Kurashchining texnik harakatlari
Kurash texnikasi-kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan xarakatlari yig’indisidir.
Usul-kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun hujum qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan xarakatidir.
Himoyalanish-kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan usulni to’xtatib qolishga qaratilgan xarakatidir.
Qarshi usul-kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga qaratilgan xarakatidir.
Bog’lanish-tik turish holatidan boshlanib parter holatiga o’tish yoki aksincha tartibda bajariladigan usullar uygunligidir.
To’xtatb qolish-kurashchining raqib hujumini to’xtatib, keyin uni xavfli holatga o’tkazishga qaratilgan xarakatidir.
Bosib turishlar - kurashchining ko’prik holatida turgan raqib kuragini gilamga tekkazishga qaratilgan xarakatidir.
Tashlashlar-tik turish yoki parterda raqibni gilamdan ko’tarish bilan bajarilgan va uni xavfli holatga tushirib qo’yadigan usullardir.
O’tkazish-tik turishda usulni bajarish yo’llari, buning natijasida hujum qiluvchi raqibini parterga turgizadi.
Ag’darish-bu usullar natijasida kurashchi, raqibni gilamdan ko’tarmasdan turib, uni xavfli holatga tushurib qo’yadi.
O’girishlar-parterdagi usullar, ularni amalga oshirish natijasida kurashchi raqibni gilmadan ko’tarmagan holda uni orqasi bilan gilamga ag’daradi.
Ushlab turishlar-kurashchiga raqibni gilamda orqasi bilan yotgan holatda ushlab turishga yordam beradigan usullar.
Yuqoriga chiqib olishlar-parterda pastdagi holatda turgan kurashchiga yuqoridagi holatga o’tib olishga yordam beradigan usullar.
Og’riq beruvchi usullar-bo’g’imni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish bilan bog’liq bo’lgan usullardir, ular natijasida raqib og’riqlarni his qiladi.
Bo’g’ishlar - bo’yinni qisish bilan bog’liq bo’lgan usullar, ular natijasida raqib bo’g’ilishni his qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |