Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 156.66 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli - tarkibiy
Strukturaviy yondashuv prognozlash ob‘ektlarida izlanish katta rol
o‘ynaydi. Strukturaviy yondashuvda izlanish ob‘ekti o‘zi tarkibidagi elementlar va ularning o‘zaro harakatida ko‘rib chiqiladi. Bu esa o‘rganilayotgan ob‘ekt haqidagi tasavvurni kengaytirishga imkon beradi. Tizimli - tarkibiy yondashuvi bir tomondan, tizimni dinamik rivojlanayotgan bir butunlik sifatida qarashni ko‘zda tutsa, ikkinchi tomondan, tizimning o‘zaro harakatdagi strukturaviy elementlariga bo‘linishidir, chunki haqiqatda har bir tarkibiy element boshqa hamma elementlarga qanday ta‘sir etsa, butun tizimga ham shunday ta‘sir etadi. Bu bilan tizim elementlari aloqasining qonuniyligini ochish imkoni paydo bo‘ladi. 8.4 «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash» kursining tarkibi va vazifalari. Bu kursning vazifalari xalq xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlaridan kelib chiqadi. Bu vazifalar hozirgi kunda iqtisodiy strategiya barcha strategiyalardek fundamental, uzoq muddatli, maqsadli masalalarni qo‘yishdan boshlanadi. Ular orasida eng yuqori maqsad - xalqning madaniy va moddiy yashash darajasini asta-sekinlik bilan ko‘tarishdir. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadga borish yo‘llari va aniq usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash katta ahamiyatga ega. Kursning maqsadi asosiy tamoyillarni va yo‘llarni o‘rganish asosida jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga bog’langan holda, bu tarmoq tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat. Qisqacha xulosalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy prognozlar jamiyatni rivojlanish maqsadlarini aniqlash va bunga erishish kerakligi iqtisodiy resurslarni hajmini hisoblashda zarur. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi. Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlarning turlarining hisoblash. Prognozlar funksional belgisiga qarab quyidagi: normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi. Bir-birini to‘ldiruvchi uch xil prognozlash: ekspert, ekstrapolyatsiya, modellash usullari mavjud. Iqtisodiy prognozlash tarixiy, kompleks tizimli, tuzilmaviy va tizimli tuzilmaviy yondashuvlarga bo‘linadi. Kursni maqsadi iqtisodiy tamoyillarini va yo‘llarini o‘rganish asosida jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarga bog’langan bu tarmoq tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat. Nazorat va muhokama savollari. 1. Prognoz va prognozlash tushunchalari? 2. Iqtisodiy prognozlashning mohiyati nimadan iborat? 3. Tuzilish muddatiga ko‘ra prognozlash qanday turlarga ajratiladi? 4. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda prognozning roli? 5. Prognoz qanday klassifikatsiyalanadi? 6. Prognozli yondashuvni mohiyati? 7. Tuzilmaviy yondashuvning mohiyati? 8. Kursning vazifasi? Download 156.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling