Mundarija Kirish Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida «Korxona iqtisodiyoti»


-yilda hududlarning respublika jami sanoat ishlab chiqarish


Download 180.02 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi180.02 Kb.
#1558446
1   2   3   4
Bog'liq
korxona iqtisodi

2022-yilda hududlarning respublika jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi, foizda1
2-rasm


3.Korxonani tashkil etish, faoliyatini tugatish tamoyillari va tartib-qoidalari. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona malisulotlariga boMgan talabga asoslanadi. Biron bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: - korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi; - korxona muassislarini tanlash; - taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish; - korxona nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini •nkjlash; - korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; - davlat ro‘yxatidan o'tish; 75 - muhr, shtamp va boshqa rekvizitlami tayyorlash; - soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalami, ushbu bo‘linmalaming mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlami tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘Iadi. Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko‘rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o‘zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror boMmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi. Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: • iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish; • ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish Va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolami hal qilish; • ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslami jalb qilish; • fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish; • yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fiiqarolar yoki shaxslar gumhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish; 76 • ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozmuhitini kengaytirish. Korxona tuzilgandan keyin uning faoliyatini tashkil etish masalasi juda ham jiddiy ahamiyatga ega. Hukumatimiz tomonidan yangi korxonalar faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quwatlash uchun juda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2009-yilda tadbirkorlaming o‘z ishini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirildi. Masalan: - arxitektura-rejalashtirish topshiriq to‘plamlarini olish qiymati - 4 barobar; - loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish - 2,5 barobar; - kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati - 2 barobarga pasaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va toMovlarning optimallashtirilishi bilan bog‘liq tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko‘rish mumkin (1-jadval). Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirilishi va to‘lovIarning optimallashtirilishi 1-jadval Ruxsat berish bilan bogMiq jarayonlar turlari ToMov miqdori ToMov miqdorining qisqarishi, foizda A w al amalda boMgan Yangi kiritilgan eng kam ish haqi miqdori bo'yicha so‘mda* eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha so‘mda* Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o‘tkazish 5 140200 2 56080 -6 0 Bankda hisob raqamini ochish 1 28040 0,5 14020 -5 0 Arxitekturarejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish 40 1120000 10 280400 -75 77 I-jadvalning davomi Yer uchastkasini rasmiylashtirish - 130000 - 58000 -5 6 Ekologik ekspertiza 25 701400 1 28040 -9 6 Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish " 10 280400 3 84120 -7 0 Qurilish davomida nazorat-ijro syomkalari o‘tkazish 5 140200 3 84120 -4 0 Normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o‘tkazish 75 2103000 1 28040 -98,7 Gigienik sertifikatlar olish 10 280 400 3 84 120 -7 0 Jam i to‘lovlar qiymati (litsenziya va ruxsatnomalarsiz) - 5037660 - 830960 -83,5 * Izoh: eng каш ish haqi miqdori toMovlami qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga tatbiqan olingan. Jadvaldan ko‘rinadiki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirish va toMovlami optimallashtirish tadbirlari ahamiyatli darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha to‘lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik subyekti uchun o‘z faoliyatini tashkil etishda umumiy holda 4207 ming so‘m miqdorgacha mablag‘lami tejash imkoniyati paydo bo‘ldi. 2010-davomida inventarizatsiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo‘sh bino kichik tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berildi. Bunda binolami ijaraga berish tariflari tadbirkorlik subyektlarining qayerda joylashgani va ularning faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi: mahsulotlaming gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan endilikda cheklanmagan muddatga o‘tkazildi; - fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi; - elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi; - binolami turar joydan noturar joy toifasiga o‘tkazish jarayoni soddalashtirildi; - davlat mulkidagi bo‘sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko‘p barobargacha tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berildi; - tashqi reklamani joylashtirish tariflari o‘rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi hamda ayrim hududlaming qishloq joylarda haq olish bekor qilindi. Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlaming ulushi 34 foizgacha oshdi; - tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi; - elektr energiyasini oldi-sotdi shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo‘yicha jarimalar 50 foizga qisqartirildi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq bu boradagi jiddiy muammo - mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlash, ulami barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish choratadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrda qabul qilingan «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quwatlash, ulami barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi 4058-sonli Farmoni. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng awalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivoj lantirish zarur bo ‘ ladi. Shunga ko‘ra, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi (1-rasm). 1-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlashning asosiy yo‘nalishlari. Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quwatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga icliki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi. Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi boiib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. Ishlab chiqarishni modernimtsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi choratadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modemizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalami chiqarish; ishlab 80 chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mehallly resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologlyalami joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejaih; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Korxona faoliyatini tashkil qilish, uning shakl va turlaridan qat’i nazar, barchasiga umumiy boMgan qoidalarga (prinsiplarga) rioya qilinishini talab qiladi. Mavjud adabiyotlarda korxonalarni, . tashkil qilish qoidalarini izohlashda bir xil qarashlar mavjud emas. Ayrimlari korxonani tashkil qilish qoidalarini uning belgilari bilan, ayrimlari tashkiliy masalalami hal qilish etapiari bilan, ayrimlari korxona faoliyatini samaradorligini ta’minlash qoidalari kabilar bilan aralashtirib yuboradilar. Bizning flkrimizcha, korxona faoliyatini tashkil qilish qoidalari, barcha korxonalar uchun bir xil, shu jumladan foyda olish yoki olinmasligidan qat’i nazar, ular faoliyatidagi jamiyat ehtiyojlariga yo'naltirib turadigan faoliyat samarasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillami ifodalaydigan jihatlariga ega bo‘Igan, makon va vaqt birligida o‘zgarmaydigan tartiblar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak.
Davlat bozor iqtisodiyoti samarali amal qilishni ta’minlash maqsadida korxonalami huquqiy asoslarini, ayrim muhim xizmatlarini ado etish vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. Bular qatoriga xususiy korxonalarga qonuniy maqom berish, xususiy mulk huquqlarini belgilash shartnomalarga rioya qilishni kafolatlashni ta’minlash bir tomondan boisa, ikkinchi tomondan, davlat qonuniy «o‘yin qoidalari»ni belgilaydi. Bu qoidalar korxonalar, resurslami yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidaga munosabatlami tartibga solib turadi. Qonunlar asosida davlat iqtisodiy munosabatlami tartibga solish sohasida hakamlik vazifasini o‘z zimmasiga odadi, bu borada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslikni oldini oladi yoki ularga nisbatan o‘z vakolatlari chegarasida choralar ko‘radi, erkin va to‘g‘ri raqobat uchun shartsharoitlami yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, axborot va boshqa resurslarga erishuvning teng imkoniyatlarini ta’minlaydi va bozorda monopol egalikka yo‘l qo‘ymaydi. Korxonalami tashkil etish, ulaming faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishining umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari 0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Kooperatsiya to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Ijara to‘g‘risida». «Xo‘jalik 83 jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida», «Tadbirkorlikni kuchaytirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida», «Yer to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar hamda « 0 ‘zbekiston Regpublikasida kichik korxonalar to‘g‘risidagi nizom», « 0 ‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida nizom», «Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va bu korxonalarning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi nizom, «Xoldinglar haqidagi nizom», «Moliya-sanoat guruhlari haqidagi nizom»lar va boshqa qonun hujjatlar bilan belgilangan. Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan kishilaming ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o‘z aksini topadi va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ulami tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir. Korxonani barpo etish hujjatlaridan biri uni ta’sis etish shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o‘z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilaming o‘zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Ta’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyat turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilaming o‘z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilaming huquq va burchlari, ta’sischilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi. Ta’sischilar korxona ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlami tartibga solish qoidalari o‘z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi. Ustavning korxonani ta’sis etish shartnomasidan farqi, birinchidan, unda davlat bilan korxona munosabatlarining tartibi belgilansa, ikkinchidan, korxonani ta’sis etuvchilaming munosabatlari aks etadi. « 0 ‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi qonunning 9- moddasida korxona ustavida uning nomi, joylashgan manzili, faoliyat 84 turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organi, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash -tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilanishi ko‘rsatilgan. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan respublikadagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. Korxona o‘zi joylashgan yerdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘n kun muddat ichida yagona davlat reestriga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to‘g‘risidagi hujjatlami (ariza, ta’sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalami) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi ariza topshirilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani ro‘yxatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab, barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab, korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin boMadi. Korxonalar amaldagi qonunlar tartibiga binoan, o‘z tarkibida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalar, filiallar, vakolatxonalar, bo‘limlami mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda tashkil qilish va ulami nizomlarini tasdiqlash huquqiga ega. Korxona mulki Mulk so‘zi biron bir jismoniy yoki huquqiy shaxs maqomidagi tashkilotga tegishli ne’matlar (narsa va moddiy boyliklar) majmuasini bildiradi. Mulkdor narsa va moddiy borliqlarga egalik qilish va tasarruf etish huquqlarga ega bo‘lgan jismoniy va huquqiy shaxs hisoblanadi. Mulkchilik mulkdorlar o‘rtasida, ular bilan davlat o‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsulini o‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixan aniq bir shaklda namoyon bo‘luvchi iqtisodiy munosabatlami anglatadi. Mulkchilik munosabatlari davlat tomonidan kafolatlanadi va qonunchilik asosida himoya qilinadi. Har qanday davlatda mulkchilik to‘g‘risida Я01ШП1аг qabul qilinadi va unda mulkka egalik munosabati ifodalanadi. Natijada mulkchilik munosabatlari huquqiy munosabatlar shaklida namoyon bo‘ladi. 0 ‘zbekiSton Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida (31-oktabr 1990-y) 0‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun mulkchilik niunosabatlarini tartibga soladi. Mulk o ‘z °byekti va subyektiga egadir. Yuqorida keltirilgan mulkchilik qonuniga binoan, mulk obyektlariga quyidagilar kiradi: - respublik& hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi; - im o r a d a r va inshootlar, asbob-uskunalar; - moddiy» ma’naviy va madaniyat buyumlari; - pul va cpmmatli qog‘ozlar; - ixtirolar> kashfiyotlar, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar, axborot; - fan adabiyot, san’at asarlari; - tarix va tnadaniyat yodgorliklari; - insonO*nS unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyati (ish kuchi); - mol-rnu^ an xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar). Mulk subyektiga davlat, respublika fuqarolari, jamoalar, ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolaming oilaviy va boshqa biriashm^m-i, chet davlatlar, ularning fuqarolari, huquqiy shaxslari xal£laro tashkilotlar kabilar kiradi. Jamiyatda ishlab chiqarish vositalariga ega boMgan mulkchilik asosiy o‘rinni egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlari insonlar o‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va buyumlarga egalik qilish huquqini shaxsan va mazmunan kengaytirishga olib keladi. Mulk shakHari ko'payadi. Jamiyat nwlkining asosiy qismi korxonalar mulki tashkil qiladi. Korxona mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagMar, shuningdek, korxonaning niustaqil balansida qiymati ifodalangan boshqa boyliklar tashkil etadiK o r x o n a mulkining manbalariga quyidagilar kiradi: Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. «Korxonalar to‘g‘risida»qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi: muassis'larning Pul va moddiy ko‘rinishdagi badallari; mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar; qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar; banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; budjetdan olinuvchi mablag‘lar (dotatsiya), kapital qo'yilmalar; korxona, tashkilot va fuqarolaming beg‘araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg‘a tariqasida olinuvchi mulk; O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. Davlatning korxonalar mulkini (asosiy fondlar, aylanma mablagMar va hokazo) tortib olishiga yoM qo'yilmaydi, qonunchilikda ko‘zda tutiigan hollar bundan mustasno. Korxona haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish va foydalanish huquqiga ham egadir. Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) o‘ziga qarashli mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, unga nisbatan qonunga zid boMmagan boshqa munosabatlami amalga oshirishi mumkin. Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko'rish va toMov qobiliyatining yo‘qolishini korxonalami tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Korxonani qayta tashkil qilish - bu, uning birlashib ketishi, qo‘shilishi, boMinishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari awalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim. Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat boMib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatiiishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishga quyidagilar sabab boMishi mumkin: ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ga boMgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo‘qolishi; ishlab chiqarishning zarar keltirishi; ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi; korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi. Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlami aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlaming talablari va ulami ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki korxonani tugatish to‘g‘risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. T ugatish komissiyasi uning aybi bilan keltirilgan zarar uchun javobgar hisoblanadi.

Xulosa
Zamonaviy iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini aniqlash uchun iqtisodiy tizim tushunchasi qo'llaniladi. Adabiyotlarda siz iqtisodiy tizimning juda ko'p ta'riflarini topishingiz mumkin. Aslida, ular iqtisodiyotni tashkil etish shakli, iqtisodiy mexanizm bo'lib, uning vazifasi cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish usullari va usullarini topishdir.
So'nggi bir yarim - ikki asr ichida dunyoda quyidagi tizimlar ishladi: erkin raqobat bozor iqtisodiyoti (sof kapitalizm), zamonaviy bozor iqtisodiyoti (zamonaviy kapitalizm), ma'muriy-buyruqbozlik va an'anaviy iqtisodiyot.
Har bir tizim iqtisodiy tashkil etishning o'ziga xos milliy modeliga ega, chunki mamlakatlar o'zlarining noyob tarixi, iqtisodiy rivojlanish darajasi, ijtimoiy va milliy sharoitlari bilan ajralib turadi.
Bir tizimdan ikkinchisiga o'tish iqtisodiyotning alohida, o'tish holatini keltirib chiqaradi. O'tish davri iqtisodiyoti o'ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi, unda maxsus iqtisodiy shakllar (masalan, qisman xususiylashtirilgan korxonalar) faoliyat ko'rsatmoqda va shu bilan birga yangi tizimga xos bo'lgan shakllarning jadal rivojlanishi, eski iqtisodiy munosabatlarning asta-sekin yo'q bo'lib ketishi kuzatilmoqda.
Har bir mamlakat, har bir mintaqa o’z taraqqiyot yo’lida bir nechta iqtisodiy tizimlarni bosib o’tadi. Bu iqtisodiy tizimlardan o’tish davrida mamlakatlar iqtisodiy ahvolini yaxshilashga intiladilar, rivojlanishga harakat qiladilar.
Jamiyat uchun zarur bo'lgan aniq tovarlarni yaratish bozorlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi, ularning har birida ma'lum turdagi tovarlar va resurslar sotiladi va sotib olinadi (er bozori, kapital bozori, mehnat bozori, odamlar bevosita iste'mol qiladigan tovarlar va xizmatlar bozorlari mavjud).



Download 180.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling