Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Prognozlar klassifikatsiyasi, prognozlash usullari va ob’ektlari
Download 156.66 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
8.2. Prognozlar klassifikatsiyasi, prognozlash usullari va ob’ektlari.
Ijtimoiy -iqtisodiy prognoz (IIP) deganda mavjud statistikadan ilmiy bilish usullaridan foydalanib; agentning harakatlarida amal qilayotgan qonuniyatlardan; me‘yoriy-huquqiy cheklashlardan kelib chiqib; prognoz qilish usullari va vositalari yordamida iqtisodiy agentning kelajakdagi holatini ilmiy asosida ishlab chiqish jarayoni tushuniladi. Iqtisodiy agentning kelajakdagi holatini bilish IIP predmetini, agentlarning faoliyati va o‘zaro ta‘siri mexanizmlarinigina emas, mazkur agentlarning tarkibini, ularning maqsad va vazifalarini, me‘yoriy–huquqiy cheklashlarni, ob‘ektiv qonuniyatlarni va hokazolarni ham o‘z ichiga oluvchi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni esa IIP ob‘ektini tashkil etadi. Mintaqadagi takror ishlab chikarish jarayonining o‘rganilayotgan jihatiga qarab, mazkur jarayoning har xil elementlari: ishlab chiqarish kuchlari, moliyaviy salohiyat, mehnat resurslari, aholining turmush darajasi va hokazolar iqtisodiy prognoz qilinishi mumkin. Prognozlarni olish va qo‘yilgan maqsadga muvofiq o‘rganilayotgan iqtisodiy agentning yanada yaxshilash maqsadida kundalik voqelika ta‘sir ko‘rsatish uchun mazkur prognozlardan foydalanish IIPning vazifasi hisoblanadi. Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib ko‘rilishi mumkin. Masalan, ob‘ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi: prognozlash ko‘lami; prognozlash muddati; ob‘ekt xarakteri; prognoz funksiyalari (funksional belgi). Prognozlash ko‘lami bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan. a) makroiqtisodiy (xalq xo‘jaligi) va tarkibiy (tarmoqlararo va regionlararo) prognozlash; b) xalq xo‘jaligi majmualarining prognozlari (yoqilgi, energetika, agrosanoat, ishlab chiqarish infratuzilmasi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalar); c) tarmoq va regional prognozlar; d) xalq xo‘jaligi tizimining boshlang’ich bo‘g’inlarini prognozlash (korxonalarda ishlab chiqarish uyushmalarini va hokazo). Tuzilish muddati bo‘yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Operativ prognoz bir oygacha; -qisqa muddatli prognozlar 1 oydan 1 yilgacha; -o‘rta muddatli prognozlar 1 yildan 5 yilgacha; -uzoq muddatli prognozlar 5 yildan 20 yilgacha; O‘rta uzoq muddatli prognozlar 20 yildan ortiq tasdiqlanish muddatiga ega. Prognozlarning izlanilayotgan ob‘ekt xarakteriga ko‘ra bo‘linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq. Shunga ko‘ra, prognozlash quydagilarga ajratiladi. ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi; ilmiy-tehnik jarayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy xarakterlari va oqibatlari; iqtisodiyot dinamikalari (sur‘atlari, faktlari va tuzilishlari); bandlik, mehnat resurslari va kadrlarni qayta tayyorlash; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; tadqiqotning yashash sharoiti; asosiy fondlar va kapital qo‘yilmalarni qayta tiklash. Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi. Download 156.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling