Mundаrijа kirish Ichki audit oʼtkazishning maqsadi, vazifalari va ichki audit xususiyatlari Ichki auditni tashkil etish yoʼnalishlari va oʼtkazish bosqichlari


- chizma. Nazorat amallari samaradorligini belgilovchi mezonlar


Download 0.68 Mb.
bet2/3
Sana13.12.2020
Hajmi0.68 Mb.
#165889
1   2   3
Bog'liq
Ichki auditni tashkil etish va o'tkazish!! Kurs ishi

1- chizma. Nazorat amallari samaradorligini belgilovchi mezonlar


Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tarkibiy bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.

Auditor yil davomida ichki nazoratda ma’lum kamchiliklar bo’lganini aniqlasa muvofiqlikni aniqlash uchun oldin o’tkazilgan tekshirishlarning natijasi qandayligini aniqlash, oradan vaqt o’tgandan so’ng nazorat turlari o’zgardimi, agar o’zgargan bo’lsa, ushbu natija ana shu o’zgarish tufayli bo’lishi mumkin, qolgan davrning yana qancha davom etishi - hisobda aniqlangan nuqsonlar shunga o’xshash vaziyatlarda takrorlanishi mumkinligi, moliyaviy hisobot tayyorlanishida moliyaviy hisobot moddalar qay darajada nazorat qilinishi zarurligi – bunday aniqlangan nuqsonlarning muhimligi va ularning keyinchalik takrorlanishi mumkinligi, nazorat natijalaridan qat’iy nazar, qanday tekshirish o’tkazilishi – ularning bir qismi ichki nazoratning aniqlangan bo’sh joylarini to’ldirishi mumkinligi kabi tadbirlarni ishlab chiqadi.

Hozirgi davrda auditnining eng muhim elementlaridan biri xo’jalik yurituvchi sube’ktlarining ichki nazorat tizimini o’rganish eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Chunki aynan ichki nazorat tizimini baholash orqali auditor o’z ish faoliyatini ko’lami, tekshirish muddatini, tanlash va dalillar to’plash amallarini belgilashadi.

Ichki nazorat tizimiga 12-AFMSga asosan quyidagicha ta’rif berilgan: ichki nazorat tizimi - xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviyxo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va o’z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisi.

400-sonli “Riskni baholash va ichki nazorat” deb nomlanuvchi auditorlik faoliyati xalqaro standartida ichki nazorat tizimiga ta’rif berilib va uning tashkiliy tuzilmasi yoritilgan.

Ichki nazorat tizimi tuzilmasini quyidagi 2-chizma orqali yoritsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.



Chet mamlakatlarda ichki nazoratni xo’jalik yurituvchi subyekt ichida tashkil etilgan ichki audit xizmati yoki ichki nazorat bo’limi tashkil etilgan bo’lib aynan shular nazoratni amalga oshirda.
Группа 202468

Группа 236703

Xo’jalik yurituvchi subyektda mulk va majburiyatlarining buxgalteriya hisobini hamda hisobotini tashkil qilinish hamda qo’llaniladigan shakllari va metodlari

yig’indisidir



Xo’jalik yurituvchi subyektni ichki nazorat tizimini tashkil etish, rivojlatirish choralari uchun lozim bo’lgan rahbariyat bilimlarini yig’indisidir.

Xo’jalik yurituvchi subyekt xo’jalik faoliyatining ayrim qismlarini samarali boshqarishda qo’llaniladigan aniq amallardir.

2-chizma Ichki nazorat tizimi


Ichki nazorat tizimi buxgalteriya hisobi tizimi vazifalariga bevosita taalluqli bo’lgan masalalar doirasidan chetga chiqadi va quyidagilardan iborat: “nazorat muhiti” - bu ichki nazorat tizimi va uning subyekt uchun muhimligiga nisbatan subyekt direktorlari va rahbariyatining umumiy nuqtai-nazari, xabardorligi va harakati. Nazorat muhiti nazoratning aniq muolajalar samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kuchaytirilgan byudjet nazorati va ichki auditning samaradorlik vazifalari bo’lgan ichki nazorat muhiti nazoratning aniq muolajalarini ahamiyatli to’ldirishi mumkin. Shunga qaramasdan, qattiq nazorat muhiti o’zo’zidan ichki nazorat tizimining samaradorligini ta’minlamaydi.

Nazorat muhitida aks etilgan omillar quyidagilardan iborat:



  • direktorlar kengashi va qo’mitalarining vazifalari;

  • subyekt rahbariyatining falsafasi va vazifani bajarish uslubi;

  • subyektning tashkiliy tizimi hamda vakolatlar va mas’uliyatlar berish uslubi;

  • subyekt rahbariyati tomonidan nazorat tizimi, jumladan ichki audit vazifalari, xodimlar bo’yicha siyosat va muolajalar hamda xizmat majburiyatlarini taqsimlash.

Nazorat muolajalari - bu nazorat muhitiga qo’shimcha ravishda subyektning aniq belgilangan masalalarini hal etish uchun subyekt rahbariyati tomonidan belgilangan muolajalar va siyosat. Nazorat muolajalari quyidagilardan iborat:

  • hisobotni taqdim etish, solishtirish va tasdiqlash bo’yicha muolajalarni solishtirish;

  • yozuvlarning arifmetik to’g’riligini tekshirish;

  • amaliy dasturlar va kompyuter-axboriy tizimlar yuzasidan nazoratni amalga oshirish, masalan quyidagilar yuzasidan nazorat o’rnatish yo’li bilan:

  • kompyuter dasturlari o’zgarishi;

  • ma’lumotlar fayllariga kirib borish.

  • nazoratli hisobvaraqlar va sinov balanslarni yuritish va tekshirish;

  • hujjatlarni tasdiqlash va ular yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

  • ichki manbalardan olingan ko’rsatkichlarni ma’lumotning tashqi manbalari bilan solishtirish;

  • pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va tovar-moddiy zahiralar hisob-kitobini buxgalteriya yozuvlari bilan taqqoslash;

  • aktivlar va yozuvlardan to’g’ridan-to’g’ri jismoniy foydalanish imkonini cheklash;

  • moliyaviy natijalar bo’yicha tahlil va natijalarni byudjetda ko’zda tutilgan summalar bilan taqqoslash.

Moliyaviy hisobotning auditini o’tkazishda auditor faqat buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlaridagi moliyaviy hisobotga taalluqli siyosat va muolajalarga o’z e’tiborini qaratadi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlariga taalluqli javhalarni tushunish, ajralmas tavakkalchilik va nazorat tavakkalchiligiga baho berish hamda boshqa javhalarni ko’rib chiqish bilan birgalikda auditorga quyidagilarga imkon yaratadi:

  • moliyaviy hisobotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan muhim bo’lajak noto’g’riliklar turini solishtirish;

  • muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish;

  • tegishli auditorlik muolajalarini ishlab chiqish.

Группа 204484


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling