Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 156.66 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompleks yondashuv
- Tizimli yondashuv
Tarixiy yondashuv har bir hodisaning tarixiy tuzilishi bilan o‘zaro
bog’likligini ko‘rib chiqishdan iborat. O‘tmish hozirgi kun va kelajakning o‘zaro bog’liqligidan kelib chiqadi, kelajak hozirgidek mavjuddir. Shuning uchun prognozlash hozirda mavjud bo‘lgan qonun va tendensiyalarni undan tashqariga o‘tkazadi va uning asosida kelajakning mavjud bo‘lmagan modelini ishlab chiqish bilan bog’liq. Bir xil ko‘rinishdagi har xil tarixiy shakllarning mavjudligi orasidagi bog’liqlik izlanayotgan ob‘ektning hozirgi ko‘rinishi uning oldingi rivojlanish natijasi ekanligini bildiradi. Bunday yondashuv mantiqiy izlanish ijtimoiy rivojlanish tarixiy xarakterining aksi hisoblanadi. Kompleks yondashuv hodisalar va ularning bog’liqligi va karamligini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Buning uchun shu hodisalarni o‘rganuvchi nafaqat bu fan, balki boshqa fanlarning ham usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ob‘ektlarning kelajakdagi rivojlanishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni ishlab chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi. Iqtisodiy prognozlashning amaliyoti va nazariyasida boshqa ijtimoiy fanlarning ilmiy apparati keng qo‘llaniladi. Tizimli yondashuv murakkab iqtisodiy tizimlardagi hajmli va sifatli bo‘lishi mumkin bulgan jarayonlar o‘tishini o‘rganishni nazarda tutadi. Ular iqtisodiy pronozlashda katta rol o‘ynaydi. Hodisaning har bir ko‘rinishi tizim sifatida olinishi mumkin. Bu degani ular o‘zaro bog’liq qator funksiyalar, afzalliklarni ta‘minlovchi bir-biri bilan bog’liq qismlardan iborat. Bu afzallik va funksiyalarni bilgan holda o‘rganilayotgan ob‘ektning harakatini oldindan bilish mumkin. Tizimli yondashuv tizimning umumiy maqsadini aniqlashdan va hamma sistemalar osti faoliyatini maqsadga erishishdan chetlashtiruvchi har bir yechimning ishlab chiqilishi va asoslanishiga asoslanuvchi siyosiy fikrlash ko‘rinishini anglatadi. Bunda berilgan tizim boshqa bir katta tizimning bir qismi sifatida qaraladi, uning rivojlanish maqsadi bu tizimning rivojlanish maqsadlari bilan bog’lanadi. Download 156.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling