Energetika


Download 47.16 Kb.
bet1/10
Sana08.01.2022
Hajmi47.16 Kb.
#249586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chiziqli



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ENERGETIKA” FAKULTETI



METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI KAFEDRASI

O`LCHASHLARNING FIZIKAVIY ASOSLARI” FANIDAN



MUSTAQIL ISH

MAVZU:Chiziqli va burchakli o’lchashlarda foydalanuvchi o’lchash vositalari

Bajardi:Karimov Abdullatif

Qabul qildi: Erkaboyev A.X.

Farg`ona-2020

REJA:

1. chbo‘ ASBOBLARI TUZILISHINING FIZIK PRINSIPLARI

VA ASOSIY tavsiflari.

2. chIZIQLI VA BURCHAKLI KATTALIKLARNI O‘LCHASH

UCHUN MEXANIK ASBOBLAR

3. YUqori aniqlikdagi mexanik asboblar



CHBO‘ asboblari tuzilishining fizik prinsiplari.

CHBO‘ o‘zgartkichlari tuzilishining eng keng tarqalgan va eng mashxur fizik prinsiplari quyidagilar:



  1. elektr qarshiligi, sig‘im va induktivlik quyidagi sabablar bilan o‘zgarishi mumkin, ular esa chiziqli va burchakli o‘lchashlarga o‘zgaruvchi x orqali bog‘langan bo‘ladi:

r = f(x) – reostat surgichini siljishi

s = f(x) –kondensator plastinasini harakatlanishi

l = f(x) –g‘altak ichida ferromagnit o‘zakni harakatlanishi


  1. yoritilganlik E ni nurlanish manbai yoki qabul qilgichi siljishi oqibatida harakatlagishi;

  2. magnit induksiyasi o‘zak harakatlanganligi sababli o‘zgaradi;

  3. magnit oqimi o‘zak yoki magnit ekrani harakatlanganligi sababli o‘zgaradi;

  4. optik o‘lchashda intensivlik nurlanish manbai harakatlanganligi sababli o‘zgaradii;

  5. magnit maydon kuchlanganligi magnit o‘tkazgich va uni elementlari harakatlanganligi sababli o‘zgaradi.

SHunday qilib siljish quyidagi parametrlar va kattaliklar o‘zgarishiga aylantirilishi mumkin: r, c, L. Ft , Ng , E0 , E va boshqalar. U yoki bu fizik effekt, xodisa, qonunga qarab birlamchi o‘zgartkichlar: reostatli, sig‘imli, induktivlikli, elektromagnit, optoelektron, issiqlikli, ultratovushli, gidravlik va boshqalar.

CHiziqli va burchakli o‘lchashlar asboblarining asosiy tavsiflari.

CHBO‘ asboblarining asosiy xarakteristikalariga quyidagilar kiradi: statik va dinamik xarakteristika, sezgirlik, ishonchlilik, o‘lchash diapazoni.



. CHiziqli va burchakli o‘lchashlar asboblarini statik tavsiflari

– bu chiqish signalini kirishdagi siljish qiymati x ga bog‘liqligi. Aksariyat hollarda chiqish signalini elektr kuchlanishi ko‘rinishida olishga harakat qilinadi. SHuning uchun reostatli o‘zgartkich uchun bu Uchiq = fr(x); sig‘imli o‘zgartkich uchun Uchiq = fc(x); induktiv o‘zgartkich uchun esa Uchiq = fL(x). Formulani aynan qanday bo‘lishi o‘zgartkich o‘lchash sxemasiga bog‘liq.



. CHBO‘ asboblarining dinamik xarakteristikasi

CHBO‘ asboblarining dinamik tavsifi – bu siljish qiymati vaqt bo‘yicha o‘zgargan holatda chiqish signalining vaqt (t) ga bog‘liqligi. Qirishdagi siljish x va  (burchak siljishi) 1 – rasm 1 – chiziq kabi sakrab o‘zgarishi yoki (1 – rasm 2 – chiziq kabi) to‘g‘ri chiziqli oshib borishi yoki (1 – rasm 3 – chiziq kabi) sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Bunda chiqish signali Xchiq ni qanday o‘zgarishini aniqlash kerak bo‘ladi.

Sezgirlik

Ishonchlilik – T vaqt davomida buzilmasdan ishlash extimolligi.



O‘lchash diapazoni Xmin / Xmax.





Download 47.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling