Mundarija: Kirish Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari


Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi


Download 42.8 Kb.
bet4/9
Sana15.06.2023
Hajmi42.8 Kb.
#1485780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARKETINGNI ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI

Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi
Marketing tizimida kuyilgan maksadga erishish uchun xaridorlar va boshka subhektlarga tahsir etish uchun marketing vositalari, yahni marketing usullari yigindisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bulib xisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bulib Garvard biznes maktabi professori Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «R» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning turtta asosiy elementlari ajratib kursatilgan: tovar (‘roduct), narx (‘rice), sotish (‘lace), reklama-ragbatlantirish (‘romotion).
Marketing faoliyatida extiyoj va muxtojlikni ayirboshlash orkali kondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. SHuning uchun yukorida kursatib utilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «R» xam kiritilib, u kishilar (‘eo’le) ekanligi aloxida takidlab utilgandir. Marketing-miks elementlari kuyidagi chizmada kursatilgan.
1-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa.
1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (‘ublic relations) va siyosatni (‘olitics) kushib, oldingi 4 «R» ni 6«R» ga kengaytirib kursatdi.
4«R» modelini kullanishini cheklanganligiga karamasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilgor rolg’ uynaydi.
Marketing-miks keng kullanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini uz ichiga oladi. Bular kuyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taksimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan boglik bulgan chora-tadbirlarni uz ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, maxsulot sifati, urovi, xaridorlrga xizmat kursatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va xokazo.
SHartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim kurinishida ularni rasmylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirtma tizimi, tovar yetkazib berish va uni tulov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
Taksimot siyosati tovarni tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va taxlil kilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chikarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Istehmolchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor maxsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshkalarni uz ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor extiyojini kondirish va foyda olish maksadida talabni shakllantirish va tovar va xizmatni siljitish buyicha mukobil va samarali faoliyatni tahminlash uchun marketing tizimini barcha obhektlarini korxona – maxulot tayyorlovchilar bilan uzaro xarakatini tashkil etishdan iboratdir.
Marketing extiyoj va muxtojlikni ayriboshlash orkali kondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri - bu ishlab chikarish xajmining ortib borishi, yangi tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turining kupayishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama urganish yunalishlarining asosiylaridan kuyidagilarni kursatib utish mumkin:
•talabni urganish;
•bozor tarkibini aniklash;
•tovarni urganish;
•rakobat sharoitlarini tadkik kilish;
•sotish shakli va uslublarini taxlil etish.
1908 yili tijorat marketing tashkiloti ilk bor tashkil topdi. 1926 yilda AKSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yili Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi.
50-yillarda boshkarish kontseptsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chikarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshka kursatgichlarni uzok muddatli uzgarishlarini aniklash taxlil kilindi. SHunga kura bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish kuzda tutilgan.
60-yillarga kelib bozordagi uzgarishlarga karab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konseptsiyasi ishlab chikildiki, u iktisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Marketing uz rivojida bir kadar evolyutsiya tarakkiyot boskichini kechdi. Bu evolyutsiya bir-biri bilan izchil tarzda almashadigan uch yirik davrni uziga kamraydi: birinchi davr - marketing kotseptsiyasi «ishlab chikaroish kontseptsiyasi» - «maxsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muxim masala yaxshi tovar ishlab chikarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb xisoblanadi. Kontseptsiya shiori - «imkoni boricha kuprok tovar ishlab chikar, chunki bozor talabi cheksiz»;
ikkinchi davr «sotish kontseptsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning maxsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni muljallash birinchi uringa chikadi.
Marketingni ishlab chikarishni boshkarish va bozor yunalishidagi savdo sotikning yagona bir tizimi sifatida ikki jixatdan karab chikish zarur. Birinchisi - boshkaruv marketingi korxonani boshkarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.Ikkinchi jixat - marketing bozorida bevosita olib boriladigan faoliyat deb karaladi. Agar marketing ishlab chikarishni boshkarish tizimi sifatida «korxonaning tafakkur tarzi» xisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bulgan marketing korxonaning «xarakat tarzini» shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing-«miks»ni vujudga keltiradi. Uning asosida «5r» formulasi turadi:
1 - narx (‘rice);
2 - maxsulot (‘roduct);
3 - urin-joy (‘lace);
4 - siljitish (‘romotion,
5-inson(‘eo’le)


Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi

Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi1. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi. Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning birgalikda ish olib borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya o‘zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi bo‘yicha yirik kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo‘li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish yo‘lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla».
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha – kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul qildi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar bank xodimlari uchun qulay bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo‘ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan harakatlar talab qilinadi.
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.

  • Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.

  • Marketing strategiyasiniasoslash.

  • Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash.

Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi:

  1. Ishlab chiqarish.

  2. Tovar.

  3. Sotuv.

  4. An’anaviy.

  5. Ijtimoiy – etik.

  6. O‘zaro ta’sir marketingi.

Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing.
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi.
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liq.

Download 42.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling