‘llaridan keladigan ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlaщ dan iboratdir. Aqli zaif o‘quvchilarning kelgusi kasblari, kundalik turmush - lari uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va malakalarni o‘rgatish ham da bu bilim va malakalarini butun hayotlari davomida qo‘llay olish larini shakllantirish matematika o‘qitish ning bosh umumta’limiy vazifasidir. Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematika o‘qitish vazifalarini aniqlash da ana shu asosiy vazif alarga asoslanish lozim. Bosh qa har qanday o‘quv fani kabi matematika kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Yordamchi maktabda o‘qish davom ida o‘quvchilar quyidagi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish lari kerak: 1. Natural sonlar va nol; natural sonlar qatori va uning asosiy xususiyati haqida tushuncha; oddiy va o‘nli kasrlar haqida tushuncha. 2. Asosiy mikdorlar (kesma uzunligi, baho, narsalarning massalari, figuralarning yuzi, jismlarning sigimi va hajmi, vaqt), mikdorlarning o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar haqida tasavvurlar. 3.Metrik o‘lchov sistemasining ahamiyati, vaqt o‘lchovi va undan amaliy foydalana olish; 4. Oddiy o‘lchash malakalari, o‘lchash asboblaridan (chizgich, tarozi, soat va bosh qalar) foydalana bilish ; 5. Ko‘p xonali sonlar va kasrlar ustida to‘rtta asosiy arifmetik amalni bajara bilish. 6. Sodda va murakkab (3-4 amalli) arifmetik masalalarni yecha olish. 1. Geom yetrik figuralarni farqlay olish, ularning xususiyatlarini bilish, bu figuralarni chizmachilik asboblari yordamida chiza olish. Matematika o‘qiti shaqli zaif bolalarning ma’lum bilim va malakalarini o‘zlash tirib olish larinigina emas, balki ularda idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini umumiy rivojlantirish ni ham nazarda tutadi. Bu yunalish da olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatning muhim usullarini o‘rgatish , analiz, sintez, taqqoslash , umumlash tirish , konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Matematik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nutqi rivojlanadi, ularning lugatlari maxsus matematik atamalar va ifodalar bilan boyiydi. Matematika ta’limi shaxsda ozodlik, batartiblik, irodani shakllantirish imkonini beradi. Matematika darslarida amaliy vazifalarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning motorikasi rivojlanadi. Bundan tash qari, yordamchi maktabda matem atik ta’lim tarbiyaviy vazifalarni hal etishga ham imkon beradi. Matematika fanidan berilgan materiallar va ular bilan ish lash bolalarda m antiqiy fikrlashni, ogzaki va yozma nutqda o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila bilish ni tarbiyalash ga katta yordam beradi. Bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda matematikadan bilim larni berish juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, maydonni o‘lchash , biron-bir mahsulot uchun kerak bo‘lgan materialni oldindan hisob-kitob qilish , og‘irlikni o‘lchash , savdo-sotiq qilishda hisobni bilish , vaqtni belgilab olish va sh unga o‘xsh ash barcha bilim va malakalarni o‘quvchilar matematika darslarida o‘rganishlari kerak. Yordamchi maktabda matematika o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko‘p jihatdan aqli zaif o‘quvchilarning bu kursni o‘rganishga tayyorgarlik daraj asiga, aqli zaif bolalar bogchalarining tayyorlov guruhlari dasturida va yordamchi maktablarning birinchi sinflarida tayyorlov davri dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o‘rgatuvchi xarakterdagi masalalarni hal qilish darajasiga bog‘liq va ko‘p jihatdan shular bilan aniqlanadi. Download 30.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling