Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 156.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi156.66 Kb.
#1201397
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu



MAVZU-8. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASHNING MOHIYATI
PREDMETI VA OBYEKTI 
 
8.1 “Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlash” tushunchasi va uning mohiyati. 
Kelajakni oldindan ko‘rmasdan, uning rivojlanish yo‘llarini prognozlamasdan 
jamiyat hayoti taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Oxirgi yillarda prognozlash 
xalq xo‘jaligi maqbul darajada ishlashini ta‘minlashning asosiy vositalaridan biriga 
aylanmoqda. Boshqaruvning murakkab jarayonida prognozlash jamiyat ishlab 
chiqarishi va uning maqsadlarini ilmiy asoslashda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
yullarini oldindan ko‘rish vositasi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
iqtisodiy prognozlash uzoq va o‘rta muddatli iktisodiy samarador yunalishlar, texnik 
siyosat va qabul qilingan qarorlar amaliyotda qay ahvoldaligini ko‘ra bilish uchun 
zarur.
Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish maqbul qarorlar tanlash va 
ularning ijrosini ta‘minlashi zarur, chunki bugungi kunda jamiyat uchun 
asoslanmagan qaror qabul qilishdan ko‘riladigan zarar darajasi ko‘p marotaba o‘sib 
bormoqda. Shuning uchun zamonaviy xo‘jalik yuritish prognozlash ko‘lami 
kengaytirilishini uning usul va uslubiyatlari takomillashtirilishini talab etmoqda.
Ijtimoiy rivojlanish jarayonini prognozlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
jamiyatdagi jarayonlarni boshqarish va rivojlantirish shunchalik samarali kechadi.
Prognoz deganda ob‘ektning ilmiy asoslangan kelajakdagi holati haqidagi va 
uni amalga oshirish yo‘llari va sarflangan vaqtni oldindan bilish tushuniladi.
Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi.
Prognozlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy prognozlash 
hisoblanadi.
“Iqtisodiy prognozlash” - bu, ilmiy - iqtisodiy fan bo‘lib, uning ob‘ekti 
kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayoni, predmeti esa ishlash mumkin bulgan 
iqtisodiy ob‘ektlarning qonuniyligi va iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish yo‘lidagi 
izlanishlardir.
“Iqtisodiy prognozlash” jamiyat rivojlanishi qonuniyligi sohasidagi iktisodiy 
fan yutuqlariga va bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va fan - texnika 
taraqqiyoti tendensiyalarining aniqligiga asoslanadi.
“Iqtisodiy 
prognozlash”ning 
rivojlanishida, 
ishlab 
chiqilayotgan 
prognozlarning ishchanligini oshirishda. Har hil ob‘ektlarning prognozlarini tuzish 
qonun-qoidalarini o‘rganadigan fan- “Prognostika”, uning bir qismini tashkil 
etadigan “Iqtisodiy prognostika” fani katta rol o‘ynaydi. Shundan kelib chiqib, 
iqtisodiy prognozlarga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. Iqtisodiy prognozlash – 
bu, iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha 
usul va yullari yig’indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir.

Download 156.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling