Mundarija kirish. "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari Asosiy qism


Umumiy psixologiyaning ob’ekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida


Download 29.35 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi29.35 Kb.
#1132530
1   2   3
Bog'liq
Psixologiya 1 Psixologiya fanining maqsad va vazifalari

Umumiy psixologiyaning ob’ekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida .
Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda avvalo psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi. Psixik xarakterga doir har bir fakt esa ham miqdor ham sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o`tishni muqarrar talab qiladi. Bu esa o`z o`rnida qonunlar mohiyatini ochib berishni talab etadi. Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiya fanining o`rganiladigan predmeti bo`lib yuzaga chiqadi, shuningdek, psixik holatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika bilan birga ochib beriladi.
Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimi yunon olimi Aristotel’ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo`lib, ruh va jon tananing ajralmas bo`lagi ekanligini ilgari surdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlar tufayli va xususiy faolligi orqali ro`yobga chiqadigan xarakterning real faoliyatda shakllanishi haqidagi nazariyani yaratdi. Demak, kishining adolatparvar va ko`ngilchan bo`lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida ro`y beradi.
Psixologiya haqidagi fikrlar bundan 2,5 ming yillar ilgari paydo bo`la boshladi, ya’ni eramizdan avvalgi VI asrga to`g`ri keladi. Buyuk nemis psixoligi German Ebbingauzning ta’kidlashicha psixologiya o`zining uzoq o`tmishiga lekin juda qisqa tarixiga ega. Eramizdan avvalgi V1 asrdan boshlab to X1X asrning II yarmigacha filosofiyaning bir bo`lagi hisoblanadi. Psixologiya fanining rivojlanishi asosan P davrga bo`linadi. 1 davrning o`zi 3 ta bosqichdan iborat.
1-bosqich eramizdan avvalgi V1 asrdan X asrgachayu Bu bosqichda psixologiya haqida dastlabki fikrlar paydo bo`la boshladi. Psixologiya ko`pgina qadimgi filosofik olimlarning fikrini o`ziga jalb qildi va falsafaning ajralmas bir qismiga aylanib bordi. Antik falsafada idealistik oqimning eng yirik namoyondachilari Sokrat va uning shogirdi Ploton hisoblanadi.
Ularning asosiy fikrlari idealistik nuqtai nazardan shu bilan asoslanadiki «jon, ruh va tana alohida-alohida substantsiya hisoblanadi. Tana tirik yoki o`lik holatdan materiyadir. Agar tanaga jon yoki ruh qo`shiladigan bo`lsa u tirik materiyaga aylanadi va ruh paydo bo`ladi. Agar tanani jon yoki ruh tark etadigan bo`lsa tana substatsiya sifatida mavjud bo`ladi va ruh yo`qoladi.
Jon yoki ruh tanadan ikkinchi bir tanaga o`tishi mumkin. U ilohiy kuchga bo`ysungan bo`lib, u tanadan bu tanaga o`tishi faqat ollohgagina bog`liqdir deb hisoblaydi». Ularning bu g`oyalari Ploton tomonidan yozib qoldirilgan diologlarida o`z ifodasini topadi.
Birlamchi materializm oqimining asosiy vaqili Demokrit hisoblanadi. Demokrit jon va ruh haqidagi fikrlarni quyidagicha ifodalaydi. Tana va ruh ma’lum jismlardan tashkil topgan bo`ladi. Ruhning asosini molekulalar tashkil qilib, bu molekulalar atomlaridan iborat bo`ladi. Agar atomlarning ajralib ketishi vujudga kelsa, tanani ruh tark etadi yoki ruhning asosini atomlar tashkil etadi, degan g`oyani ilgari suradi.

Download 29.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling