Mundarija. Kirish Kurash tarixi


Download 1.13 Mb.
bet1/12
Sana16.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1360439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Beldan oshirib tashlashni takomillashtirish


Mundarija.
Kirish……………………………………………………………………...3
1.Kurash tarixi……………………………………………………………..4
2.Belgog’li kurashda beldan oshirib tashlash tushunchasi………………..12
3.Beldan oshirib tashlash texnikasi……………………………….………20
4.Beldan oshirib tashlashning nazarish asoslari…………………………..24
5.Beldan oshirib tashlashni gilamda bajarish……………………………..27
Xulosa……………………………………………………………………33
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……..36


Kirish
Sport kurashida sportchining texnik harakatlari ko’p va turli-tumanligi sababli u boshqa sport turlaridan farq qiladi.
Kurashchining texnik harakatlarini tartibga solish va ushbu sohada mutaxassislar o’rtasida muloqat qilish imkonini yaratish uchun kurash texnikasining tasnifi, tizimi hamda atamalari ishlab chiqilgan.
Tasniflash - bilimlarning u yoki bu sohasidagi bir-biriga tobe tushunchalar (sinflar, ob’ektlar, hodisalar) tizimidir. Tasnif ob’ektlarning umumiy belgilar va ular o’rtasidagi qonuniy bog’liqlikni hisobga olish asosida tuziladi. Tasniflash turli-tuman ob’ektlarda to’g’ri yo’l tutishga yordam beradi hamda ular to’g’risidagi bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi.
Har xil kurash usullarini ularning umumiy belgilariga qarab (tasniflarga) taqsimlash mutaxassislarga fan to’g’risidagi nazariy hamda amaliy bilimlarni rivojlantirishga imkon yaratadi va bir vaqtning o’zida bu bilimlardagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Kurash usullari o’rtasidagi ichki bog’liqliklar tizimlashtirish asosida ko’rib chiqiladi. Tizimlshatrish - bu kurash texnikasini bir tizimga solish, ma’lum bir tartibda joylashtirish, ma’lum bir ketma-ketlikni belgilash demakdir.
Tizimlashtirishda, tasniflashdan farqli ravishda (chunki uning davomida ko’rib chiqilayotgan ob’ektlar ularning o’xshashligi va o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda u yoki bu bo’linmaga ta’lluqli bo’ladi) ob’ektlar ularning ketma-ketligini aniqlash, belgilash uchun bir-biri bilan taqkoslanadi. Tizimlashtirish ushbu tasnifiy sxema imkoniyatlarini ochib beradi, uning kamchiliklarini ko’rsatadi.
Sport kurashini tasniflash va tizimlashtirishning vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishni tushunchalarni (tashlash, o’tkazish, yiqitish, ag’darish va h.k.) aniqlash bo’yicha oldindan ish bajarilmasdan turib, amalga oshirilmaydi.
Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan atamalarni yaratish uchun asos bo’lib hisoblanadi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling