Mundarija. Kirish Kurash tarixi
Belgog’li kurashda beldan oshirib tashlash tushunchasi
Download 1.13 Mb.
|
Beldan oshirib tashlashni takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hakamlar ishlatadigan iboralar «TANISHING»
2.Belgog’li kurashda beldan oshirib tashlash tushunchasi.
Sport kurashi taktikasi - bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir. Hujum uchun tayyorgarlik harakatlari - bu hujum harakatini bajarish uchun zarur bo’lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish harakatini keltirib chiqarish maqsadida bajariladigan kurashchining hujum harakatlaridir. Taktik tayyorgarlik usullari - kurashchi harakatlari bo’lib, ular yordamida u hujum yoki qarshi xujum uchun qulay sharoitlarni yaratadi. Razvedka - kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik harakatlaridir. Niyatni yashirish - kurashchining taktik harakati bo’lib, uning yordamida u raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi. Xafv solish - kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi taktik harakatidir. Aldamchi harakat (aldash) - hujum qiluvchi tomonidan oxiriga etkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa harakatlar. Qo’shaloq aldash - kurashchining taktik harakati bo’lib, haqiqiy usulni raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi. Chorlash - kurashchining taktik harakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol harakatlarga o’tishga majbur qiladi. Teskari chorlash - kurashchining taktik harakati uning faol harakatlarni to’xtatib, raqibni ham shunday harakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan harakati. Cheklab qo’yish - kurashchining raqib harakatlari erkinligini cheklab qo’yadigan taktik harakatlari. Takroriy hujum - bir xil harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan taktik harakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan harakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi, qolganlari esa aldamchi harakat hisoblanadi. Muvozanatdan chiqarish - kurashchining taktik harakati bo’lib, u raqibni nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi. Usullar kombinatsiyalari - usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi. Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi hamda usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va qat’iy emas. U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi talablariga muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin Zamonaviy havaskor kurash janglari diametri 23 fut (7 metr) aylana maydonda bo‘lib o‘tgan, 39 ga 39 fut (12 ga 12 metr) seksiyali gilam o‘rnatilgan. Jang 2-3 daqiqali davradan (rounddan) iborat (har bir davra o‘rtasigi tanaffus 30 sekunddir). Ushbu vaqtlar davomida kurashchilar o‘z raqiblarini qulatishga harakat qilishadi va ularning elkalarini erga tekizishadi. Agarda raqib bir necha sekund davomida o‘rnidan turmasa, hakam buni “yiqilish” deb tan oladi va jangni etakchi kurashchi hisobiga hal qiladi. Agarda hech qanday yiqilish kuzatilmsa, g‘olib baholar asosida aniqlanadi. Hakam turli muvaffaqiyatli hujum yoki himoyalarga asoslanib baholar beriladi, texnik qobiliyatlar va musobaqa ustidan nazoratga ham qaraladi. Bir qo‘lga qizil va ikkinchisiga ko‘k qo‘lbog‘lagich kiyish bilan hakam kim ko‘p ball to‘plaganini ko‘rsatadi va u bal hisobini ko‘rsatish uchun barmoqlaridan foydalanadi. Hakamlar ishlatadigan iboralar «TANISHING» - kurashchilar gilamga chiqib kelganlaridan keyin o’rtadagi hakam chap yoki o’ng qo’lini kurashchi tomonga qaratib «tanishing» degan ishorani ko’rsatadi. E’lon qiluvchi hakam esa kurashchilarni tanishtiradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling