Mundarija Kirish Iqtisodiy o’sish


Download 159.2 Kb.
bet1/10
Sana20.06.2023
Hajmi159.2 Kb.
#1627028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish tushunchasi uning turlari va prognozlashda ishlatiladigan1

Mundarija

Kirish

1. Iqtisodiy o’sish

2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar

3.Modellar

4. Iqtisodiy o’sish va davlat siyosati


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Kelajakni oldindan ko‘rmasdan, uning rivojlanish yo‘llarini prognozlamasdan jamiyat hayoti taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Oxirgi yillarda prognozlash xalq xo‘jaligi maqbul darajada ishlashini ta‘minlashning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda. Boshqaruvning murakkab jarayonida prognozlash jamiyat ishlab chiqarishi va uning maqsadlarini ilmiy asoslashda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yullarini oldindan ko‘rish vositasi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy prognozlash uzoq va o‘rta muddatli iktisodiy samarador yunalishlar, texnik siyosat va qabul qilingan qarorlar amaliyotda qay ahvoldaligini ko‘ra bilish uchun zarur.
Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish maqbul qarorlar tanlash va ularning ijrosini ta‘minlashi zarur, chunki bugungi kunda jamiyat uchun asoslanmagan qaror qabul qilishdan ko‘riladigan zarar darajasi ko‘p marotaba o‘sib bormoqda. Shuning uchun zamonaviy xo‘jalik yuritish prognozlash ko‘lami kengaytirilishini uning usul va uslubiyatlari takomillashtirilishini talab etmoqda.
Ijtimoiy rivojlanish jarayonini prognozlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatdagi jarayonlarni boshqarish va rivojlantirish shunchalik samarali kechadi.
Prognoz deganda ob‘ektning ilmiy asoslangan kelajakdagi holati haqidagi va uni amalga oshirish yo‘llari va sarflangan vaqtni oldindan bilish tushuniladi.
Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi.
Prognozlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy prognozlash hisoblanadi.
«Iqtisodiy prognozlash» - bu, ilmiy - iqtisodiy fan bo‘lib, uning ob‘ekti kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayoni, predmeti esa ishlash mumkin bulgan iqtisodiy ob‘ektlarning qonuniyligi va iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish yo‘lidagi izlanishlardir.
«Iqtisodiy prognozlash» jamiyat rivojlanishi qonuniyligi sohasidagi iktisodiy fan yutuqlariga va bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va fan - texnika taraqqiyoti tendensiyalarining aniqligiga asoslanadi.
«Iqtisodiy prognozlash»ning rivojlanishida, ishlab chiqilayotgan prognozlarning ishchanligini oshirishda. Har hil ob‘ektlarning prognozlarini tuzish qonun-qoidalarini o‘rganadigan fan- «Prognostika», uning bir qismini tashkil etadigan «Iqtisodiy prognostika» fani katta rol o‘ynaydi. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy prognozlarga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. Iqtisodiy prognozlash – bu, iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yullari yig’indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir.


Download 159.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling